Qisman va to„la sanitariya ishlovi, uni o„tkazish tartibi




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

 
5.3. Qisman va to„la sanitariya ishlovi, uni o„tkazish tartibi. 
Shikastlanishlarda maxsus ishlov o„tkazish 
Qisman va to„la sanitariya ishlovi, uni o„tkazish tartibi. Qisman maxsus ishlov 
o‗tkazish quyidagilarni o‗q ichiga oladi: shaxsiy tarkibga qisman sanitariya ishlovi 
o‗tkazish, qurol-yadroni texnikani dezaktivatsiya, degazatsiya va dizenfeksiya qilish. 
Qisman maxsus ishlov o‗tkazishni odatda harbiy bo‗linma yoki qism oldiga qo‗yilgan 


143 
jangovor vazifa to‗xtatilmasdan, boshliqning buyrug‗i asosida yoki har bir harbiy 
xizmatchi mustaqil ravishda o‗ziga va bir-biriga o‗tkazadi. Bunda quyidagilar 
o‗tkaziladi: 
 zaharlovchi moddalar bilan zararlanganda ochiq qolgan teri qavatlari, 
formali kiyim-kechak, protivagazning yuz qismi tezlik bilan degazatsiya qilinadi. 
Bundan tashqari, shaxsiy tarkib jangovor vazifani bajarish vaqtida qurol-yadro va 
harbiy texnikaning ayrim qismlariga tegadi, shuning uchun shu joylarda ham 
degazatsiya qilinadi; 
 radioaktiv moddalardan zararlanganda kishining teri qavatlari, formali 
kiyim-kechak, qurol, aslaha-anjomlar, poyafzallar va shaxsiy himoya vositalari 
dezaktivatsiya qilinadi; 
 bakterial vositalardan zararlanganda kishining teri qavatlari (yuzi, bo‗yini, 
qo‗llari) dizenfeksiya qilinadi. 
Qisman sanitariya ishlovini o„tkazish tartibi. Zaharlovchi modda qo‗llanilgan 
vaqtda shaxsiy tarkib protivogazda va shaxsiy vositalarida bo‗lgan vaqtlarida 
kishining teri qavatlari va formali kiyim- kechagi shu zaharlangan o‗choqdan 
chiqqandan so‗ng degazatsiya qilinadi. 
Radioaktiv moddalardan zararlanganda dezaktivatsiya zararlanish sodir bo‗lgan 
vaqtdan so‗ng birinchi soatlarda o‗tkaziladi. Degazatsiya zararlanish o‗chog‗ida va 
shu o‗choqdan chiqqandan so‗ng takroran o‗tkaziladi. 
Radioaktiv zararlanish o‗chog‗idan chiqqandan so‗ng qisman sanitariya ishlovi 
quyidagicha o‗tkaziladi: shaxsiy qurol suvga ho‗llangan tamponlar bilan ikki marta 
artib dezaktivatsiya qilinadi, agar IDP-1 paketi bo‗lsa, ushbu degazatsiyalovchi paket 
yordamida ishlov o‗tkaziladi; individual himoya vositalari yechib, qoqib tashlanadi 
yoki ho‗llangan latta bilan artib chiqiladi; formali kiyim - kechak yechiladi va silkitib 
qoqiladi yoki supurib tashlanadi, bunda protivogaz yechilmaydi; aslaha - anjomlar va 
poyafzallar yechiladi va ho‗llangan latta bilan artib chiqiladi yoki qo‗l ostidagi 
vositalar bilan supuriladi. Odamning ochiq joylari qo‗llari, bo‗yini toza suv bilan 
yuviladi, so‗ngra protivogaz yechiladi, yuz suv bilan obdon yuviladi, og‗iz va tomoq 
chayiladi. 
Bakterial vositalardan zararlangan shaxsiy qurol, so‗ngra protivogazni 
yechmasdan formali kiyim-kechak, aslaha-anjom, poyafzal va shaxsiy vositalari 
silkitib qoqiladi va kimyoga qarshi shaxsiy paketdagi eritma yordamida qo‗llar, 
bo‗yin kaska va protivogazning yuz qismi artib chiqiladi. To‗liq sanitariya ishlovi 
o‗tkazilmaguncha protivogaz yechilmaydi. 
Shaxsiy tarkib bir vaqtning o‗zida zaharlovchi, radiaktiv moddalar va bakterial 
vositalardan zararlangan vaqtda kimyoga qarshi vosita yordamida ularga qisman 
sanitariya ishlovi o‗tkaziladi. Birinchi navbatda zaharlovchi moddalar degazatsiya va 
bakterial vositalar dizenfeksiya qilinadi, so‗ngra radiaktiv moddalar dezaktivatsiya 
qilinadi. 
To„liq maxsus ishlov va uni o„tkazish tartibi. To‗liq maxsus ishlov o‗tkazish 
quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
 shaxsiy tarkibga to‗lik sanitariya ishlovi o‗tkaziladi; 
 qurol-yaroq, texnika, formali kiyim kechaklar, poyafzallar, aslaha-anjomlar 
va shaxsiy himoya vositalari to‗lik dezaktivatsiya, degazatsiya va dezinfeksiya 


