|
Baxmal tuman Davlat xizmatlari agentligidan
|
bet | 1/9 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 29,47 Kb. | | #142269 |
Bog'liq 2- DMTT USTAVI 2023-YIL
Baxmal tuman
Davlat xizmatlari agentligidan
2023-yil “___”______________
№____________
raqam bilan ro‘yhatga olingan
|
|
“Tasdiqlayman”
Baxmal tuman maktabgacha
va maktab ta’limi bo‘lim boshlig‘i: __________ K.Gulboyev
“___” _______________ 2023-yil
|
01-04
JIZZAX VILOYATI BAXMAL TUMANI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI TASARRUFIDAGI
2-SONLI ,,BOYCHECHEK’’ NOMLI UMUMIY TURDAGI DAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTINING
USTAVI
Baxmal 2023-yil
Baxmal tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi
2-son,,BOYCHECHAK’’nomli umumiy turdagi Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining
NIZOMI
I. Umumiy qoidalar
1. Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi 2-son,,Boychechak’’nomli umumiy turdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi.
Jizzax viloyati Baxmal tumani hokimining 2019-yil 4-sentyabr
3603-sonli qarori asosida tashkil topgan.
Tashkilotning qisqartirilgan nomi: 2-son DMTT
3. Tashkilotning yuridik manzili: Jizzax viloyati Baxmal tumani, ,,Fayzobod’’ MFY Bo’ston ko`chasi 21- uy
4. Tashkilotning ta’sischisi: Baxmal tuman hokimligi.
5. Mazkur Nizom Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotining maqsad va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
6. Tashkilot o'zining faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 23-sentyabrdagi O'RQ-637-sonli “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuniga va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Maktabgacha ta'lim vazirligining buyruqlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-sonli qarori, Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartlariga, Vazirlar Mahkamasining 13-may 2019-yildagi 391-sonli qarorining Nizomiga hamda o'z ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
7. Davlat Maktabacha ta'lim tashkiloti vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o'tkaziladi.
8. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanib, O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi davlat tilida yozilgan muhri va shtampga, mustaqil balansga, O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligining G'aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g'azna hisob raqamlariga ega.
|
| |