Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

O„quv mashqiga tayyorlanish. O‗quv mashqini tayyorlash korxona rahbari- 
FM boshlig‗i zimmasidadir. 
Mashqni tayyorlash va o‗tkazish uchun rahbarning o‗rinbosari va 
yordamchilari tayinlanadi, rahbariyat shtabi yoki boshqaruv guruhi tuziladi. 
Kompleks o‗quv mashqiga tayyorgarlik kalendar rejaga muvofiq amalga 
oshiriladi. Reja ixtiyoriy ravishda tuziladi, uni rahbariyat shtabi boshlig‗i imzolaydi 
va o‗quv mashqi rahbari tasdiqlaydi. 
O‗quv mashqini o‗tkazish uchun rahbarning ko‗rsatmalari asosida quyidagi 
hujjatlar tayyorlanadi: 
- o‗quv mashqini o‗tkazish rejasi; 
- tashkiliy ko‗rsatmalar; 
- o‗rinbosar va yordamchilar (vositachilarning shaxsiy rejalari; 
- ta‘minot rejasi (moddiy-texnik, aloqa, taqlid, komendantlik xizmati va 
boshqalar); 
- xavfsizlik choralari bo‗yicha yo‗riqnoma. 
O‗quv mashqini o‗tkazish va uning mavzusiga, o‗quv maqsadlari va miqyosiga 
bog‗liq bosqichlar bo‗yicha rejalashtiriladi. Har bir bosqich harakatning ma‘lum bir 
davrini qamrab olgan masalalarni o‗z ichiga olishi kerak. Masalan, o‗quv mashqi 
rahbariyati tarkibiga tabiiy ofat yoki texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir 
bo‗lgani haqidagi xabarni yetkazish bilan boshlanishi mumkin. 
Bu bosqichda favqulodda vaziyatlar bo‗limi, xizmatlar va tuzilmalarga xabar 
berish va shtabda shoshilinch ko‗riladigan masalalar ishlab chiqiladi. Boshqaruv joyi 


179 
tashkil etiladi, muhofaza inshootlari tayyor holga keltiriladi, agar zaruriyat bo‗lsa, u 
holda shaxsiy muhofaza vositalari beriladi, obyekt barqarorligini oshirish bo‗yicha 
tadbirlar hamda ―FVlarning oldini olish va bartaraf etishda harakat qilish rejasi‖da ko‗zda 
tutilgan tadbirlar amalga oshiriladi. 
Keyingi bosqichda (o‗quv mashqi maqsadiga muvofiq) ishlab chiqarishni halokatsiz 
to‗xtatish, avariya oqibatlarini kamaytirish, ishchi va xizmatchilarni qisman 
evakuatsiya qilish, korxonada qolayotganlarni muhofaza qilish, tuzilmalarni to‗la 
tayyor holga keltirish masalalari ishlab chiqilishi mumkin. 
Uchinchi bosqichda, avariya-qutqaruv xizmatlari va tuzilmalar tomonidan 
qidiruv-qutqaruv ishlarini va jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‗rsatishni 
hamda FVlar oqibatlarini bartaraf etish masalalari hal etiladi. 
O„quv mashqini o„tkazish rejasi. O‗quv mashqi masalalarini ishlab chiqish ketma-
ketligini aniqlaydigan asosiy hujjat - o‗quv mashqini o‗tkazish rejasidir. 
Rahbar o‗quv mashqi rejasini tadbirlarning boshlanishidan kamida ikki hafta 
avval tasdiqdaydi. 
Korxona o‗quv mashqiga tayyorgarlik borasida tashkiliy ko‗rsatma rahbarning 
buyrug‗i sifatida rasmiylashtiriladi va ijrochilarga avvalroq (odatda o‗quv mashqi 
boshlanishidan bir oy avval) yetkaziladi. 
Sardorlarning ma‘ruzalaridan keyin tuzilmalar joylariga qaytgandan 
so‗ng rahbar o‗quv mashqini yakunlaydi. 
O„quv mashqini baholash mezoni. Vazifalariing tayyorlik darajasi, sifati va 
bajarilish samaradorligi, boshqaruv organi, xizmat va tuzilmalar ishining o‗quv 
mashqidagi faolligini baholash uchun o‗zini amalda oqlagan asosiy sifat va miqdor 
ko‗rsatkichlaridan foydalanish mumkin. 
Bulardan tashqari quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi kerak: 
- umumiy tashkilotchilik; 
- qabul qilingan qarorlarning to‗g‗riligi va maqsadga muvofiqligi; 
- o‗quv mashqi davomida yaratilgan hujjatlarning to‗liqligi va maqsadga 
muvofiqligi; 
- qarorlarning o‗z vaqtida yetkazilishi va ularning o‗z vaqtida bajarilishi; 
- hamkorlikni tashkil qilish va qo‗llab-quvvatlash; 
- xavfsizlik qoidalariga rioya qilish e‘tiborga olinishi lozim. 
Umumiy baho quyidagicha qo‗yiladi: 
- ―a‘lo‖ baho, agar 50 va undan ko‗p foiz ko‗rsatkichlar ‖a‘lo‖ga baholangan, 
25 % dan kam bo‗lmagani ―yaxshi‖ va ‖qoniqarsiz‖ baholar bo‗lmagan taqdirda; 
- ―yaxshi‖ baho, agar 50 % dan kam bo‗lmagan ko‗rsatkichlar ―a‘lo‖ va ―yaxshi‖ 
bahoga, qolganlari ―qoniqarli‖ baholangan bo‗lsa; 
- ―qoniqarli‖ baho, 65 % dan kam bo‗lmagan ko‗rsatkichlar ―qoniqarli‖ 
baholanganda. 
Ishlab chiqilgan hujjatlar sifatsiz yoki sifati past bo‗lganda, xizmat va 
tuzilmalar ishida tashkilotchilik bo‗lmaganda umumiy baho bir ballga pasayadi. 
O„quv mashqi muhokamasi. Xotima qism - muhokamani korxona rahbari 
shaxsan o‗zi o‗tkazadi. Rahbar muhokamaga oldindan tayyorlanishi kerak. Mashq 
davomida u daliliy ma‘lumotlar to‗playdi, o‗rinbosarlari va rahbariyat 
axborotlarini tiglaydi. 


