Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

O„quv mashqiga rahbarlik. Komanda-shtab o‗quv mashqi ―boshliq o‗z 
xodimlarini o‗qitadi‖ tamoyiliga asosan tashkil etiladi va olib boriladi. Barcha 
ishlarning tashkilotchisi tarmoq FM boshlig‗i (rahbari)dir. 
Tumanda komanda-shtab o‗quv mashqini tayyorlash va o‗tkazish 
bo‗yicha barcha ishlarning tashkilotchisi viloyat hokimi – FM boshlig‗i bo‗lib, u 
o‗quv mashqi rahbari hisoblanadi. 
O‗quv mashqi rahbarining o‗rinbosar va yordamchilari etib viloyat miqyosidagi 
FM xizmatlari, boshqarma boshliqlari yoki mashqqa jalb etilayotgan 
tarmoqlarning rahbarlari tayinlanadi. 
Mashqning rahbariyat shtabi - mashq rahbarining ko‗rsatmasiga asosan 
mashqni tayyorlash va o‗tkazishni tashkillashtiradi. 
Viloyat FVlar boshqarmasi boshlig‗i rahbariyat shtabining boshlig‗i - 
mashq rahbarining o‗rinbosari hisoblanadi. Tuman miqyosida o‗tkaziladigan o‗quv 
mashqining asosiy hujjatlari viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanib, FVlar vazirining 
birinchi o‗rinbosari bilan kelishiladi. 
Komanda-shtab o‗quv mashqi ko‗p sonli rahbariyat, komandalar 
tarkibi, FM xizmati, evakoorganlar, ichki tuzilmalar bo‗linmalari, rahbarlari jalb 
etilgan yirik iqtisodiyot tarmoqlarida o‗tkazilganda, tarmoq rahbari - 
fuqaro muhofaza boshlig‗i faqat mashq o‗tkazishga rahbarlik qilib, FM 
boshlig‗i vazifasini bosh muhandisga yoki o‗z muovinlaridan biriga topshiradi. 
Komanda-shtab o‗quv mashqini bevosita tayyorlash va o‗tkazish 
tadbirlarini bajaradigan bir yoki bir nechta tarqoq hududlarda joylashgan yirik 
tarmoqlarda o‗quv mashqi rahbarining muovini (yordamchisi) tayinlanadi, 
rahbariyat shtabi tashkil etiladi hamda FM xizmati va tarmoq ichki tuzilmalar 
bo‗linmalarining eng yaxshi tayyorgarlik ko‗rgan xodimlari hisobidan 
vositachilar tayinlanadi. 
Rahbariyat shtabi o‗quv mashqini yuqori darajada tashkil etish va sifatli 
o‗tkazishni ta‘minlovchi eng kam miqdordagi zarur tarkibda tashkil etiladi. 
Uncha katta bo‗lmagan tarmoqlarda rahbariyat shtabi o‗rniga 2-3 kishidan tashkil 
topgan boshqaruv guruhi tashkil etilishi mumkin. 
O‗quv mashqining rahbari o‗quv mashqi o‗tkazish uchun zarur bo‗lgan dastlabki 


173 
ma‘lumotlar va uning umumiy maqsadini aniqlaydi. Dastlabki ma‘lumotlar - mavzu, 
o‗quv mashqining maqsadi, mashq bosqichlari va ularning o‗quv savollari (har bir 
o‗qitilayotgan bosqichda), o‗qitilayotgan rahbarlar tarkibi va boshqaruv organlari, FM 
xizmati, mashq davomida belgilangan tadbirlarni bajarishga (ishlab chiqarish 
barqarorligini oshirish masalalari, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va uning 
oqibatlarini bartaraf etish) jalb etiluvchi shtatdagi avariya-qutqaruv bo‗linmalari, maxsus 
tuzilmalar, mashqning o‗tkazish muddati, vaqti va joydagi vositachilar tarkibi 
aniqlanadi. 
O‗quv mashqi o‗tkaziladigan joylarni tayyorlash borasidagi tadbirlar kerak 
bo‗lganda sharoit va o‗quv-moddiy bazasi miqyosini tahlil qilish uchun joy va 
vositalarni hisobga olgan holda tuziladi. 
Komanda-shtab o‗quv mashqi savollarini ishlab chiqish uchun tinchlik davrida
sodir bo‗lishi ehtimol favqulodda vaziyatlar va harbiy harakatlar davridagi 
zararlar miqdoriga juda yaqinlashtirilgan ko‗rgazmali murakkab sharoitlar 
yaratilishi lozim. U o‗quv mashqi qatnashchilarini faol va tashabbuskorona 
harakatlarga yondoshishi, ularni izlanish va maqsadga muvofiqroq qarorlar qabul 
qilish, kuch va vositalar yordamida manevrlarni amalga oshirshga majbur etishi, 
qo‗yilgan vazifalar, birinchi navbatda, odamlarni qutqarish bilan bog‗liq ishlarni o‗z 
vaqtida bajarish uchun barcha texnika va boshqa vositalaridan to‗la foydalanishni talab 
etishi lozim. 
Komanda-shtab o‗quv mashqini olib borilayotganda rahbar uning reja bilan 
mutanosib holda olib borilishi, o‗quv savollarini ishlab chiqish va amaliy 
tadbirlarning to‗la hajmda o‗tkazilishi, rahbariyat tarkibi tomonidan xodimlarga 
vazifalarni to‗g‗ri va aniq qo‗yilishiga alohida e‘tibor qaratishi lozim. 
Amaliy tadbirlarni bajarish vaqtida ishchi-xizmatchilar va ularning oila 
a‘zolarini muhofaza qilish bo‗yicha hamda ishlab chiqarish barqarorligini oshirish 
bilan bog‗liq eng muhim epizodlarga ishlab chiqishning rahbari shaxsan o‗zi 
o‗tkazadi. 
O‗quv mashqi tugagach, o‗rganuvchilarning harakatini baholaydi va yo‗l 
qo‗yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‗yicha vazifalar qo‗yadi. 
Rahbariyat shtab (boshqaruv guruhi) rahbarining ko‗rsatmasiga binoan 
o‗quv mashqlarini tashkil etish, ularni tayyorlash va o‗tkazilishini ta‘minlaydi. 
Shtab rahbariyati majburiyatlari jumlasiga rahbarning mulohazalariga 
asoslangan o‗quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, vositachilarni tayyorlashni 
tashkil qilish, barcha qatnashchilar, o‗quv-moddiy bazasi, boshqaruv punktlari, 
o‗rganuvchilarning ish joylari, aloqa va xabar berish vositalarini tayyorlashni 
nazorat qilish, o‗quv mashqini olib borish jarayonida vositachilar ishini tashkil 
etadi, qatnashchilarning harakatlarini umumlashtiradi va baholaydi, xabarlar 
(signal)ning berilishi va uning joylarga to‗g‗ri va aniq yetkazilishini nazorat qiladi, 
sharoitdan kelib chiqqan holda qaror qabul qilish uchun takliflar tayyorlash, ularni 
rasmiylashtirilish ishlarini olib boradi. 
Mashq rahbarining ma‘ruzasida mavzu va o‗quv mashqi masalalari, 
qatnashchilarning tarkibi, ular harakat qilgan sharoit eslatib o‗tiladi. So‗ngra 
rahbariyat va sardor-boshliqlar tarkibining ishi, ularning tez va mohirona qarorlar 
qabul qila olish mahoratlari, xodimlarning harakatlariga rahbarlik qilishlari hamda 


174 
o‗quv mashqi masalalarini ishlab chiqish va mashq maqsadiga erishishning to‗laligiga 
baho beriladi. 
Muhokamani ish xaritasi, tasviriy chizmalar, grafiklar, jadvallar, hisob-kitoblar 
va boshqa hujjatlar namoyish qilish orqali olib boriladi. 
Umumiy muhokamagacha o‗quv mashqida qatnashgan FVDT xizmatlari va 
tuzilmalarining qisman muhokamalari o‗tkazilishi mumkin. Ularni rahbarning 
o‗rinbosarlari va vositachilar o‗tkazadilar. 

Download 6,38 Mb.
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish