Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

O„quv mashqi olib borilayotganda: 
- qarorlar va berilgan farmoyishlar, ularning shaxsiy tarkib tomonidan bajarilish 
darajasi va sifatini tahlil qilish; 
- qo‗yilgan o‗quv maqsadlariga erishish uchun sharoitni murakkablashtirishga 
rahbarlik qilish; 
- xavfsizlik choralari va ekologik talablarga rioya etishni nazorat qilish; 
- o‗quv mashqi tugagagach, muhokama o‗tkazish, bo‗lim va tuzilmalar shaxsiy 
tarkibi harakatlarini baholash. 
Rahbariyat shtabi zimmasiga o‗quv mashqini tayyorlash va o‗tkazish, harakat 
hududini jihozlash bo‗yicha hujjatlarna ishlab chiqish hamda o‗quv mashqi tugagach, 
tuzilmalarni yig‗ish va ularni doimiy ish joylariga qaytarish, amaliy ishlar olib 
borilgan hududni tartibga solish nazoratini amalga oshirish yuklanadi. 
O‗quv mashqini tayyorlash va o‗tkazishning moddiy-texnik ta‘minoti 
tuzilmalarni zarur texnika, yoqilg‗i-moylovchi materiallar, taqlid vositalari va 
boshqa materiallar, talabdagi zaxirasi bo‗lgan maxsus jihozlar bilan 
ta‘minlash, ovqatlanishni tashkil qilishdan iboratdir. 
Haqiqatga yaqinlashtirilgan sharoit yaratish uchun suv toshqin, kimyoviy 
zararlanish va radioaktiv ifloslanish zonalari belgilanadi, vayronalar, yong‗inlar, 
kommunal-energetika tarmoqlaridagi halokatlar, toshqinlar (otilib chiqish) taqlid 
qilinadi. 
Taqlid boshqariladigan, uni tayyorlash va harakatga keltirishga ko‗p vaqt 
va katta mablag‗ talab qilinmaydigan bo‗lishi kerak. Buning uchun taqlid bo‗yicha 
o‗quv mashqi rahbarining yordamchisi ixtiyoriga zarur miqdordagi shaxsiy tarkib, 
texnika va moddiy boyliklar ajratiladi. U taqlid rejasini tuzadi, o‗quv mashqi olib 
boriladigan hududni zarur uskunalar bilan jihozlaydi, xavfsizlik choralariga rioya 
etilishni ko‗zda tutadi va nazorat qiladi. 
O„quv mashqini tayyorlash.Tayyorgarlik talbirlarining mazmuni va hajmi 
o‗quv mashqi miqyosi va maqsadi, o‗quv mashqiga jalb etilayotgan tuzilmalarning 
tayyorgarlik darajasi, ularning moddiy-texnik ta‘minoti hamda mashq olib


176 
boriladigan hududning holatiga bog‗liq. 
O‗quv mashqini tayyorlashda quyidagi hujjatlar ishlab chiqiladi: 
- o‗quv mashqini tayyorlash va o‗tkazish haqida buyruq; 
- o‗quv mashqiga tayyorgarlikning kalendar rejasi; 
- o‗quv mashqini o‗tkazish rejasi; 
O‗quv mashqini tayyorlash va o‗tkazish haqidagi maxsus buyruq ishlab 
chiqiladi. Buyruqda: 
- o‗quv mashqini o‗tkazish muddati va o‗rganuvchilar tarkibi; 
- sardor-boshliqlar va boshqa qatnashchilar tarkibini tayyorlash tartibi; 
- amaliy ish bajariladigan hududlarni tayyorlash hamda ish hajmi va 
mas‘ul ijrochilar; 
- moddiy-texnik ta‘minot, shu jumladan motoresurslar, yonilg‗i, taqlid 
vositalari; 
- o‗quv mashqini o‗tkazishda xavfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha choralar 
aniq belgilangan bo‗lishi lozim. 
Kalendar rejada: 
- rahbarning yordamchisini, sardor-boshliqlar va tuzilmalarning barcha shaxsiy 
tarkibini tayyorlash borasidagi tadbirlar; 
- hujjatlar ro‗yxati, ularni ishlab chiqish muddati va buning uchun mas‘ul 
shaxslar; 
- o‗quv mashqi va taqlid hududini tayyorlash borasidagi tadbirlar; 
- aloqa va xabar berish xizmatini tashkil etish masalalari yoritib beriladi. 
Kalendar reja tarmoq rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 
O„quv mashqini o„tkazish uslubi. O‗quv mashqini shaxsiy tarkibga xabar 
berish va yig‗ish, texnikani olib borish va ularning harakatga tayyorligini 
tekshirish kerak. 
Taktik vazifalar (buyruqlar, ko‗rsatmalar)ni yoki shartli topshiriqni 
topshirgach, sardorlarga olingan vazifani tushunib olishi, sharoitni baholashi, 
qaror qabul qilishi va qaramog‗idagilarga vazifa berishi uchun zarur vaqt beriladi. 
Tuzilmalar sardorlarining qutqaruv ishlarini tashkil etish borasidagi qarorini o‗quv 
mashqi rahbari eshitib ko‗radi va tasdiqlaydi.
Bunda asosiy e‘tiborni uning 
maqsadga muvofiqligi va vujudga kelgan sharoitga to‗g‗ri kelishi, kuch va 
vositalardan foydalanishning samaradorligi, berilgan vazifani bajarish 
uchun belgilangan muddatlarning realligi, vazifaning aniq qo‗yilishi, boshqaruv va 
muvofiqlashuvni tashkil qilish usullariga qaratish lozim. 
Tuzilmalar o‗rtasidagi doimiy va yaqindan o‗zaro hamkorlikni ham 
esdan chiqarish mumkin emas. Bu narsa, shu lahzalarda falokatga uchragan 
odamlarni qutqarish va muhofaza qilish bo‗yicha eng muhim vazifalarni hal etayotgan 
bo‗linmalar manfaatlari yo‗lida amalga oshirilishi va qo‗llab-quvvatlanishi lozim. 
O‗quv mashqi avariya-qutqaruv ishlari nihoyasiga yetganligini e‘lon 
qilish bilan yakunlanadi. 
Mashq yakunida rahbar shaxsiy tarkib va texnikani tekshirish, o‗quv 
mashqi olib borilgan hududni tartibga keltirish hamda muhokama o‗tkazish joyi va 
vaqti haqida
ko‗rsatma beradi. 

Download 6,38 Mb.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish