Tomirlardan qon ketishi (oqishi) ning turlari




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

Tomirlardan qon ketishi (oqishi) ning turlari. Qon ketishi (oqishi) 
jarohatlarning bevosita hayotga xavf soluvchi eng xatarli asoratlaridan biridir. Qon 
ketishi deganda shikastlangan tomirlardan tashqariga qon chiqib turishi tushuniladi. 
Bunday holat birlamchi yoki ikkilamchi bo‗lishi mumkin. Tomirlar shikastlanganidan 
keyin o‗sha zahotiyoq qon oqa boshlashi birlamchi qon ketishi deyilsa, oradan bir 
muncha vaqt o‗tgach, qon keta boshlashi ikkilamchi kon ketishi deyiladi. 
Shikastlangan tomirlarning turiga qarab, arteriya, vena, mayda qon tomirlari 
kapillarlardan qon ketishi mumkin. Shuningdek, paranximatoz qon ketishi ham 
tafovut qilinadi. 
Qon ketis turlari 
Arteriyalardan qon ketishi o‗ta xavflidir. Chunki, bunda qisqa vaqt ichida 
organizmdan ko‗p qon oqib chiqadi. Arteriyalardan qon ketishi, chiqayotgan qonning 
avval qizil, qirmizi rangda bo‗lishi, uning xuddi favvoraday katta kuch va zarb bilan 
tashqariga otilishi bilan belgilanadi.
Venalardan qon ketganda arteriyadan farqli o‗laroq, rangi birmuncha to‗qroq 
bo‗lib, qon sekinlik bilan uzluksiz oqib turadi. Kapillarlardan qon ketishi teri, teri osti 
to‗qimasi va mushaklardagi mayda-mayda tomirlarning zararlanganida uchraydi. 
Kapillarlardan asta-sekinlik bilan qon sizib chiqqanida, jarohat yuzasi qip-qizil 
bo‗lib, tobora kengayib boradi.


149 
Parenximatoz qon ketishi ichki a‘zolar: jigar, taloq, buyrak, o‗pka 
zararlanganida qayd etiladi: Bu holat ham o‗z navbatida, inson hayoti uchun 
nihoyatda xatarli hisoblanadi. 
Qon ketishi ichki va tashqi bo‗lishi mumkin. Tashqi qon ketishida teri 
qoplamalari va ko‗zga ko‗rinib turgan shilliq pardalardagi jarohat orqali yoki 
bo‗shliqlardan tashqariga qon chiqib, oqib turadi. 
Ichki qon ketishida to‗qimalar, a‘zolar yoki bo‗shliqlar ichi qonga to‗la 
boshlaydi. To‗qimalarga quyilgan qon ularning orasiga singib, uni shishirib, 
kengaytirib yuboradi, infiltrat yoki qontalash paydo bo‗ladi. Qon to‗qimalar ichiga 
bir tekis singimay, ularni bir chetga surib qo‗yshi tufayli atrofi qon bilan cheklangan 
bo‗shliq yuzaga kelsa, buni gematoma deyiladi. 
Shikastlangan odamning, ayniqsa, bir yo‗la har xil shikastlangan odamning 
birdaniga 1-2 litr miqdorida qon yo‗qotishi uning o‗limi bilan ham tugashi mumkin. 
Qon ketishi (oqishi) ni vaqtincha to„xtatish usullari. Qon qay xilda ketayotgani 
(arteriya, vena yoki kapillarlardan)ga qarab, birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish vaqtida 
qanday vositalar ishga solinishiga ko‗ra, qon ketishi(oqishi) vaqtincha, yohud uzil-
kesil to‗xtatiladi. 
Arteriyadan tashqariga otilib chiqayotgan qonni vaqtincha to‗xtatish uchun 
rezina jgut yoki burama solish, qo‗l yoki oyoqni imkoni boricha qattiqroq bukilgan 
holatda bog‗lash, arteriyaning shikastlangan joyidan biroz yuqori qismini barmoqlar 
bilan bosish maqsadga muvofiqdir. 
Uyqu arteriyasi jarohatning quyi qismidan shu atrofdagi unga yaqinroq, qattiq 


