172
maqsadidir.
Tarmoqlardagi komanda-shtab mashqlari mustaqil
tadbiri sifatida hamda
yuqori organlar (shaharda, u o‗tkaziladigan o‗quv mashqlari) tarkibida
o‗tkaziladigan tarmoq mashqi sifatida ham olib borilishi mumkin. Bunday o‗quv
mashqlarini sifatli tayyorlash va o‗tkazilib borilishi uchun mavzu, o‗quv mashqining
maqsadi, mashq savollari va boshqa kerakli ma‘lumotlar hamda tashkiliy
ko‗rsatmalarni tayyorlayotganda FMga oid O‗zbekiston Respublikasi
qonunlari, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari,
O‗zbekiston Respublikasi FM boshlig‗ining
buyruq va direktivalari, navbatdagi
o‗quv yili uchun tashkiliy ko‗rsatmalar, vazirlik hay‘at yig‗ilishining qarorlari
talablari asos qilib olinishi zarur.
Komanda-shtab o‗quv mashqlarini o‗tkazishda rahbarlar tarkibi, tuzilmalar
sardorlari hamda o‗quv mashqiga jalb etiladigan boshqa qatnashchilarning FM
bo‗yicha tayyorgarlik darajasi yaqqol namoyon bo‗ladi va o‗z natijasini beradi.