• XIII. Davlat Maktabgacha talim tashkilotin boshqarish
  • Davlat Maktabgacha talim tashkilotining Kuzatuv Kengashi
  • XII. Bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotida saqlash uchun




    Download 29,47 Kb.
    bet8/9
    Sana21.01.2024
    Hajmi29,47 Kb.
    #142269
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    2- DMTT USTAVI 2023-YIL

    XII. Bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotida saqlash uchun
    ota-onalar to'lovi
    52. Tarbiyalanuvchilarni 2-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida saqlash deganda tarbiyalanuvchilarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish tushuniladi.
    53. Bolalarni 2-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida saqlash uchun ota-onalar to'lovi qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
    54. Bolalarni davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida saqlash uchun ota-onalar to'lovi miqdori va uni to'lash shakli ularning ta’sischilari tomonidan belgilanadi.
    55. Ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini saqlash uchun ota-onalar to'lovi imtiyozli shartlarda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda Kuzatuv kengashi qarori asosida amalga oshiriladi.
    XIII. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotin boshqarish
    56. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti qonun hujjatlarida, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-sonli Nizomiga hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti ustavida nazarda tutilgan tartibda boshqariladi.
    57. 2-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga Jizzax viloyati Baxmal tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha ta'lim tashkiloti Kuzatuv kengashi tomonidan tanlangan direktor rahbarlik qiladi.
    58. 2-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatiga direktor rahbarlik qiladi hamda davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining Kuzatuv kengashi va ta’sischisi oldida hisobot beradi.
    59. Quyidagilar davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining boshqaruvi organlari hisoblanadi:
    Pedagogika kengashi;
    Kuzatuv kengashi;
    60. 2-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining Pedagogika kengashi:
    Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini ko'rib chiqadi;
    Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ish rejasini va pedagog xodimlarning pedagogik yuklamasini belgilaydi;
    Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;
    Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorligi tartibini belgilaydi;
    Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagog xodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, ta'lim jarayoniga fan yutuqlarini va ilg'or pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama etadi.
    2-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarini ma'naviy va moddiy rag'batlantirish masalalarini ko'rib chiqadi;
    Davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbari va pedagog xodimlar hisobotlarini eshitadi.
    Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotining Pedagogika kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
    2-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bolani tarbiyalash, shakllantirish va o'qitishda ko'maklashish maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi maktabgacha ta'lim tashkilotiga qatnaydigan bolalarning qonuniy vakilllari, maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat ko'rsatayotgan xodimlar, notijorat tashkilotlar vakillari orasidan tuziladi.
    61. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotining Kuzatuv Kengashi:
    Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini belgilaydi. Jizzax viloyati Baxmal tumani maktabgacha ta'lim bo'limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarini saylaydi, maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbari lavozimini egallab turgan rahbarni egallab turgan lavozimidan ozod qilish bo'yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi.
    62. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo'jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet,
    byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag'lardan foydalnish to'g'risidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan eshitadi.
    Davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbari, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so'rovlar o'tkaziladi;
    Baxmal tuman maktabgacha ta'lim bo'limiga maktabgacha ta'lim tashkiloti Kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
    Davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti Kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
    63. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlarining huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlarida, nizomida, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.
    64. 2-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarining lavozimiga qo'yiladigan malaka talablari O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi.

    Download 29,47 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 29,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    XII. Bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotida saqlash uchun

    Download 29,47 Kb.