5.5. Suyak sinishi. Travmatik shok. Kuyish
Odam keskin harakatlar qilgani, zarb egani, balandlikdan sakrab yiqilganida
suyaklari sinishi mumkin. Suyaklarniig sinishi ochiq yoki yopiq bo‗ladi. Yopiq suyak
siniqlarida teri qoplamalarining yaxlitligi, butunligi buzilmaydi. Suyakning ochiq
siniqlarida esa, aksincha, singan joyda teri shikastlanib, jarohat bo‗ladi, suyaklarning
ochiq sinishi hayot uchun xavflidir, chunki jarohat orqali turli jonzotlar kirib,
organizmni zaharlaydi, ahvolni mushkullashtiradi.
Suyak sinishlarnniig asosiy belgilari: suyak singan joyning og‗rib, shishib
ketshi, qontalash bo‗lishi, uning g‗ayritabiiy holatda beso‗naqay harakatlanishi, qo‗l
yoki oyoq faoliyatining buzilishi. Suyak ochiq singan paytlarda jarohatda singan
suyak bo‗laklari ko‗rinib turishi ham mumkin.
Qo‗l oyoq suyaklari singanida bu a‘zolar odatdagidan kaltalashib, singan joyi
qiyshayib qoladi.
153
Ko‗krak qafasi shikastlanganda qovurg‗alarning sinishi oqibatida nafas olish
qiyinlashadi, paypaslab ko‗rilganda singan-qovurg‗a bo‗laklarining qirsillashi
(krepitatsiya) eshitiladi. Chanoq suyaklari va umrtqa pog‗onasi singan paytlarda
peshob kelishi qiyinlashadi, oyoq harakatlari buziladi. Bosh suyaklari singan
vaqtlarda esa, aksariyat quloqdan qon keladi. Suyaklarning sinishi og‗ir bo‗lgan
holatlarda travmatik shok kuzatiladi. Bu ayniqsa, suyaklar ochiq sinib, qon ketishi
bilan bog‗liq paytlarda uchraydi.
Suyak singanda ko„rsatiladigan birinchi tibbiy yordam. Suyak singan paytda
birinchi tibbiy yordam ko‗rsatishning eng asosiy sharti shikastlangan odamning
hayotini saqlab qolishga doir amal-usullarni tezkorlik bilan bajarish; qon tomirlardan
qon oqishini to‗xtatish; travmatik shokning oldini olish; jarohatga steril bog‗lam
qo‗yish va nihoyat, tabeldagi yoki qo‗l ostida bo‗lgan barcha vositalardan oqilona
foydalanib, singan suyakni taxtakachlash, ya‘ni immobilizatsiya qilishdir.
Immobilizatsiyadan ko‗zlangan asosiy maqsad - singan joydagi suyaklarni
o‗rnidan siljitmaslik, qimirlamaydigan qilishdir. Bunday holatda og‗riqlar kamayadi,
tavmatik shokning oldi olinadi. Suyak singanda o‗sha joy yaqnndagi ikkita bo‗g‗im
(singan joyning yuqori va pastidagi)ni maxsus shinalar yoki qo‗l ostida bo‗lgan
vositalar yordamida taxtakachlab qo‗yish shart. Shundan keyingina shikastlangan
odamni bexavotir bir joydan ikkinchi joyga siljitish, ko‗chirish mumkin. Buni
hayotda transplort immobilizatsiyasi deb ataladi.
Transport shinalarining asosiy turlari: shotisimon va to‗rsimon qilib ishlangan
metall shinalar; faneradan ishlangan shinalar, Diterexsning yog‗ochdan tayyorlangan
maxsus shinasi.
Shotisimon shinalardan foydalanganda ularning kerakli uzunlikdagi bir nechasi
tanlab olinadi va tananing qaysi qismiga qo‗yilishiga qarab shakli moslanadi
(shikastlangan tomondan emas, tananing sog‗lom tomonidan andaza olinadi) va
nixoyat, kiyim-bosh ustidan qo‗l yoki oyoqqa bog‗lab qo‗yiladi. Faner shinalar yengil
har xil kattalikda bo‗lganidan ularga ma‘lum bir shakl berib bermaydi. Shunig uchun
ham ularning ostiga paxta qo‗yilib, qo‗l yoki oyoqqa bint, doka bilan bog‗lanadi.
