Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

Kuyish. Kuyish deb, to‗qimalarning yuqori harorat, kimyoviy moddalar, 
nurlanish hamda elektr toki ta‘sirida shikastlanishiga aytiladi. Kuyishning kelib 
chiqishi sababiga ko‗ra, termik, kimyoviy, nur hamda elektr toki ta‘siridagi kuyish 
turlari qayd etiladi. Badan terisi va shilliq pardalarga radioaktiv moddalarning 
tushishi
oqibatida radiatsion kuyish, yaralar ham paydo bo‗ladi. 
Qaynoq suv va turli issiq suyuqliklardan kuyishda eng yuqori harorat 
100°Cdan oshmaydi va qisqa vaqt ta‘sir etadi. Shuning uchun ham bunday holatlarda 
yuza kuyishlar ro‗y beradi. Issiq bug‗dan kuyganda esa, jarohat asosan teri yuzasida 
sodir bo‗ladi. Kuyishlar issiq va yelimsimon yopishqoq moddalar (issiq yelim, bitum 


157 
va boshqalar) tasirida ham yuz berishi mumkin. Bunday issiq massalar badanga 
yopishib, uzoq vaqt mobaynida jarohatning tubidagi to‗qimalarga ham salbiy tasir 
ko‗rsatadi. 
Shuningdek, yong‗in ta‘sirida kelib chiqadigan kuyishlar eng og‗ir 
shikastlanishlar turkumiga kiradi. Bunday holatlarda kuygan kishining nafaqat kiyim-
boshi, balki teri, suyak to‗qimalari, hatto ichki a‘zolari ham kuyib, jarohat yanada 
kengayishi va ahvolni jiddiylashtirishi mumkin erigan metallar ta‘siridagi kuyishlar 
ham chuqur jarohatlanishlardan bo‗lib, bunda faqat teri emas, balki teri ostidagi 
biriktiruvchi to‗qimalar, paylar, mushaklar, hatto suyaklar ham qattiq shikastlanadi. 
Barcha turdagi quyuq yaralarning nechog‗lik og‗ir yoki yengil kechishi 
to‗qimalarning qanchalik chuqur zararlanganligi hamda kuygan yuzaning katta-
kichikligiga bog‗liq. Shunga ko‗ra, kuyish darajasi to‗rt xil bo‗ladi: 1-yengil, 2-
o‗rtacha og‗ir, 3-og‗ir va 4-juda og‗ir. 
1-darajali kuyishda teri yuzasi qizaradi, shishadi, qattiq og‗riydi. 
2-darajali kuyishda sariq suyuqlik yig‗ilgan pufakchalar paydo bo‗ladi. Agar 
pufakchalar yorilgan bo‗lsa, barmoq bilan bosilganda to‗q pushti rangli suyuqlik 
chiqib, teri yuzasi qattiq og‗riydi. 
3-darajali kuyish esa, terining butun qatlami nobud bo‗lishi bilan ifodalanadi. 
Bu darajadagi kuyishda ham teri yuzasida pufakchalar bo‗ladi, ammo ulardagi 
suyuqlik qon rangida, gemorragik tusdadir, xolos. Ba‘zan jarohat yuzasida quruq, 
qalin sariq-qo‗ng‗ir tusdagi qasmoq hosil bo‗ladi, og‗riq sezilmaydi. 


158 
4-darajali kuyishda tering barcha qatlami va teri osti to‗qimalari, ba‘zan suyak 
ham kuyadi. Bunday holatda ham jarohat yuzasini qalin qasmoq egallaydi. 
Kuyishning 1,2 va 3-darajalarda jarohat o‗z-o‗zidan teri o‗sishi hisobiga bitadi, 
ammo ba‘zan 3 va ayniqsa 4-darajali kuyishlarni faqat jarrohlik yo‗li bilan davolash 
mumkin. 
Katta yoshdagi kishilarda kuygan joyning sathini aniqlashda ayniqsa 
jarohatlanganlar ko‗p bo‗lgan vaqtlarda ilmiy jihatdan to‗liq asoslangan ―To‗qqizlik 
qoidasi‖ va ―Kaft qoidasi‖ usullaridan foydalanish mumkin. 
―To‗qqizlik qoidasi‖ga binoan, har bir anatomik maydon sathi 9 % hisobidan 
olinadi. Masalan, bosh va bo‗yin qismi 9 %, har bir qo‗l 9 %, har bir oyoq 18 %dan, 
tananing old va orqa qismi 18 %daq chot va jinsiy a‘zolar sohasi 1 %. Bu foizlar 
ja‘mlab chiqilganida 100 %ni tashkil etadi. 
―Kaft qoidasi‖ga ko‗ra, katta yoshdagi odamning kaft sathi tana yuzasining 1,1 
%ga tengdir. Bolalarda kuygan teri sathini aniqlashda maxsus jadvaldan 
foydalaniladi, chunki bolalarda tananing har bir sohasi ularning yoshiga qarab 
o‗zgarib turadi. 
Shunday qilib, badanning 10-15 %dan ortiq qismi II Sh darajali kuyganda 
organizmning o‗ziga xos umumiy og‗ir holati, ya‘ni kuyish kasalligi paydo bo‗ladi. 
Bu esa, bemor nafas olish a‘zolarining shikastlanishi, ahvolining og‗irlashishi, 
ko‗pincha kuyish shoki boshlanishiga olib keladi. Bu holat kuygan odamning 
ahvolidagi ruhiy o‗zgarishlar, bezovtalik, ba‘zan befarqlik, qon bosimining dam 
ko‗tarilib, dam pasayishi, qon tomirlar tonusining susayishi, eng mayda qon tomirlar, 
ya‘ni kapillarlar o‗tkazuvchanlik qobiliyati oshishi, suyuqlikning atrofdagi 
to‗qimalar, teri yuzasiga chiqishi, qon kamayishi, uning quyilishi, jigar, buyrak, 
me‘da-ichak faoliyatining buzilishi, siydik kelmasligi bilan belgilanadi. Bunday holat 
2-3 kecha-kunduzgacha davom etishi mumkin. 
Kuygan odamga birinchi navbatda nimtatir qilib biroz osh tuzi qo‗shilgan iliq 
suv ichirish zarur. Kuygan odamga birinchi tibbiy yordam ko‗rsatishda, avvalo, uning 
ustidagi yonib turgan kiyim-boshini o‗chirish zarur. Buning uchun uning ustiga biror 
kiyim yoki ko‗rpacha, adyol yopiladi. Iloji boricha, tananing kuygan qismi kiyim-
boshdan xoli qilinadi. Kiyimning kuygan joyga yopishgan qismi o‗rnida qoldirilib, 
jarohatning atrofidagi mato asta qirqib olinadi. 


159 
Voqea sodir bo‗lgan joyda kuygan jarohatga bog‗lam qo‗yish mumkin emas. 
Agar kimyoviy kuyish ro‗y bergan bo‗lsa, zudlik bilan shikastlangan joy katta 
miqdordagi sovuq oqar suv bilan 10-15 daqiqa mobaynida yuviladi. Kuygan yara 
ustini quruq salfetka yoki steril mato bilan berkitish joiz. Kuygan jarohat ustiga biror 
dori-darmon ayniqsa, surtmalar, yog‗simon moddalar qo‗yish mumkin emas. 
Tananing katta qismi kuyib, yuzasi ko‗p zararlangan bo‗lsa, kuygan odamni 
toza choyshabga o‗rab, shokning oldini olish chora-tadbirlari (issiq choy, qahva, 
og‗riq qoldiradigan dorilar berish) ko‗riladi va tezda tibbiy muassasaga jo‗natiladi. 
Kuygan odamni tibbiy muassasaga jo‗natish vaqtida u albatta yotgan holatda 
bo‗lishi, uning sovuqda qolmasligi chorasini unutmaslik lozim. 

Download 6,38 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish