160
shikastlangan spirt, atir bilan artilgach, toza, quruq qo‗l bilan teri qizarguncha ohista
ishqalanadi, ustidan steril bog‗lam qo‗yiladi.
Suvga cho„kish (g‗arq bo‗lish) nafas olish yo‗llarining suyuqlikka, suvga to‗lib
qolishidir. Suvga cho‗kkan odamning nafas olish yo‗llari, ayniqsa bronxlari va
o‗pkasiga suv kirib
havo tanqisligi boshlanadi, natijada nafas olish, yurak faoliyati
to‗xtaydi. Bunday holatda odamni iloji boricha suvdan tezroq chiqarib olish, keyin
og‗zi bilan burnini balchiq va shilimshiqdan tozalash zarur.
Shikastlangan odamni
biror issiqroq mato, kiyim-bosh, adyol yoki choyshab bilan o‗rab, yordam berayotgan
kishining tizzasiga qorni bilan boshini pastga egib yotqiziladi, ko‗krak qafasiga
bosib, o‗pkasi bilan oshqozonidagi suv tashqariga chiqariladi. Shundan keyingina
shikastlangan odamni chalqancha yotqizib, sun‘iy nafas oldirish va yuragini bilvosita
uqalashga kirishiladi.
Bunday xatti-harakatlar shikastlangan odamning nafas olishi tiklanib, asli
holatiga keguncha davom etdiriladi. Mabodo amalga oshirilgan chora-tadbirlar nafsiz
bo‗lib, o‗limning obyektiv belgilari (ko‗z qora-chig‗lari
kengayib, yorug‗likni
sezmasa, yurak urmay, to‗xtab qolsa, tanada murda dog‗lari) paydo bo‗lsa,
organizmni qayta jonlantirish, tiriltiriy tadbirlari to‗xtatiladi.
Nafas olish bilan yurak faoliyati tiklangan taqdirda esa shikastlangan odamning
badanini isitish, unga issiq choy va qahva ichirish, zambilga yotqizib tezroq
yaqinroqdagi tibbiy muassasaga olib borish joiz.
Oftob urishi yoki issiq elitishi yuqori harorat ta‘siri natijasida ro‗y beradi.
Natijada shikastlangan odamning butun a‘zoyi badan haddan tashqari qiziydi,
boshi og‗riydi, quloqlar shang‗illaydi,
darmoni quriydi, ko‗ngli ayniydi, qayt qiladi.
Ba‘zan bemor alahlaydi, ko‗z qorachiqlari kengayadi, nafas olishi tezlashadi, tomir
urishi 140-160
gacha yetadi, hushidan ketadi. Bunday holatda bemorni asta joyga
olib, kiyimlarini yechish, boshini balandroq ko‗tarib o‗tqizish, orqasi bilan
suyanchiqqa suyab, yotqizish, boshiga va yurak
sohasiga sovuq narsa bosish,
novshadil spirti hidlatish, ko‗proq suyuqlik ichish, qahva ichirish kerak. Zaruratga
ko‗ra sun‘iy nafas oldirish va yurakni bilvosita uqalash usullari qo‗llaniladi.