Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

 
Qisqacha xulosa 
1. Qutqarish va kechiktirib bo‗lmaydigan ishlarni tashkil etish, olib borish va 
bu ishlarga jalb etiladigan kuch va vositalar – FMining asosiy vazifalari. 
2. Qutqarish va boshqa kechiktirib bo‗lmaydigan ishlar quyidagi maqsadlarda 
o‗tkaziladi: odamlarni qutqarish va shikastlanganlarga tibbiy yordam ko‗rsatish; 


169 
yong‗inlar, falokatlarning kengayishiga yo‗l qo‗ymaslik va kommunal energetika 
hamda texnologiya tarmoqlaridagi buzilgan joylarni bartaraf etish; iqtisodiyot 
obyektlarda bundan keyingi bo‗ladigan tiklash ishlarini o‗tkazish uchun sharoitlar 
yaratish. 
3. Qutqarish ishlarining mazmuni: tuzilmalarning harakat yo‗nalishlari va ish 
uchastkalarini qidirish; tadbirlarni amalga oshirish uchastkalarida va ularga o‗tish 
yo‗llarida yong‗inning kengayishini oldini olish va uni o‗chirish; buyumlar, qulagan 
va yonayotgan binolarda, gaz va tutun bosgan xonalardan shikastlanganlarni qidirish 
va olib chiqish; buzilgan, shikastlangan, ustini uyumlar bosib qolgan inshootlarni 
ochish va ulardagi odamlarni qutqarish; shakastlanganlarga birinchi tibbiy yordam 
ko‗rsatish, ularni davolash muassasalariga olib borish; odamlarni kuchli ta‘sir etuvchi 
zaharli modda (KTZM) bilan zararlangan xavfli joylardan, suv bosadigan zonalardan 
xavfsiz joylarga olib chiqish. 
4. KTZM va radioaktiv avariyalar yuzaga kelishi ehtimoli tug‗ilishi bilan 
qilinadigan ishlar: fuqarolarni xavf to‗g‗risida turli vositalar yordamida ogohlantirish; 
qisqa va aniq holda nima qilish kerakligini tushuntirish; qaysi tomonga, qachon 
harakat qilish lozimligini aytish va zaharli bulutlar haqida tushuntirish (bulut 
yo‗nalishi); maxsus vosita bo‗lmagan vaqtda paxta-doka bog‗lami tayyorlab, uni 2% 
sodaning suvdagi eritmasida shimdirib (agar zahdrli modda - xlor bo‗lsa) yoki 5% 
limon kislotaning suvdagi eritmasiga shimdirib (agar zaharli modda ammiak bo‗lsa) u 
bilan nafas olish yo‗lini to‗sib, ko‗rsatilgan yo‗nalishga harakat qilish kerak. 
5. Qisman maxsus ishlov o‗tkazish quyidagilardan iborat shaxsiy tarkibga 
qisman sanitariya ishlovi o‗tkazish, qurol-yarog‗ni texnikani dezaktivatsiya
degazatsiya va dizenfeksiya qilish. Qisman maxsus ishlov o‗tkazishni odatda harbiy 
bo‗linma yoki qism oldiga qo‗yilgan jangovor vazifa to‗xtatilmasdan, boshliqning 
buyrug‗i asosida yoki har bir harbiy xizmatchi mustaqil ravishda o‗ziga va bir-biriga 
o‗tkazadi. 
6. Birinchi tibbiy yordamni mumkin qadar tez va qisqa fursatlarda ko‗rsatish 
kasallik va shikastlanishlarning keyinchalik qanday o‗tishi, oqibati nima bilan 
tugashi, ba‘zan shikastlanganlarning hayotini asrab qolish uchun nihoyatda muhim 
ahamiyatga ega. 
7. Qon ketishi - shikastlangan tomirlardan tashqariga qon chiqib turishi
tushuniladi. Bunday holat birlamchi yoki ikkilamchi bo‗lishi mumkin. Tomirlar 
shikastlanganidan keyin o‗sha zahotiyoq qon oqa boshlashi birlamchi qon ketishi 
deyilsa, oradan birmuncha vaqt o‗tgach, qon keta boshlashi ikkilamchi kon ketishi 
deyiladi. Shikastlangan tomirlarning turiga qarab, arteriya, vena, mayda qon tomirlari 
kapillyarlardan qon ketishi mumkin va paranximatoz qon ketishi ham tafovut 
qilinadi. 
8. Suyak sinishlarnniig asosiy belgilari: suyak singan joyning og‗rib, shishib 
ketshi, qontalash bo‗lishi, uning g‗ayritabiiy holatda beso‗naqay harakatlanishi, qo‗l 
yoki oyoq faoliyatining buzilshi.
9. Badanini sovuq urgan odamga birinchi tibbiy yordam ko‗rsatishda, avvalo, 
uni issiq binoga olib kirish, iloji bo‗lsa, issiq suvli vannaga tushirish, unga issiq choy, 
qahva ichirish zarur. Keyin ho‗l kiyimi va poyabzali mumkin qadar tezroq qurug‗iga 
almashtiriladi. 


170 
10. Zaharlanish biror zaharli kimyoviy moddaning me‘da-ichak, nafas yo‗llari 
orqali organizmga kirgani, teridan so‗rilgani, teri osti, mushaklar orasi yohud vena 
qon tomiriga yuborilganida sodir bo‗ladigan kasallik holatidir. 

Download 6,38 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish