186
muhofaza qilish to‗g‗risida‖gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 427-sonli
―O‗zbekiston Respublikasi aholisini FVlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi
to‗g‗risida‖gi qarori asosida respublikamiz aholisini FVlarga muhofaza qilishga
tayyorlash ishlari yo‗lga qo‗yilgan.
Fuqarolarni FVlarda harakat qilishga tayyorlash mulkchilik shakllaridan qat‘iy
nazar
korxonalar, muassasa (ta‘lim muassalarida)
va tashkilotlar, yashash joylari,
ularning yoshlari va ijtimoiy guruhlariga qarab olib boriladi.
Tayyorgarlikni o„tuvchi aholi 3 ta guruhga bo„linadi:
1. Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar, respublika,
viloyat tasarrufida
bo‗lgan shahar va tumanlar, davlat hokimiyati hamda boshqaruv organlari,
vazirliklar, idoralar, birlashmalar, korxonalar, muassasa va tashkilot rahbarlari,
FVlardan muhofaza qilish sohasi mutaxassislari.
2. Ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish sohasida band bo‗lgan aholi,
umumta‘lim maktablari, idoraviy bo‗ysinishi hamda tashkiliy-huquqiy shakllaridan
qat‘iy nazar boshlang‗ich, o‗rta, oliy va kasb-hunar ta‘limi muassasalari o‗quvchilari.
3. Ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish sohalarida band bo‗lmagan aholi.
FVlardan muhofaza qilish sohasida tayyorlashning asosiy vazifalari
quyidagilar:
1. Barcha aholi guruhlariga FVlardan muhofaza
qilish qoidalari va asosiy
usullari, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish yo‗llari, jamoa va yakka
tartibda muhofaza vositalaridan foydalanish qoidalarini o‗rgatish.
2. Boshqaruvning barcha pog‗onalardagi rahbarlarni aholini FVlardan
muhofaza qilish bo‗yicha harakat qilishga tayyorlash va qayta tayyorlash.
3. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar,
muassasalar,
tashkilotlar rahbarlari hamda mutaxassislarida avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib
bo‗lmaydigan ishlarni o‗tkazish uchun FM kuch va vositalarini tayyorlash, ularda
boshqarish ko‗nikmalarini hosil qilish, FVlarda harakat qilishda xodimlarning o‗z
vazifalarini amaliy egallashi belgilangan.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, vazirliklar, idoralar, muassasalar va
tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislari 40 va 80 soatlik dasturlar asosida
tayyorgarlikdan o‗tadilar. Ularni har uch yilda bir marta tayyorgarlikdan o‗tkazib
turish ko‗zda tutilgan.