• III. Davlat Maktabgacha talim tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
  • II. Tashkilotning maqsad va vazifalari




    Download 29,47 Kb.
    bet2/9
    Sana21.01.2024
    Hajmi29,47 Kb.
    #142269
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    2- DMTT USTAVI 2023-YIL

    II. Tashkilotning maqsad va vazifalari
    9. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilot mulkchilik shakliga ko'ra maktabgacha ta'lim tashkiloti hisoblanadi.
    10. Tashkilotning asosiy maqsadi:
    Bolaning ta'lim olishga bo'lgan huquqini amalga oshirishni ta'minlash;
    Bolaning jismoniy, aqliy va ma'naviy kamolotini saqlash va mustahkamlash;
    Bolaning ijtimoiy moslashuvini va umumta'lim muassasalarida ta'lim olishni davom ettirishga tayyorligini ta'minlash.
    11. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotning vazifalari:
    bolalarga, shu jumladan, o'ziga xos ehtiyojlari bor bolalarga yakka tartibda ta'lim dasturlaridan foydalanish, shuningdek o'z vaqtida inklyuziv maktabgacha ta'lim va tarbiya olish imkonini beradigan qulay muhit yaratish;
    bolalarda Vatanga muhabbat tuyg'usini, oilaga, o'z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo'lishni, atrof muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish;

    bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy tajriba orttirishni ta'minlash;


    bolaning ijtimoiy moslashuvini uning boshlang'ich ta'limga tayyorgarligini ta'minlash; ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy o'quv dasturlari hamda texnologiyalarni joriy etish.




    III. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish

    12. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o'z faoliyatini ustav asosida amalga oshiradi.


    13. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining muassislari bo'lishi mumkin.


    14. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotlari binolari va inshootlarini O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan kelishmasdan xususiylashtirish, o'zgaga berish va qayta ixtisoslashtirish mumkin emas.
    15. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi,qayta tashkil etiladi va tugatiladi.


    Download 29,47 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 29,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II. Tashkilotning maqsad va vazifalari

    Download 29,47 Kb.