Immobilizatsiya uchun fanera bo‗laklari, tayoqchalar, yupqa taxtalar, qattiq
karton qog‗oz, shuningdek, turli uy-ro‗zgor buyumlari, singan joyni qi-
mirlatmaslikka yaraydigan boshqa narsalardan ham keng foydalanish mumkin.
154
Shunday qilish zarurki, biror jarohatga bog‗lam qo‗yib, uni bog‗lash va immo-
bilizatsiya qilish jarayonida singan suyak bo‗laklarshing o‗rnidan siljib qolishi hamda
yopiq holatdagi siniqning ochik siniqga aylanishiga yo‗l qo‗ymasli kerak.
Qaysi suyak qay tariqa singan bulmasin, ularni maxsus shinalar yoki qo‗l
ostidagi mavjud vositalar bilan immobilizatsiya qilish oqibatida tananing
shikastlangan qismlari transportda tashish vaqtida fiziologik jihatdan qulay holatda
bo‗lsin va zarracha ozor chekmasin.
Kalla suyaklari singan paytlarda aksariyat bosh miya ham zararlanadi. Odam
behush bo‗ladi. Bunday holatlarda dastlab shikastlangan kishining butun tanasi
ko‗zdan kechiriladi. Shundan so‗ng uni zambilga qornini pastga qilib yotqizish, boshi
ostiga (yuziga) o‗rtasi yumshoqroq to‗shama yoki paxta-dokadan tayyorlangan
chambarak qo‗yish lozim.
Jag‗ suyaklarining ustki va pastki sohalari shikastlangan paytlarda esa,
sopqonsimon bog‗lam qo‗yish, shikastlangan odamning tili tomog‗iga tiqilib, nafas
yo‗lini berkitib qo‗ymasligi uchun boshini yon tomonga burib qo‗yish lozim.
O‗mrov suyagi singanda kiftga paxta-dokadan tayyorlangan ikkita xalqa
solinib, ular orqadan tortib bog‗lanadi. Keyin qo‗l durracha bilan osib qo‗yiladi.
Qovurg‗alar singanda nafas chiqarilgan holatda ko‗krak qafasi bint bilan qattiq
bog‗lanadi yoki ko‗krak qafasini sochiq bilan tortib, sochiqning uchlari tikib
qo‗yiladi.
Qo‗l va oyoq suyaklarining sinishi boshka suyaklarning sinishiga nisbatan ko‗p
uchraydi. Barmoq falangalari va panja suyaqlari ochiq singanda jarohatni steril
bog‗lam bilan bog‗lash, barmoqlar yarim bukilgan holatda bo‗lishini ta‘minlash
maqsadida qo‗l kaftiga doka(bint) bilan o‗ralgan qattiqroq paxta bo‗lagi solinadi.
Bilak, qo‗l panjasi va barmoqlarga fashra, karton yoki shotisimon shina qo‗yib, qo‗l
durracha bilan osib qo‗yiladi.
Bilak suyaklari singanda qo‗lni tirsak bo‗limidan to‗g‗ri burchak ostida asta
bukib, kaftini ko‗krak tomonga burish va shu holida shina yoki qo‗l ostidagi mavjud
vositalar yordamida qimirlamaydigan qilib bog‗lash lozim.
Shina barmoqlarning ostidan to yelkaning yuqoridagi uchdan bir qismigacha
yetkazib qo‗yiladi. Keyin qo‗l durracha bilan bo‗yinga osib qo‗yiladi.
Yelka bo‗gimi shikastlanganda yelka suyagi singanda shotisimon shina yoki
qo‗lostidagi mavjud vositalar bilan immobilizatsiya qilinadi. Bunday holatda avval
shinani tirsak bo‗g‗imidan bukilgan, shikastlagan qo‗lga sog‗lom kurakdan
shikastlangan qo‗lning kafti orqali yelka va bar-moqlarning asosiga qadar yetadigan
qilib shinaning shakli, andozasi moslab olinadi. Keyin qo‗l durracha bilan bo‗yinga
osib qo‗yiladi yoki qo‗lni gavdaga bint bilan mahkam qilib bog‗lab qo‗yish ham
mumkin.
Oyoq panjasi suyaklari singanda yoki boldir-panja bo‗g‗imi shikastlanganda
shotisimon shina yoki qo‗l ostidagi mavjud vosita, imkoniyatlar ishga solinadi.