180 
Muhokama oxirida rahbar o‗quv maqsadiga erishish darajasini aniqlaydi, har bir 
toifada o‗rgatilayotganlarning harakatlariga baho beradi va keyingi o‗quv jarayonlarida 
yoki qo‗shimcha mashg‗ulotlarda ochilgan kamchiliklarga barham berish borasida 
vazifalar qo‗yadi. 
Umumiy muhokamadan so‗ng o‗rinbosar va yordamchilar xizmat va 
tuzilmalar, qidiruv-qutqaruv bo‗linmalari (agar ular jalb etilgan bo‗lsalar) bilan 
shaxsiy muhokama o‗tkazadilar. 
Obyektda o‗quv mashqi natjalari asosida kamchiliklarni bartaraf etish tadbirlari 
rejasi tuziladi, ―FVlarni oldini olish va bartaraf etishda harakat qilish rejasi‖ va ―FM 
rejasi‖ga zarur tuzatishlar kiritiladi, mashq yakuni bo‗yicha FM boshlig‗ining 
buyrug‗i chiqariladi. O‗quv mashqida xavfsizlik choralarini tashkil qilish va 
ta‘minlash uchun rahbar javobgardir. U xavfli joylarda komendantlik (tartibga 
solish) xizmatini joriy etish, yong‗inlar, vayronalar, kommunal-energetika 
tarmoqlaridagi avariyalarni taqlid qilish, bu uchastkalarni to‗sib (qurshab), 
belgilab qo‗yishi shart. Mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda o‗tkazilishi 
kerak bo‗lgan o‗quv mashqida xavfsizlik choralari bo‗yicha yo‗riqnoma ishlab 
chiqilib, barcha shaxsiy tarkib tomonidan uning o‗rganilishini tashkil etishi shart. 
Xavfsizlik choralariga rioya etish uchun javobgarlik o‗quv mashqida 
qatnashayotgan tuzilmalar sardorlari zimmasiga yuklanadi. Ular shaxsiy tarkib bilan 
yo‗riqnomani o‗rganishlari, xavfli hududlarni (joylarni) belgilash tartibini 
ko‗rsatishi, texnika va transport vositalarining soz holatda ekanligiga ishonch 
hosil qilishlari shart. 
O„quv mashqida quyidagilar ta‟qiqlanadi: 
- xavfli taqlid vositalari va boshqa buyumlarni transportda odamlar bilan 
birgalikda tashish; 
- nosoz texnikani ishlatish; 
- troslarga chiqish, ko‗tarma kranlarning o‗qi ostida, ekskavatorlarning 
cho‗michlari ostida turish, vayronalarda muhandislik texnikasi ishlayotgan paytda 
u yerda turish; 
- ―jabrlanganlar‖ belgisi qo‗yilgan hududga shaxsiy tarkib va texnikani 
joylashtirish; 
- bekatlarda chap tomonga chiqish, mashinalar o‗rtasida turish va ular 
ostida dam olish, yonilg‗i moddalar solingan idishlar oldida chekish; 
- shaxsiy tarkibdan va tez alangalanadigan materiallardan 50 metrgacha 
masofada tutun beradigan shashkalar yoqish va taqlid granatalarini portlatish; 
- tutun bilan to‗la binolarga gazniqobsiz, gazdan muhofazalovchi komplektsiz 
kirish;
- mashinalar va ularning atrofini sinchkovlik bilan tekshirmay, mashinalar 
dvigatelini ishga solish va yurgizish; 
- shaxsiy tarkib joylashgan joyda hamda yengil alangalanuvchi moddalar 
yo‗nalishida portlovchi paketlar tashlash, yorituvchi va signal raketalarini 
o‗chirish; 

tegishli tashkilotlar bilan kelishmay, yer qazish ishlarini olib borish; 
- tekshirilmagan manbalardan olingan, qaynatilmagan suvni ichish. 
Tuzilmalarning sardorlar tarkibi avariya-qutqaruv va boshqa shoshilinch 


181 
ishlarni olib borishda xavfsizlikni ta‘minlash uchun quyidagi tadbirlarni o‗tkazishi 
shart: 
- bajariladigan ishlar hududini sinchkovlik bilan tekshirib chiqish; 
- mexanizatsiya vositalari, elektr uskunalar, portlovchi moddalar va 
yong‗indan xavfli vositalar bilan ishlaganda texnika xavfsizliga borasida amaldagi 
ko‗rsatma (yo‗riqnoma) qoidalariga qat‘iy rioya etish; 
- qulab tushishi xavfi bo‗lgan bino va inshootlar konstruksiyalarini 
mustahkamlash yoki ag‗darib tashlash; 
- ishlar olib borilayotgan joylarga ogohlantiruvchi (signal beruvchi) belgilar 
o‗rnatishni amalga oshirish; 
- o‗quv mashqi boshlangunga qadar muhandislik texnikasi hisoblarida 
muhofaza vositalarida ishlash mashqlarini o‗tkazish. 

Download 6,38 Mb.
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish