177
O„quv mashqi muhokamasi. Bu o‗quv mashqining yakuniy qismidir.
Uning
maqsadi har taraflama tahlil qilingandan so‗ng yakun yasash, o‗quv maqsadlariga
erishish va vazifalarning
bajarish darajasini aniqlashdir.
Muhokamani oldindan tayyorlab qo‗yilgan materiallar va vositachilar
tomonidan o‗quv mashqi davomida tuzilmalar harakati to‗g‗risida
aniq erishilgan
natijalarini taqdim etilgan ma‘lumotlar asosida rahbar o‗tkazadi.
Muhokamaning boshida mavzu, o‗quv mashqining maqsadi, taktik o‗quv
mashqi mavzusiga tegishli rahbariyat hujjatlarining asosiy talablari bayon
etiladi. So‗ngra tuzilmalar shaxsiy tarkibining o‗quv
mashqi aniq harakatlari
muhokama etiladi. Bunda asosiy e‘tiborni:
- qabul qilinadigan qarorlarning to‗g‗riligi va maqsadga muvofiqligi, avariya-
qutqaruv bo‗linmalarining tashkil etilishiga qo‗yilgan vazifalarning aniqligi
va o‗z vaqtidaligi;
- razvedkani olib borish va uning natijalari;
- o‗quv mashqiga jalb etilgan barcha tuzilma va bo‗linmalar o‗rtasida uzluksiz
hamkorlikni ushlab turish;
- tuzilmalarning belgilangan hududga qarab harakat qilishining o‗z
vaqtidaligi va uyushganligi;
Bajarilgan amaliy harakatlar natijalari, mexanizatsiya va texnika vositalaridan
foydalanishning samaradorligi, moddiy-texnik ta‘minotning o‗z vaqtidaligi va
sifati, texnika xavfsizligi talablariga rioya qilishiga qaratiladi.
Muhokama so‗ngida rahbar o‗quv maqsadlariga erishish natijasini aniqlaydi,
tuzilmalarning harakatlariga aniq baho
beradi va kamchiliklarni aytib, bundan
keyin tuzilmalarni tayyorlashda nimalarga e‘tibor berish kerakligini ko‗rsatadi.
Kompleks o„quv mashqlarida:
- obyektlarda ishlab chiqarish faoliyati to‗xtatilmagan sharoitda tegishli
signalni olishdan tortib, avariya-qutqaruv boshqa shoshilinch ishlarni o‗tkazish,
FVlarning oldini olish va ular oqibatlarini bartaraf borasidagi FM tadbirlari kompleks
qilib chiqiladi;
- olib borishi zarur bo‗lgan ishlarni amalga oshirish masalalarida o‗tkazilgan
tadqiqotlar
natijalariga, erishilgan darajaga berilgan
bahoga qarab o‗rganib
chiqiladi. Rejani tadqiqotlar boshchiligida bosh mutaxassislar, tadqiqot rahbarlari
o‗rganib chiqadilar.
Birinchi yo„nalish. FVlarda iqtisodiyot obyektlari
ishchi va xizmatchilari va
ularning hayotiy faoliyatlarini muhofaza qilishni ta‘minlash
:
1. Ishlab chiqarish xodimlariga (aholiga) favqulodda vaziyat haqida
xabar berish.
2. Ishlab chiqarish xodimlari yashirinishini ta‘minlash (muhofaza inshootlari
fondini yaratish).
3. Xavfli joylardan aholini evakuatsiya qilish.
4. Shaxsiy muhofaza vositalari va tibbiy yordam vositalari, radiatsiyali,
kimyoviy, biologik zaharlanish va sharoitni nazorat qilish, uskuna va
jihozlar bilan
ta‘minlash.
5. Hayotiy faoliyatni ta‘minlash - oziq-ovqatni, suvni zararlanishdan
muhofaza qilish.
178
Ikkinchi yo„nalish. Asosiy ishlab chiqarish fondlari va (muhandislik-texnik
majmua) muhofaza qilinishini ta‘minlash:
1. Temir-beton konstruksiyalardan karkas tipida juda muhim iqtisodiyot
obyektlarini qurish.
2. Kam qavatli, sal chuqurlashtirilgan turdagi imoratlar, inshootlar qurish.
3. Muhim obyektlarni yer ostiga, kon chuqurliklariga joylashtirish.
4. Konstruksiyalar mustahkamligini oshirish.
5.Vertikal konstruksiyalarni gorizontallariga almashtirish.
6. Imoratlar, inshootlarni o‗rash (tuproq tortish)
. Energiya, suv, gaz,
issiqlik
ta‘minoti tizimlarining barqaror ishlashini ta‘minlash.
Uchinchi yo„nalish. Iqtisodiyot obyektlarini FVda barqaror ishlashga oldindan
tayyorlash. Shikastlovchi ikkilamchi
omillar ta‘sirini cheklash:
1.Texnologik jarayonlarni favqulodda rejimlarda ishlarga tayyorlash.
2. FVlar ta‘sirini kamaytirish.
3. Ehtimoli bo‗lgan FVlarni aniqlash va ularni bartaraf etish.
O‗
rganuvchilarning har bir toifasi uchun tayyorgarlik shakl va usullari bir
kompleksda qo‗llaniladi. Masalan, rahbariyat va boshliqlar tarkibi uchun
komanda-shtab o‗quv mashqi, tuzilmalar uchun maxsus-taktik, qolgan qatnashchilar
uchun mavjud sharoitga to‗g‗ri keladigan ma‘lum vazifalarni bajarishda olib
boriladigan amaliy mashg‗ulot va mashqlar.
O‗z mohiyati bo‗yicha kompleks o‗quv
mashqlari shu obyektning FM,
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish masalalari bo‗yicha
tayyorligining namoyishidir.