175
Hududiy tuzilmalar va qutqaruv otryadlari bilan maxsus-taktik mashqlarni
tayyorlash va o‗tkazish uchun rahbariyat shtabi tuziladi. Bo‗linmalar, guruhlar va
boshqa tuzilmalar bilan boshqaruv guruhi tashkil etiladi, tuzilmalar va taqlid bo‗yicha
rahbarning yordamchilari (vositachilar) tayinlanadi.
Ayrim holatlarda rahbarlar
tarkibini tayyorlash markazi (RTTM)ning o‗qituvchilari jalb etilishi mumkin.
O„quv mashqi rahbarining majburiyatlari o„quv mashqini tayyorlashda:
- tegishli me‘yoriy va huquqiy hujjatlarni (qonunlar, qarorlar, yo‗riqnomalarni)
o‗rganish, tuzilmalarning tayyorgarlik holatini tahlil qilish, dastlabki ma‘lumotlarni,
ya‘ni mavzu, o‗quv mashqining maqsadi, o‗tkazish muddati, o‗quv bosqichi va
savollari, jalb etilayotgan tuzilmalarning soni va tarkibi, o‗quv mashqi o‗tkaziladigan
hududni, taqlid vositalari, hamda moddiy-texnik ta‘minot masalalarini aniqlash;
-
mashq o‗tkaziladigan hududlarni tayyorlash tartibi,
qanday kuchlar bilan
qanday muddatlarda ular tayyor bo‗lishi lozimligini belgilash;
- o‗rinbosarlar, yordamchilar, vositachilar va barcha qatnashchilarni
tayyorlashni
tashkil
etish.
Sardorlarni
avariya-qutqaruv
ishlari
olib
borilayotganda boshqaruvni mohirona tashkil etishga o‗rgatish.