Shinani avval oyoqning tagi va boldirining orqa yuzasidan uning yuqoridagi uchdan
bir qismi qadar yetkazib qo‗yish uchun moslab bukiladi. Keyin tovon suyagi
joylashadigan chuqurchaga paxta solinadi. Shundan so‗ng shinani oyoqqa
qo‗yiladigan va bintni boldirning pastdagi uchdan bir qismi bilan oyoq panjasidan
sakkizsimon o‗ramlar shaklida yurgizib, boldirning yuqoridagi uchdan bir qismigacha
155
gir aylantirib o‗raladi, shina mustahkamlanadi. Ammo oyoq panjasi boldirga nisbatan
to‗g‗ri burchak shaklida turadigan qilib bog‗lanishi zarur.
Fanera yoki yog‗och bo‗lakchalari bilan immobilizatsiya qilishda bu
yordamchi vositalarni boldirning yuqoridagi uchdan bir qismidan oyoq panjasining
ostigacha yetadigan qilib ikki yon tomondan, ya‘ni biri tashqi, ikkinchisi esa, ichki
tomondan qo‗yiladi, so‗ngra oyoq panjasi bint bilan mahkam qilib bog‗lanadi.
Bunday holatda ham yuqoridagi kabi yog‗och bo‗lakchalari suyakning zararlamasligi
uchun uning do‗mbaymalariga paxta yostiqchalar qo‗yiladi.
Boldir suyaklari singanda xuddi boldir panja suyaklari shikastlangani
holatidagidek ikki bo‗g‗im, ya‘ni boldir-panja va tizza bo‗g‗imlari qimirlamaydigan
qilib mustahkamlanadi. Shina yoki qo‗l ostidagi mavjud vositalar oyoq panjasidan
sonning yuqoriydagi uchdai bir qismigacha yetadigan bo‗lishi zarur. Mabodo,
immobilizatsiya qilish uchun shu atrofda biror yaroqlik vosita topilmasa,
shikastlangan oyoqni sog‗lom oyoqqa mahkam taqab, bog‗lab qo‗yish ham mumkun.
Son suyagining sinishi, ayniqsa ochiq sinishi, tering shikastlanib, jarohatlanishi
oqibatida ko‗p qon ketishi, shok holatiga tushish bilan kechadigan og‗ir jarayondir.
Bunday vaziyatlarda immobilizatsiya uchun mo‗ljallangan maxsus moslama,
Diterexs shinalaridan foydalanish qulaydir.
Son suyagi singanda qo‗llanadigan maxsus transport (Diterexs) shinasi
suriladigan uzun-qisqa ikkita ichki va tashqi planka, tovonga taqalib turadigan fashra
va burama tayoqchadan iborat.
Tashqi planka ichkisidan uzunroq bo‗lib, uni kerakli uzunlikkacha surib,
qo‗ltiq osti chuqurchasiga taqab qo‗yiladi. Ichki planka shikastlangan odamning
bog‗lab qo‗yilgan singan joyi va tanasi ustiga qo‗yib, mustahkamlanadi. Buning
uchun plankalar oyokdan 3 sm uzunroq bo‗lishi lozim. Oyoq osti, tovonga
qo‗yiladigan fanera bint bilan o‗ralib, oyoq panjasiga bog‗lanadi. Ikkala plankaning
uchlari oyoq. Tagiga taqalib turadigan faneraning sim tutqichiga kiritiladi va tashqi
plankaning pastki uchi ichkisi bilan tutashtiriladigan ko‗ndalang planka teshigiga
kiritiladi. Shina plankalari oyoq va tanaga bint bilan bog‗lanadi. So‗ngra burama
solib oyoq tortib qo‗yiladi.
Singan son suyagini immobilizatsiya qilish uchun qo‗l ostidagi mavjud
vositalardan foydalanilganida ular sonning ichki va tashqi yuzalari bo‗ylab, serbar
bint, kamar, sochiq, choyshab bilan ikkinchi sog‗lom oyoq va badanga mahkam qilib
bog‗lanadi. Bunday shikastlanishda nafaqat son suyagi, balki son-chanoq bo‗g‗imi,
son-tizza bo‗g‗imi, hatto boldir-panja bo‗g‗imi, tovon suyaklarini ham birgalikda
immobilizatsiya qilish, mustahkamlash zarur. Shuningdek, yuqorida nomlari aytib
o‗tilgan sohalardagi suyaklarning do‗mbaymalari, qo‗ltiq osti chuqurchasi va chov
atrofiga ham paxta bo‗laklari solish lozim.
Chanoq suyaklari singanda umurtqa pog‗onasi shikastlanganda shikastlangan
odamning ahvoli nihoyatda mushkul bo‗ladi. Chunki uning nafaqat chanoq suyaklari,
balki shu sohadagi ichki a‘zolari, xususan, yo‗g‗on va ingichka ichaklari, siydik qopi,
jinsiy a‘zolari ham shikastlanishi, qo‗l va oyoqlari ishlamasligi mumkin.
Shikastlangan odam ehtiyotkorlik bilan biror qattiqroq narsa (faner, taxta) ustiga tizza
bo‗g‗imlari bukilgan va kerilgan (qurbaqaga o‗xshash) holatda chalqancha
yotqizilishi, oyoqlari ikki tomonga tizzalari ostiga biror kiyim-bosh yoki adyol,
156
ko‗rpacha dumaloqlab qo‗yilishi shart. Aks holda shikastlangan odamning ahvoli
yanada og‗irlashishi mumkin.
Bosh shikastlanganda kalla suyagi, bosh miya zararlanishi mumkin. Bunday
holatda bosh miya lat yeyishi, chayqalishi (silkinishi) qayd etiladi. Bosh miya lat
yegaynda odam es-hushini yo‗qotmay, boshi og‗rib, ko‗ngli aynib, ba‘zan, qusib,
behuzur bo‗lishi mumkin.
Bosh miya kattiq chayqalganda, silkinganida odamning hushdan ketishi, boshi
aylanib, qattiq og‗rib, ko‗ngli aynib, ketma-ket qusishi qayd etiladi. Bunday
holatlarda shikastlangan odamga ko‗rsatiladigan birinchi tibbiy yordam, eng avvalo
uni tinch qo‗yish, boshiga sovuq narsa bosishdan iborat.
Qattiq zarb natijasida boshda umumiy kontuziya holati ro‗y berishi mumkin.
Bunda odam hushini yo‗qotishi, boshi aylanib gapira olmay qolishi, shuningdek,
qulog‗i og‗ir bo‗lib, ko‗z oldi xiralashuvi, xotirasi yo‗qolishi yoki susayishi mumkin.
Bunday og‗ir holatdagi shikastlanganni imkoni boricha tezroq tekis joyga yotqizish
kerak.
Paylarning cho‗zilishi ham odam nojo‗ya sakragani, qadam bosgani, yiqilgani
yohud og‗ir yuklarni ko‗targanida ro‗y berishi mumkin. Bunday holatlarda payi
cho‗zilgan bo‗g‗imda og‗riq paydo bo‗lib, shishadi, harakat cheklanadi. Birinchi
tibbiy yordam shikastlangan bo‗g‗imni bint bilan qattiq bog‗lab, ustiga sovuq narsa
bosishva harakatni cheklashdir.
Bazida bo‗g‗im ichki yuzalarining o‗rnidan siljishi, chiqishi, bo‗g‗im xaltasi
yirtilishi, paylar cho‗zilishi ham qayd etiladi.
Ko‗l-oyoqqa chiqishlarning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: bo‗g‗imning
og‗rishi, bu holatda harakatning cheklanishi, bo‗g‗im shaklining o‗zgarishi, qo‗l yoki
oyoqning kalta tortib, qayrilib, qandaydir holatda qimirlamay qolishi va h.k.
Chiqishlar umurtqalararo bo‗g‗imlarda ham ro‗y berishi natijasida umurtqa
pog‗onasi suyaklari o‗rnidan nari-beri surilishi oqibatida orqa miya ezilib, bosilib,
qo‗l-oyoq ishlamay qolishi, chanoq qismidagi a‘zolarning faoliyati buzilishi ham
mumkin.
Kuchli zarb, og‗izni katta ochib homuza tortash, esnash vaqtida ham ba‘zan
pastki jag‗ chiqishi ko‗p uchraydi. Bunday holatlarda pastki jag‗ni mahkam ushlab
turadigan bog‗lam qo‗yiladi.
Chanoq-son
tizza,
yelka
bo‗g‗imlari,
shuningdek,
umurtqalararo
bo‗g‗imlardagi suyaklar o‗rnidan chiqqani yoki siljiganida imkoni boricha
shikastlangan odamni kengroq taxta yoki eshik ustiga yotqizib, taxtakachlab,
og‗riqsizlantiradigan dori yuborib, yaqinroqdagi tibbiy muassasaga eltish lozim.
|