144 
qilinadi. To‗liq maxsus ishlov qo‗shinlar oldiga qo‗yilgan jangovar vazifa 
bajarilgandan so‗ng hamda jangdan chiqqandan so‗ng qism boshlig‗i (komandiri) 
buyrug‗i asosida o‗tkaziladi. To‗liq maxsus ishlov o‗tkazish harbiy qismlarning 
doimiy turar joylarida (yoki qo‗shinlar to‗plangan joylarda), harakat qilinayotgan 
kerak. Issiq suvni tejash maqsadida har bir dush setkasi (jo‗mragi) tagida ikki kishi 
yuvinishi kerak. Bunday holda har bir shaxsiy tarkibning yuvinishi uchun 38-40°Cli 
30-35 litr suv 30 gr sovun sarf bo‗ladi. Har bir smenaning yuvinishi uchun 30 daqiqa 
ajratiladi (5 daqiqa yechinish uchun, 15 daqiqa dush tagida yuvinish uchun va 10 
daqiqa kiyinish uchun). Bunda bir soatda to‗rtta smenani sanitariya ishlovidan 
o‗tkazishga erishiladi. 
Yuvinib chiqqan kishilarga o‗tkazilgan sanitariya ishlovi sifatini tekshirib 
ko‗rish uchun dozimetrik nazorat o‗tkaziladi. Zarurat bo‗lsa, ular yana orqaga 
qaytariladi va qaytadan yuvinib chiqadi. 
Kiyinish bo‗limida shaxsiy tarkib degazatsiya, dizenfeksiya qilingan yoki 
bo‗lmasa almashtirish fondidan toza formali kiyim-kechakni va ichki kiyimlarni 
oladilar, bundan tashqari, guvohnomalari va qimmatbaho narsalarini ham oladilar. 
Kiyinib bo‗lganlaridan so‗ng, ular shaxsiy qurollarini olib to‗planish rayoniga 
boradilar. 
Shaxsiy tarkibga sanitariya ishlovi o‗tkazilayotgan vaqtda batalyon feldsherlari 
va rota saninstruktorlari zarur bo‗lgan holda tibbiy yordam ko‗rsatadilar. 
DDA-66 markali dezinfeksion dush qurilmasi shaxsiy tarkibni to‗liq sanitariya 
ishlovidan o‗tkazish (dush ostida yuvinish) va formali kiyim kechak va shaxsiy 
himoya vositalarini, aslaha-anjomlarini dizenfeksiya yoki dezinseksiya kilish uchun 
mo‗ljallangan bo‗lib, dizenfeksiya yoki dezinseksiya bug‗-havo yoki bug‗-formalin 
yordamida o‗tkazilady. 
DDA-66 markali dezinfeksion dush qurilmasi uskunalari GAZ-66 markali 
avtomobil shassisiga o‗rnatilgan. Bu qurilma quyidagilardan iborat: bir-biriga bog‗liq 
bo‗lmagan holda ishlaydigan ikkita bir xil dizenfeksiya qiluvchi bug‗ formalin 
kamerasidan; yuqori bosimda ishlaydigan RI-3 bug‗ qozoni; qozoni ortidagi suv 
isitgich ostida joylashgan akkumulator, 6 ta setka mo‗ljallangan asbob uskunasi 
hamda qo‗l nasosi, bug‗ oqim elevator, truboprovod va boshqa shu kabi yordamchi 
qismlar bilan jihozlangan. 
Dezinfeksiya qiluvchi buyumlar kamera ichiga maxsus kiyim osgichlariga osib 
qo‗yiladi. Dizenfeksiya qilishda birinchi tomondagi eshik ochilib, narsalar osiladi, 
dizenfeksiya qilinganidan so‗ng ikkinchi tomondagi eshik ochiladi va narsalar 
chiqarib olinib toza joyga taxlaniladi. Dezinfeksion kameraning yuqori yon qismida 
formalin eritmasi purkab kirgizish uchun maxsus forsunka o‗rnatilgan. Kameraning 
pastki qismiga esa panjarli qo‗yiladi va bu yerdagi maxsus teshik orqali ishlab 
bo‗lingan issiq bug‗ chiqariladi. 
DDA-66 qurilmaning ishlash usuli quyidagicha: kishilarni yuvintirish uchun 
kerak bo‗lgan suv maxsus idishdan qo‗l nasosi yordamida bug‗ qozoniga beriladi; 
qozonda hosil bo‗lgan bug‗ sovuq suv bilan aralashadi va rezina naychalar yordamida 
dush setkalariga yetkaziladi, bunda bug‗larning bir qismi kameralarga ham 
o‗tkazilishi mumkin.


145 
Bir soat ichida DDA-66 (bir vaqtning o‗zida dizenfeksiya qilinganda) 40 
kishini yuvintirish va shuncha kiyimni dizenfeksiya qilish, qishda 28 kishini 
yuvintirish va shuncha kiyimni dizenfeksiya qilish imkoniga ega. Bir soatda 56 kishi 
yuvinishi mumkin. 
DDP-2 markali dezinfeksion dush qurilmasi dala sharoitida shaxsiy tarkibni 
to‗liq sanitariya ishlovidan o‗tkazish (dush ostida yuvintirish) va formali kiyim-
kechaklar, poyafzallar, aslaha-anjomlar va shaxsiy himoya vositalarini dizenfeksiya 
qilish uchun mo‗ljallangan. Dezinfeksion dush qurilmasi uskunalari ZIL-130 markali 
avtomobil shassesiga o‗rnatilgan. Ishlash usuli DDA-66 asbobidan farq qilmaydi. 
Dezinfeksion kameraning hajmi 2,5 m ni tashkil qiladi. Yozda - 6000 l, qishda - 5000 
l issiq suv ishlab chiqaradi. Bir soat vaqt ichida DDA-2 yozda  144 kishini, qishda  69 
kishini gigiyenik yuvintirish imkoniyatiga ega; gigiyenik yuvintirish va formali kiyim 
- kechaklarni dizenfeksiya qilish yozda  96, qishda 72 yuvintirish va formali kiyim — 
kechaklarni dezinseksiya qilish, yozda 144, qishda  80 kishini qabul qiladi. 

Download 6,38 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Qisman va to„la sanitariya ishlovi, uni o„tkazish tartibi

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish