|
V. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
|
bet | 4/9 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 29,47 Kb. | | #142269 |
Bog'liq 2- DMTT USTAVI 2023-YILV. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi:
18. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti quyidagi huquqga ega:
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Ilk qadam" (TAKOMILLASHTIRILGAN IKKINCHI NASHRI) Davlat ta'lim dasturi asosida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga ko'yiladigan davlat talablariga muvofiq o'z o'quv dasturini ishlab chiqish;
Davlat Maktabgacha ta'limning davlat dasturida ko'rsatilgandan tashqari qo'shimcha pullir ta'lim xizmatlari ko'rsatish, ishlanmaydigan kunlarda yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolaning qonuniy vakillari bilan kelishuv asosida bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish;
Bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish;
Davlat Maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish bo'yicha innovatsion faoliyatda qatnashish;
Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
19. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotlari :
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartlariga hamda takomillashtirilgan ILK QADAM davlat dasturiga muvofiq ta'lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishi;
Davlat Maktabgacha ta'limning tegishli sifatini ta'minlashi;
Bolani tarbiyalash va o'qitish masalalari bo'yicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar bilan yordam berishi;
Bolalarni kamol toptirish, tarbiyalash va o'qitish uchun xavfsiz shart-sharoitlarni yaratishi;
Davlat Maktabgacha ta'lim sifati ta'minlanishini nazorat qilishda vakolatli davlat organlariga ko'maklashishi shart.
Davlat Makbagacha ta'lim tashkilotlarining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo'lishi mumkin.
20. Davlat Makbagacha ta'lim tashkilotlari quyidagilar uchun javob beradi:
bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi;
bolalar davlat maktabagacha ta'lim tashkilotida bo'lgan vaqtida ularning hayotini himoya qilishni va sog'ligini mustahkamlashni tashkil etish;
ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda qo'llaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalar yosh, ruhiy va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga muvofiq kelmasligi;
ta'lim dasturlari tegishli sifatda va belgilangan hajmda amalga oshirilishini ta'minlash;
Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotning Nizomida ko'rsatilgan vazifalar va funktsiyalarni bajarish.
21.Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish vakolatli davlat organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
22. O'quv jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki ta'lim olayotgan bolalarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga zid harakatlarni sodir etishiga undash uchun foydalanish taqiqlanadi.
23. Pedagog xodimlar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun javob beradilar.
|
| |