Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

Ishlab chiqarish va xizmat ko„rsatish sohasida band aholini tayyorlash ish 
joylarida mashg‗ulotlar o‗tkazish va tavsiya etilgan dasturlarga muvofiq FVlarda 
harakat qilishni mustaqil ravishda o‗rganish, keyinchalik o‗quv mashqlari va 
mashg‗ulotlarda olingan bilim va malakalarini mustahkamlash yo‗li bilan amalga 
oshiradi.
Bu guruhga kiruvchilarni beshta kichik guruhlarga ajratish mumkin: 
1. Maktabgacha tarbiya muassalari tarbiyalanuvchilari. 
2. Umumiy o‗rta ta‘lim maktablari o‗qituvchilari. 
3. Akademik listey va kasb-hunar kollejlari talabalari. 
4. Oliy o‗quv yurtlar talabalari. 
5. Korxona, tashkilot, muassasalar ishchi va xizmatchilari. 
Maktabgacha 
tarbiya 
muassasalari. 
Hozirgi 
kunda 
O‗zbekiston
Respublikasida bog‗cha yoshdagi bolalarni FVlardan muhofaza qilish sohasida 


187 
tayyorlash yo‗lga qo‗yilmagan. Bu muassalarda bolalarga xavfsizlikning oddiy 
elementlarini o‗rgatib borish muhim hisoblanadi. 
Umumiy o„rta ta‟lim muassasalari. O‗zbekiston Respublikasi ―Kadrlarni 
tayyorlash milliy dasturi‖, ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi qonuniga muvofiq ta‘lim 
muassasalarida FM bo‗yicha darslar olib borilishi ko‗zda tutilgan. O‗zbekiston 
Respublikasi Xalq ta‘limi vazirining 2000-yil 4-yanvardagi buyrug‗iga asosan o‗rta 
umumta‘lim maktablarining 1-9 sinflarida ―Inson xavfsizligi asoslari‖ kursi joriy 
etilgan. Kursni o‗qitishda asosiy e‘tibor shaxsiy va jamoa xavfsizligi asoslarini 
o‗rgatish, xavfli vaziyatlarni ko‗ra bilish, uni baholash hamda FVlar sodir bo‗lganda 
uyda, ko‗chada, jamoat joylarida bajarilishi kerak bo‗lgan xatti-harakatlarni 
o‗rgatishga qaratilgan. 
Akademik listey va kasb-hunar kollejlari. Akademik listeylar, ixtisoslashgan 
kollejlarning o‗quvchilariga ta‘lim berish maqsadida tashkiliy ko‗rsatmalarga asosan 
―FM va hayot xavfsizligi asoslari‖ kursidan foydalanish lozim. Hozirgi kunda 
talabalar tayyorgarligi 2001-yilda O‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi markazi 
tomonidan tasdiqlangan ―Chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash‖ fani dasturi bilan 
yo‗lga qo‗yilgan. Dasturda FM darslariga 35 soat vaqt ajratilgan. 
Oliy o„quv yurtlari. Universitetlar, institutlar va boshqa oliy ta‘lim 
muassasalari talabalariga ta‘lim berish ishlari ―FM va FVlar‖ fani asosida olib borish 
ko‗zda tutilgan. Ta‘lim berish jarayonida FVlarda boshqarish, xatti-harakatlar 
masalalariga hamda aholi va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi FVlardan 
muhofaza qilish usullarini o‗rgatishga katta ahamiyat berilgan. 
Iqtisodiyot obyektlari rahbar hamda mutaxassislarini tayyorlash, ularga ta‘lim 
berish O‗zbekiston Respublikasi FVlar vazirligi tomonidan 2000-yilda tasdiqlangan 
40 va 80 soatlik dasturlar asosida FM institutida olib boriladi. 
Rahbar xodimlarga ta‘lim berishdan asosiy maqsad aholi va hududlarni 
FVlardan muhofaza qilishga tayyorlash, avariya, halokat, tabiiy ofatlar sodir 
bo‗lganda uning oqibatlarini bartaraf etish, FM kuch va vositalarini tashkil etishning 
yo‗l-yo‗riqlarini o‗rgatishdir. 
Rahbar xodimlar, tuzilma rahbarlari, tashkilotlar, muassasalar, korxonalarning 
avariya-qutqaruv otryadlari tarkibidagi xizmatchilar, harbiylashtirilgan hamda doimiy 
tayyor maxsus tuzilmalarning xodimlariga FMdan ta‘lim berish ishlari FVlar 
boshqarmalariga qarashli hududiy rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida hamda 
o‗quv mashqlari va mashg‗ulotlarda olib boriladi. Ta‘lim berish jarayonida 
rahbarlarning FMdan o‗z funksional vazifalarini o‗zlashtirib olishlariga, xavfli 
sharoitda muhitni tahlil qilish va baho berish, FVlar sodir bo‗lgan hududda xizmat 
lavozimidan kelib chiqqan holda to‗g‗ri qaror qabul qilish ko‗nikmalarini berishga 
asosiy e‘tibor beriladi. 
Tashkilot, korxona va obyektlar rahbarlari joriy tayyorgarligi ish joylarida FM 
boshliqlari tomonidan o‗quv yili uchun 15 soat hajmida tashkil etiladi. 
Tayyorgarlikdan o‗tayotgan rahbar xodimlar sodir bo‗lishi mumkin bo‗lgan FVlarni 
oldindan ko‗ra bilish, ular sodir bo‗lganda oqibatlarini bartarf etish va unga rahbarlik 
qilish bilimlarini egallashlariga ahamiyat beriladi. 
Tuzilmalar tarkibidagi korxona, muassasa va tashkilot xodimlariga FMdan 
ta‘lim berish ishlari ish joyining o‗zida 15 soat hajmida, hamma uchun umumiy 