150 
jism, ya‘ni suyakka barmoq bilan asta bosiladi. Umuman, arteriyalarni barmoq bilan 
uning yonidagi yoki ustidagi biror suyakka bosib turish qon oqishini vaqtincha 
to‗xtatishning eng qulay va oson tezkor usullaridan biri hisoblanadi. 
Boshdagi jarohatdan qon ketayotganida chakka arteriyasya bosh barmoq bilan 
quloq suprasining old tomonidagi chakka suyagiga bosiladi. Yuzdagi jarohatlardan 
qon ketayotganida pastki jag‗ arteriyasi jag‗ burchagiga bosiladi. Umumiy uyqu 
arteriyasi bo‗yinning oldingi yuzasida hiqildoqning yon tomonidan umurtqa 
pog‗onasi suyaklariga bosiladi. Avval bu bog‗lam tagidan shikastlangan arteriya 
ustiga pishiq qilib o‗ralgan bint, salfetka yohud paxta qo‗yiladi. 
Yelka bo‗g‗imi, yelkaning yuqoridagi uchdan bir qismi yoki qo‗ltiqosti 
chuqurchasidagi jarohatdan shikastlangan o‗mrov osti arteriyasi o‗mrov us-tidagi 
chuqurchada 1-qovurg‗aga bosiladi. 
Yelkaning o‗rtadagi yoki pastdagi uchdan bir qismi jarohatlanganda yelka 
arteriyasi yelka suyagining boshchasiga bosiladi, buning uchun yelka bo‗g‗imining 
ustki yuzasiga bosh barmoqni asta qo‗yib, qolgan barmoqlar bilan arteriya bosiladi. 
Yelka arteriasini ikki boshli mushak yon tomonida yelkaning ichki tarafidan yelka-
suyagiga bosiladi. 
Qo‗l panjasi arteriyalari shkastlanganda esa, bilak arteriyasi kaft usti sohasida 
bosh barmoq yonidan tagidagi suyakka bosiladi. Son arteriyasi (son arteriyasi o‗rta 
va pastki uchdan bir qismidan shikastlanganida) musht qilib tugilgan qo‗l bilan chov 
qismida qov suyagiga bosiladi. Boldir yoki oyoq panjasi qismidagi jarohatdan arterial 
qon oqayotganida taqim arteriyasi taqim chuqurchasi qismida siqilib qoladi, buning 
uchun qo‗lning bosh barmog‗i tizza bo‗g‗imining oldingi yuzasiga qo‗yiladi, boshqa 
barmoqlar bilan esa arteriya suyakka bosiladi. 
Oyoq panjasi ustki tomonidagi arteriyalarni ularning ostidagi suyaklarga 
bosish, keyin esa, oyoq panjasiga ustidan bosib turadigan bog‗lam qo‗yish zarur. 
Arteriyadan kuchli qon ketayotgan taqdirda boldir qismiga cho‗ziluvchan jgut 
qo‗yish yozim. Tomirni barmoq bilan bosib, qon oqishi vaqtincha to‗xtatilgandan 
so‗ng, imkoniyati bor joylarga tezkorlik bilan jgut yoki burama solish va jarohatni 
steril bog‗lam bilan bog‗lab qo‗yish darkor. 
Qo‗l-oyoqlarning yirik arterial tomirlari shikastlangan paytlarda jgut yoki 
burama solish qonni vaqticha to‗xtatishning eng ma‘qul va asosiy usuli ekanligini 


151 
unutmaslik kerak. 
Jgutni son-boldir, yelka va bilak qismlariga jarohatga yaqinroq qilib, ammo 
qon oqayotgan joydan biroz yuqoriga solish lozim. Bunday holatda jgut ostidagi teri 
qisib, og‗ritmaslik maqsadida uni yengilroq kiyim ustidan yoki uning tagiga 
yumshoqroq narsa (sochiq, bint) qo‗yish bilan amalga oshirish zarur. Jgut haddan 
tashqari katta kuch bilan tarang qilib solinsa, uning ostidagi nozik to‗qimalar, 
ayniqsa, asab tomirlari ezilib, shikastlanishi mumkin. Agar jgut yetarli darajada 
tarang qilinmay, bo‗sh tortilsa, arteriyadan qon ketishi davom etadi. Bu esa, qo‗l 
yoki oyoqdagi qonni teskari yo‗nalishda olib ketayotgan vena qon tomirlarining 
qisilgani alomatidir. 
Shikastlangan qon tomir ustiga jgut qo‗yilgan vaqtning kuni, soati, daqiqasi 
qog‗ozga aniq va ravshan yozilib, odatda uni ko‗zga yaqqol tashlanib turadigan joy, 
jgut ostiga qistirib qo‗yiladi. Lekin, ob-havoning turli sharoitlarida, qolaversa yo‗lda 
bu qog‗oz parchasining ivib, yirtilib yoki yo‗qolib qolmasligi uchun bu ma‘lumotlar 
pastali qalam bilan o‗sha qo‗yilgan jgut yoki to‗g‗ridan-to‗g‗ri yaradorning terisiga 
yozilgani ma‘qul. Shuni unutmaslik lozimki, qo‗yilgan jgut qo‗l yoki oyoqda uzoq 
vaqt nazoratsiz qolishi mumkin emas. Aks holda jgut qo‗yilgan joydan pastki 
qismdagi to‗qimalar nobud bo‗lishi mumkin. Ma‘lumki, jgut yoz paytlarida uzog‗i 
bilan 1,5-2 soat, qish paytlarida esa, 1-1,5 soat muddatga qo‗yilishi shart.
Belgilangan muddatdan so‗ng agar yana bu holat davom etishi zarur bo‗lsa, 
arteriyani barmoq bilan asta bosib turib, tomir urishini tekshirib turgan holda jgutni 5-
10 daqiqaga bo‗shatib, avvalgi joydan sal yuqoriroq yoki pastroqqa yana qaytadan 
solish lozim. Keyin jgutning qaytadan qo‗yilgan vaqti alohida qayd etiladi. Jgut 
bo‗lmagan holda arteriyadan qon oqishini burama solish yoki qo‗l-oyoqni mumkin 
qadar ko‗proq bukib, shu holatda mahkam qilib bog‗lab qo‗yish bilan ham to‗xtatish 
mumkin. 
Burama solib oqayotgan qonni to‗xtatish uchun tizimcha, dumaloq qilib 
o‗ralgan ro‗molcha, gazlama va boshqa narsalardan foydalanish mumkin. Lekin 
elektr yoki telefon simlarini bu maqsadlarda aslo ishlatmaslik zarur. Oddiy belbog‗, 
kamar yoki bo‗yinbog‗dan jgut o‗rnida foydalanish ham mumkin. Lekin ular 
qo‗shqavat qilib sirtmoq shaklida qo‗l yoki oyoqqa solinishi lozim. 
Vena va kapillarlardan tashqariga sizib chiqayotgan qon oqishini vaqtincha 
to‗xtatish uchun jarohatni bosib turadigan steril bog‗lam qo‗yish va badanning 


152 
shikastlangan qismini tanaga nisbatan biroz yuqoriroq holatga keltirish ham kifoya. 
Ba‘zan, bu holat qon ketishini uzil-kesil to‗xtatish uchun yetarli bo‗lishi mumkin. 
Arteriya va vena qon tomirlaridan ketayotgan qon oqishini uzil-kesil to‗xtatish 
jarrohlik usullari bilan amalga oshiriladi. 
Agar qaysidir ichki a‘zolardan qon ketayotgani taxmin yoki shubha qilinsa, 
darrov o‗sha sohaga muz solingan xaltachalar qo‗yish, shikastlangan odamni iloji 
boricha tezlik va ehtiyotkorlik bilan zambilga yotqizib yaqinroqdagi tibbiy 
muassasaga yetkazish zarur. 

Download 6,38 Mb.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tomirlardan qon ketishi (oqishi) ning turlari

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish