182
emas, balki vijdon va jamiyatchilik fikriga asoslangan bo‗ladi.
Toshkent zilzilasi 8 ballga yaqin bo‗lib, 10
soniya davom etgan birinchi
silkinish 1966-yil 26-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 5.23 da qayd etilgan edi.
Zilzilada qurbonlar deyarli juda kam bo‗lgan. Shunday bo‗lsa-da dastlabki
silkinishning ertasidan Toshkent aholisining 11 %ida ta‘sirlanishh holati saqlanib
turgan.
Yong‗in, gaz portlashlari juda og‗ir oqibatlarga olib keladi. Hozirgi vaqtda
bunga terror harakatlari ham sabab bo‗lishi mumkin.
Tadqiqotchi-psixologlar P.Xochkinson va M.Styuart ―Halokatda omon qolish‖
nomli kitobida yozishlaricha, ko‗pchilik uchun yong‗in
vaqtida uning alangasi juda
kuchli bo‗ladi. Yong‗in vaqtida kishilarni boshqa xavfli vaziyatdagidan ko‗ra ko‗proq
vahima bosishi mumkin. Bu xavfli hodisaning xususiyati avval vahima qilib
qochishdan iborat. Bu kishining xavfli vaziyatdan qochib qutilishga urinishidan
boshqa narsa emas. Inson hamma narsani unitib, hech kim bilan hisoblashmaydi,
asosiy maqsad
butun vujudini qamrab olgan, ba‘zan mutlaqo asossiz qo‗rquvdan
qutilish bo‗ladi.
Yong‗indagi vaziyatni inson o‗zining omon qolishiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri tahdid
deb tushunadi, badanni muzdek ter bostirib yuboradigan, qattiq qo‗rquv hissi paydo
bo‗ladi, fojia bir zumlikkina bo‗lib tuyuladi, miyada esa harakat qilish kerak, degan
fikr tug‗iladi.
FMda ruhiy tayyorgarlik - kishilarda ruhan chidamlilikni
shakllantirish yoki
qo‗yilgan vazifalarni bajarish, tinchlik va urush vaqtidagi xavfli vaziyatlarda
fidokorona harakat qilish qobilyaitini kuchaytirishdagi xislatlarini hosil qilish
demakdir.