188 
mavzularni (10 soat) o‗rganish sharti bilan olib boriladi. Bu tuzilmalar tarkibiga 
ta‘lim berish jarayonida FVlar oqibatlarini bartaraf etish ko‗nikmalarini amaliyotga 
yaqinlashtirilgan holda olib borish yo‗l-yo‗riqlariga alohida e‘tibor beriladi. 
Ishchilar, xizmatchilar, iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarini ishlab chiqarishdan 
ajratmagan holda, rejalashtirilgan mashg‗ulotlarda (15 soat), maxsus tayyorlangan 
rahbarlar boshchiligida o‗quv guruhlarida hamda mavzularni mustaqil o‗rganish va 
o‗rgangan mavzularni amaliy mashg‗ulotlar, obyekt miqyosidagi mashqlar va 
kompleks o‗quv mashqlari davomida mustahkamlash orqali amalga oshiriladi. 
Ishlab chiqarish va xizmat ko„rsatish sohasida band bo„lmagan aholiga ta‘lim 
berish ma‘ruzalar o‗qish, suhbatlar o‗tkazish, o‗quv filmlarini namoyish qilish, 
mustaqil ravishda qo‗llanma va eslatmalarni o‗rgatish, radioeshittirish va 
teleko‗rsatuvlar yrdamida olib boriladi. Bu toifadagi aholini tayyorlashda asosiy 
e‘tibor ularni ma‘naviy-ruhiy tayyorlash, FVlarning turlari va ko‗lami haqida 
ma‘lumot berish, yashash sharoitidan kelib chiqqan holda sodir bo‗lishi ehtimoliga 
ega FVlar haqida ko‗nikmalar berish, FVlar sodir bo‗lgan sharoitda xatti-harakat 
yo‗llarini o‗rgatish, sodir bo‗lish ehtimoliga ega avariyalar, tabiiy ofatlar, falokatlarga 
oilaviy tayyorgarlik mas‘uliyatlarini singdirib boishga qaratilgan. 
FMdan ta‘lim o‗quv mashqlari o‗tkazish bilan birga olib boriladi. Har bir 
toifadagi aholiga ―Diqqat, barchaga!‖ signali orqali hududning geografik 
xususiyatidan kelib chiqqan holda FVlarda bajarilishi lozim bo‗lgan xatti-
harakatlarga o‗rgatish bilan o‗quv yili tugatiladi. 
Tayyorgarlik shakllari, usul va vositalari. Tabiiy ofatlarga tayyorgarlikni 
ta‘minlashning 7 yo‗nalishi ajratiladi: 
1. Zaiflikni baholash – FVga tayyorgarlik shundan boshlanadi. 
2. Rejalashtirish – tayyorgarlikni ta‘minlash ishlarining muhim qismi. 
Rejaning aniq bir shakli bo‗lmaydi. Rejalashtirish ehtiyojga qarab tuziladi, FVgacha 
bo‗lgan, u ro‗y berganda va undan so‗nggi harakatlarning aniq va o‗z vaqtida bo‗lishi 
ta‘minlanadi. 
3. Tashkiliy tizim – kuchlarni shakllantirishni ko‗zda tutuvchi yo‗nalish. 
Ulardan tayyorgarlikni ta‘minlashda foydalanish mumkin. 
4. Axborot tizimi – FVgacha, u ro‗y bergandan so‗ng zaiflik darajasini 
belgilash, ogohlantirish, qaror qabul qilish uchun zarur axborot manbai, ehtiyoj, vaqti 
va tartibini aniqlashni ko‗zda tutuvchi yo‗nalish. 
5. Asosiy resurslar. Bu yo‗nalish moddiy va moliyaviy resurslarni 
shakllantirish, FV ro‗y berganda yordam ko‗rsatilishi haqida shartnomalar tuzilishini 
ko‗zda tutadi. 
 6. Ogohlantirish tizimi – muqobil aloqa vositalari ta‘minotiga ega mustahkam 
ishlovchi ogohlantirish, bashorat qilish va xabar berish tizimini yaratish. 
7. Javob qaytaruvchi mexanizmlar – ularda tayyorgarlikni ta‘minlashdagi 
barcha kamchiliklar ko‗zga tashlanib qoladi, amaliy harakatlar, malaka va 
ko‗nikmalar hosil qilinadi.
Aholi tayyorgarligini amalga oshirishda o‗qitish usullaridan bahs-munozara, 
o‗quv darsliklari bilan mustaqil ishlash, muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish, 
mantiqiy masalalarni mustaqil hal etish usullaridan foydalanish mumkin.
Bahs-munozara usuli – o‗qituvchi yoki tinglovchilarning fikrlashni talab 


189 
etuvchi savollari bo‗yicha tinglovchi o‗z fikrlarini bayon etadilar va o‗zgalar fikrini 
eshitadilar. 
Muammoli vaziyatni yuzaga keltirish – vaziyat bir oz tor tarzda bayon etiladi. 
Bunday vaziyatlarni qo‗llash ko‗proq ma‘ruzalar davomida qo‗llanib, o‗quv 
jarayoniga 
muammoli 
o‗qitish 
elementlarini 
kiritish 
imkonini 
beradi. 
Tinglovchilardan ko‗proq diqqat-e‘tiborini shu vaziyatga jalb qilish va xulosa 
chiqarish talab etiladi. 
Ish o„yinlari – ma‘lum ma‘noda inson faoliyatini mashq qilishdan iborat. U 
deyarli barcha vaziyatlarni ―o‗ynash‖ va odamlar ruhiyatini tushunish, ularning 
o‗rniga o‗zini qo‗yib ko‗rish imkonini beradi. 
Ish o„yinlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
- auditoriya va qatnashchilarni tayyorlash; 
- vaziyat, yo‗riqnoma va boshqa materiallarni o‗rganib chiqish; 
- o‗yin jarayonini olib borish; 
- o‗yin natijalarini tahlil qilib, muhokama etish. 
FM boshqaruv organlari, kuchlari va FVDT mansabdor shaxslarini tayyorlash 
muvaffaqiyatli hal etilishi hamda barcha pog‗onadagi FM boshliqlari uyushgan holda 
reja tuzishlariga, rejaning bajarilishiga uzluksiz rahbarlik qilishlari, uni nazorat 
qilishlari, shuningdek, qo‗l ostidagilarga yordam berishlari, o‗quv-moddiy bazasining 
mavjudligi, uning yaratilishi, yaroqli holda turishi hamda muttasil takomillashtirib 
borilishiga bog‗liq bo‗ladi. 

Download 6,38 Mb.
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish