183
FM tuzilmalarida ma‘naviy-ruhiy tayyorlovning asosiy vazifasi FMga
qaratilgan davlat qarorlari talablarini ta‘minlashdir.
FMda ma‘naviy-psixologik tadbirlarning mazmuni:
- FM tuzilmalarinig shaxsiy tarkibi va aholiga favqulodda iqtisodiyot
obyektlarini normal ishlashini ta‘minlash va xalqning
maqsadga muvofiq hayot
kechirishini ta‘minlash haqida davlatning qarorlari va siyosatini tushuntirish;
- FM tuzilmalari-shaxsiy tarkibi va aholini O‗zbekiston Respublikasi xalqi
an‘analari bo‗yicha tarbiyalash;
- shaxsiy tarkibda yuksak darajadagi ma‘naviy-ruhiy xususiyatlar: mardlik,
o‗zini ushlay bilish, jasurlik, botirlik, farosatlilik, tashabbuskorlik kabi xislatlarni
shakllantirish va rivojlantirish;
- favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot inshootlarini muhofaza qilish kabi
tadbirlarga shaxsiy tarkibni tayyorlash;
- FM shaxsiy tarkibiga FVlarda muhofaza qilish usul va vositalarni
tushuntirish;
- FM shaxsiy tarkiblarini o‗z vaqtida qutqaruv ishlari
va boshqa ishlarni olib
borish uchun foydalaniladigan texnikani o‗rgatish;
- zararlanganda o‗z-o‗ziga va o‗zaro yordam ko‗rsatish usul va vositalarini
o‗rgatish;
- radiaktiv moddalar, zaharli moddalar, bakterial vositalar va boshqa kuchli
ta‘sir etuvchi zaharli moddalar bilan zaharlanganda, qisman sanitariya ishlovini olib
borishini o‗rgatish;
Ma‘naviy-ruhiy tayyorlash usullari:
- davra suhbatlari o‗tkazish;
- doimiy ravishda boshqaruv kadrlarni shaxsiy tarkib va xalq bilan muloqotda
bo‗lish;
- fuqaro muhofazasi tuzilmalari va aholi o‗rtasida musobaqalar o‗tkazish;
Fuqaro muhofazasi vazifalarini muvaffaqiyatli bajarilishini faqatgina, oldindan,
puxta uyushtirilgan ma‘naviy-ruhiy tayyorlash natijasida erishish mumkin.
FM tashviqotining o„rni va vazifalari. Ishlab chiqarishda band bo‗lmagan
aholinining ma‘naviy-ruhiy tayyorgarligi muammosi millionlab kishilarga tegishli
muammodir. Viloyat, shahar va tumanlar FM boshliqlari, FVlar boshqarma va
bo‗limlari bu mavzuga ko‗proq e‘tibor berishlari, ishlamayotgan
aholini FVlardan
muhofaza qilishdagi ma‘naviy-ruhiy chiniqtirishga yordam beruvchi tadbirlarni
jonlantirish ishlarini yanada takomillashtirishlari lozim. Bunday targ‗ibotga birinchi
galda kimyoviy va xavfli obyektlar yaqinida hamda toshqin, suv toshqini xavfi
mavjud bo‗lgan hududlarda istiqomat qiluvchi aholi jalb etilishi lozim.
Targ„ibot. FVlardan muhofaza qilishni targ‗ib etishda asosiy vazifalar qanday,
bunda targ‗ibot naimlardan iborat bo‗lishi kerak?
Birinchi vazifa. Tinchlik davrida va harbiy harakatlarda FVlar sodir bo‗lishi
mumkinligini va ular naqadar xavfli ekanligini tushuntirish.
Ikkinchi vazifa. FMning roli ortib borayotganligini, favqulodda vazifalardan
muhofaza qilish haqidagi davlat hujjatlarining mazmuni, aholining FMga oid huquq
va vazifalarini tushuntirish.
Uchinchi vazifa. Aholiga FVlarda harakat qilishni o‗rgatishga hissa qo‗shish.
184
To„rtinchi vazifa. FM ilg‗or tajribasini aholi o‗rtasida keng targ‗ib qilish.
Beshinchi vazifa. O‗zbekiston Respublikasi FM tarixi va an‘analarini aholi
o‗rtasida tizimli targ‗ib qilish.
Targ‗ibot xushyorlik
oshirilishi kerakligi, oldini olish tadbirlari o‗tkazilish
muhimligi, kishilarda yuksak ma‘naviy-ruhiy fazilatlarni tarbiyalash zarurligi,
shuningdek, beparvolik ishlab chiqarish, ijtimoiy sohaga og‗ir shikast yetkazishi, eng
yomoni odamlar qurbon bo‗lishi mumkinligini eslatib turishi kerak.
Texnika va ishlab chiqarish texnologiyasi murakkablasha borayotgani ishlab
chiqarish jarayonlari nazorat qilinishida qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda.
FVlar sodir bo‗lish ehtimoli mavjudligi to‗g‗risida aholi o‗rtasida tushuntirish
ishlarini olib borish kerak. Lekin bunda odamlarni qo‗rqitmaslik, balki bu xavfni
unitmaslik, FVlar sodir bo‗lganda muhofazalanishga tayyor turishga da‘vat etish
kerak. Shunda FVlar oqibatida etadigan zararlar eng kam darajada bo‗lishi mumkin.
Mulkchilik shakllaridan qat‘iy nazar mehnat jamoalarida, turar joylarda ana
shu to‗g‗risida suhbatlar o‗tkazish, aholiga va jamoaga FVlar sodir bo‗lganda xatti-
harakat qoidalarini tushuntirish kerak. Masalan, Yaponiyada har yangi o‗quv yili
maktablar va oliy o‗quv yurtlarda kishilarning zilzila sodir bo‗lgandagi xatti-
harakatlari haqida mashg‗ulotdan boshlanadi.
FM targ„ibotini tashkil etish shakllari, usullari va vositalari.FM bo‗yicha
targ‗ibot qanday ahvoldaligi tabiiyki, birinchi galda barcha darajadagi FM boshliqlari
zimmasida bo‗ladi. FM xodimlari davlat va jamoat tashkilotlari, ijodiy jamoalar, turli
fondlarni jalb eta olsalargina, targ‗ibotni yo‗lga qo‗yish shunchalik muvaffaqiyatli
amalga oshiriladi.
FM targ‗ib qilishning quyidagi shakllari mavjud:
1. Og‗zaki targ‗ibot.
2. Ommaviy axborot vositalari (matbuot, televidenie, radio).
3. Kino va vidofilmlar.
4. Ko‗rgazmali vositalar (plakat, stend, fotomontaj, vitrina).
Og‗zaki targ‗ibot eng ta‘sirchan shakllardan biri hisoblanadi. Kishilar bilan
shaxsiy muloqatda bo‗lishga asoslanib, bunday targ‗ibot muayyan jamoa oldida
turgan FM vazifalari, ularni hal etish usullarini kishilarga tushunarli dalil va misollar
asosida tushuntirish, kamchilik va qiyinchiliklar, ularni yengib o‗tish yo‗llari haqida
fikr yuritish imkonini beradi.
Og‗zaki targ‗ibotda ma‘ruza, suhbat, savol-javob kechalari, FM faxriylari va
mutaxassislari bilan uchrashuvlardan foydalaniladi.
Targ‗ibotchi ishlatayotgan ilmiy va texnik atama va tushunchalarni
tinglovchilar to‗g‗ri anglashini ta‘minlash
darajasida bayon etishi, fikrning
mantiqiyligi,
tushuntirilayotgan
qoidalarning
turmush
bilan
chambarchas
bog‗liqligiga yorqin misollar keltirishi, statistika ma‘lumotlariga tayanishi, nutqining
jo‗shqinligi va hokozalar targ‗ibiy chiqishlarning ishonchliligini ta‘minlab beradi.
Rahbarlar, mutaxassislarning o‗z jamoalari oldida FM mavzusida so‗zga
chiqishlari alohida ahamiyatli ekanligini qayd etish kerak. Ular FM tadbirlarini
o‗tkazishda shaxsan namuna ko‗rsatishlari lozimligini unitmaslik lozim.
FVlardan muhofaza qilish sohasi targ‗ibotida hozirgi vaqtda ommani qamrab
olishi va ularga uzluksiz ta‘siri jihatidan eng ta‘sirchan ommaviy axborot
185
vositalaridan televidenie va radiodan foydalanishning roli katta. FMga oid ishlar
ahvoli, FVDT kuch va vositalarining FVlarda harakatlari haqida ommaviy vositalari
tezkor va ishonchli axborot bilan ta‘minlanib turishlari kerak.
FM mavzusida kitob va risolalar nashr etishning va ulardan tushuntirish
ishlarida foydalanishning ahamiyati katta. Ularni targ‗ib etish uchun kutubxonalarda
ktobxonlik anjumanlari, kechalar va boshqa tadbirlar o‗tkazib turilishi lozim.
Endilikda FM targ‗ibotini kino, video materiallardan keng foydalanmay,
tasavvur etish qiyin.
Ko‗rgazmali vositalardan foydalanib, FMni targ‗ib qilish FM o‗quv punktlari,
kabinetlari, sinf va burchaklarini jihozlashda,
turli stend, fotomontaj tashkil etishda,
shuningdek, aholini FVdagi harakati bo‗yicha plakatlar chiqarishda o‗z ifodasini
topmoqda.
Ko‗rgazmali targ‗ibotda respublikamiz FM tizimi haqida, ishlab chiqarish
avariyalari va tabiiy ofatlar, jamoa va yakka himoya vositalari, qutqaruv va boshqa
kechiktirib bo‗lmaydigan ishlar, o‗tkazilgan o‗quv mashg‗ulotlari haqida axborot
bo‗lishi maqsadga muvofiq.