|
IX. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotida sog'lom ovqatlanishni tashkil etish
|
bet | 7/9 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 29,47 Kb. | | #142269 |
Bog'liq 2- DMTT USTAVI 2023-YILIX. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotida sog'lom ovqatlanishni tashkil etish
42. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotiga sog'lom ovqatlantirish tartibi qonun hujjatlari, sanitariya normalari va gigena talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
43. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni sog'lom ovqatlanishini tashkil qilish uchun javobgarlik tashkilot direktori zimmasiga yuklatiladi.
44. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni sog'lom ovqatlanish tartibi amaldagi 2023-yil 17-fevraldagi 0016-21-son SanQva N me'yorlari asosida belgilanadi.
45. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotiga ovqatlanish belgilangan tartibda tashkilot direktori va tibbiyot xodimi tomonidan tasdiqlangan taomnoma asosida tashkil etiladi.
X. Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar sog'lig'ini asrash.
46. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga moddiy yordam maktabgacha ta'lim tashkiloti shtatiga kiradigan tibbiyot xodimlari yoki sog'liqni saqlash muassasalarining maktabgacha ta'lim tashkilotiga biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan ta'minlanadi, ular bolalarning hayoti, sog'lig'i va jismoniy kamoloti, davolash-profilaktika tadbirlari o'tkazilishi, sanitariya-gigiena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishi uchun javob beradi.
47.2-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish tuman tibbiyot birlashmalariga yuklanadi.
48. 2-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining shtatdagi xodimlari sog'liqni saqlash muassasalarida belgilangan tartibda bepul tibbiy tekshiruvdan o'tadi.
49. 2-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish bepul asosda sog'liqni saqlash tizimining malaka oshirish muassasalarida 3 yilda kamida bir marta o'tkaziladi.
XI. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish
50. 2-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati O'zbekiston Respublikasi Davlat Byudjeti mablag'lari, bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotida saqlash uchun olinadigan ota-onalar to'lovi, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
51. 2-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga qo'shimcha byudjet mablag'larini jalb qilish byudjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.
|
| |