VI. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilot faoliyati tashkil etish




Download 29,47 Kb.
bet5/9
Sana21.01.2024
Hajmi29,47 Kb.
#142269
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2- DMTT USTAVI 2023-YIL

VI. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilot faoliyati tashkil etish
24. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilot maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat standartlariga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o'qitishni, ularga qarab turishni, ularni parvarishlashni va sog'lomlashtirishni ta'minlaydi.
25. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi ta'limning mazmun-mohiyati O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Takomillashtirilgan "Ilk qadam" Davlat ta'lim dasturi asosida Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan ta'lim dasturida belgilab beriladi.
26. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi ta'lim-tarbiya jarayoni mashg'ulotlarning yillik, kalendar`-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga solinadi.
27. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti “Ta'lim to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga, Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ta'lim berish va tarbiyalash shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi.
28. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning asosiy shakli o'yin hisoblanadi.
29. Har bir yosh guruhidagi mashg'ulotlar, o'yinlarning har kungi soni, davom etadigan davri va izchilligi maktabgacha ta'lim tashkilotning o'quv rejasida belgilab beriladi.
Bolalarning maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo'lish vaqtiga qarab maktabgacha ta'lim tashkilotida guruhlar quyidagicha bo'lishi mumkin:
To'liq kunli guruh (bir kunda 9 soat)-450 nafargacha bola soni;
Davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti guruhlarining ishtartibi: 5-kunlik 9soat. Soat 07:30 dan 18:00gacha (Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotining ish davomiyligi bilan bog'liq xolda)
Qisqa muddatli,mobil va majburiy bepul ta’lim guruhlarida ikki smenada tashkil etiladi:
1-smena : 8:00 soatdan 12:40gacha
2-smena : 13:40soatdan18:20gacha

30. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotning ishlash tartibi va bolalarning unda bo'lish vaqti maktabgacha ta'lim tashkilotning Nizomi va ta’sischisining qarori bilan belgilanadi.


31. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti va bolaning qonuniy vakillari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar bola maktabgacha ta'lim tashkilotiga o'tkazilganda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi.
Shartnomada bola maktabgacha ta'lim tashkilotiga boradigan kun tartibi, 3 marta ovqatlanishi, qo'shimcha pullik xizmatlardan keng foydalanishi (xorijiy tillar - rus, ingliz), sport yo'nalishlari milliy kurash, shaxmat, shashka, futbol va xokazolar), tikish-bichish, kulinariya, yosh onalar maktabi va boshqa shartlar ko'rsatiladi.
32.Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi o'quv yili joriy yilning 2- sentyabridan keyingi yilning 31-mayigacha bo'lgan davrni;

Download 29,47 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 29,47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VI. Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilot faoliyati tashkil etish

Download 29,47 Kb.