5.2. Zararlanish o„chog„ida kechiktirib bo„lmaydigan ishlarni tashkil etish va olib borish xususiyatlari (AES va kimyoviy obyektlarda) KTZM (kuchli ta‘sir etuvchi zaharli modda), radiatsiyali va boshqa zaharli
moddalar bilan bog‗liq FVlar sodir bo‗lish ehtimoli mavjud tashkilot, muassasa va
korxonalarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
radiatsiyali xavfsizlikni ta‘minlash dasturini ishlab chiqish va amalga
oshirish;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanilganda fuqarolar olgan
nurlanishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat
tizimini yaratish;
KTZM va radiatsiyali ta‘sir tufayli fuqarolar sog‗ligiga zarar yetkazilishi
xavfi yuqori bo‗lgani uchun to‗lanadigan tovon turlarini va miqdorini belgilab
chiqish;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish bilan bog‗liq faoliyat
turlarini belgilash;
tibbiy profilaktika tadbirlarini yaxshi yo‗lga qo‗yish;
radiatsiyali vaziyat va boshqa xavfli vaziyatlar xavfsizligini ta‘minlash
chora-tadbirlaridan fuqarolarni xabardor qilish;
fuqarolarga radiatsiyali xavfsizlik chora-tadbirlarini o‗rgatish;
radiatsiyali ifloslanish zonalarida fuqarolarni yashashiga doir alohida
rejimlar joriy qilish;
radiatsiyali avariyalar natijasida nurlanishga duchor bo‗lgan fuqarolarga
yordam ko‗rsatish;
radiatsiyali avariya yuzaga kelish xavfi bo‗lganda tezkor chora-tadbirlarni
tashkil etish va o‗tkazish.
KTZM va radiatsiyali xavfsizlik holatini baholash, xavfsizlikni ta‘minlash
tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish, mazkur tadbirlar samaradorligini tahlil
qilish chog‗ida mahalliy davlat hokimiyat organlari, radiatsiyali xavfsizlik sohasida
tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlari, shuningdek ionlashtiruvchi
nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar tomonidan olib borilishi zarur.
Radiatsiyali xavfsizlik holatini baholash quyidagi asosiy ko‗rsatkichlarni o‗z
ichiga oladi:
atrof muhit radioaktiv ifloslanishining tavsifi;
radiatsiyali xavfsizlik tadbirlarining hamda radiatsiyali xavfsizlik normalari
va qoidalari hamda gigiena normativining bajarilishi tahlili;
radiatsiyali avariyalar ehtimoli va ularning ko‗lami;
radiatsiyali avariyalar va ularning oqibatlarini bartaraf etishga tayyorgarlik
darajasi;
nurlanish dozalarining belgilab qo‗yilgan asosiy chegaradan yuqori bo‗lgan
nurlangan shaxslar soni.
Oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi hamda ularni
tayyorlash, saqlash, tashish jarayonida ularga yondosh bo‗ladigan materiallar va
buyumlar radiatsiyali xavfsizlikni ta‘minlash talablariga javob berishi kerak.
Kimyoviy va radiatsiyali xavfli inshootlar atrofida yashovchi aholi korxona
faoliyati haqida, undagi kuchli ta‘sir etuvchi zaharli va radioaktiv moddalar haqida
141
aniq ma‘lumotga ega bo‗lishlari kerak. Iqtisodiyot obyektlari, ishlab chiqarish
korxonalari, muassasalar va boshqa barcha obyektlarda FVlar sodir bo‗lganda
odamlarni xavfli hududdan olib chiqish sxemasini oldindan ishlab chiqish va obyekt
binolariga osib qo‗yish kerak.
Ayrim zaharli moddalar tasnifi