Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

Shikastlanishda maxsus ishlov o„tkazish. Zararlangan joylarda yaralangan va 
zararlangan shaxsiy tarkibga birinchi yordam ko‗rsatishda dastlab ularga protivogaz 
kiydiriladi va kerakli bo‗lgan tibbiy yordam ko‗rsatiladi, so‗ngra ularga qisman 
sanitariya ishlovi o‗tkaziladi. Chunki, chidamli 
zaharlovchi moddalar kishi tanasiga tushganda 
tezlik bilan teriga suriladi va organizmga 
tarqalib 
kishining 
zaharlanishini 
keltirib 
chiqaradi. Shu sababli sanitariya ishlovini 
mumkin qadar tezlik bilan o‗tkazish kerak. 
Odatdagi sharoitda, zaharlovchi modda teriga 
tushgandan 5-10 daqiqa o‗tguncha degazatsiya 
qilinish kerak, bu muddatdan keyin degazatsiya 
o‗tkazishdan foyda bo‗lmaydi. 
Qisman sanitariya ishlovini zararlangan 
o‗choqlarda shaxsiy tarkib o‗ziga va o‗zaro 
(bir-biriga) yoki rota saninstruktorlari IPP – 8 kimyoga qarshi paket (IPP –9, IPP – 
10) yordamida o‗tkazadi. Bundan keyin batalyon tibbiy punktiga evakuatsiya 
qilinadi. Bu yerda ham qisman sanitariya ishlovi o‗tkaziladi va brigada tibbiy 
rotasida evakuatsiya qilinadi. Bu bosqichda shifokor birinchi va malakali tibbiy 
yordam ko‗rsatadi. Tibbiy yordamni ko‗rsatishda ularning umumiy ahvoliga qarab, 
qisman yoki to‗liq sanitariya ishlovi o‗tkazish kerak bo‗ladi. Shuning uchun shu 
bosqichda maxsus ishlov o‗tkazish bo‗limi tashkil qilinadi. 
Maxsus ishlov o‗tkazish bo‗limi - radiaktiv moddalarning ruxsat etilgan 
nurlanish darajasidan yuqori ko‗rsatkichlar bilin zararlangan yaradorlarga va 
zaharlanganlarga hamda yuqumli kasallarga to‗liq sanitariya ishlovi o‗tkazish uchun 
mo‗ljallangan. Bu yerda bundan tashqari formali kiyim-kechaklar, aslaxa-anjomlar, 
poyafzallar, shaxsiy himoya vositalari va boshqa narsalar dezaktivatsiya va 
dizenfeksiya qilinadi. 
Kimyoviy va baktereologik zaralanish uchoqlaridan hamda radiaktiv 
moddalarning ruxsat etilgan ko‗rsatkichlarining yuqori darajasi bilan zararlangan 
yaradorlar va zararlangan saralash postidan (SP) maxsus ishlov o‗tkazish bo‗limiga 


146 
yuboriladi. 
Maxsus ishlov o‗tkazish bo‗limi saralash postidan va boshqa funksional 
bo‗linmalardan 50 metr uzoqlikda tashkil qilinadi. Ushbu bo‗limda yarador va 
zararlanganlarga sanitariya ishlovi Dezaktivatsiya o‗tkazish formali kiym-
kechaklarni, poyafzallarni, shaxsiy himoya vositalarni, zambil (nasilka) va 
transportga maxsus ishlov o‗tkazish maydonchalari tashkil qilinadi. 
Barcha 
maydonchalar 
toza 
va 
ifloslangan 
bo‗limlarga 
ajratiladi. 
Maydonchaning iflos bo‗limi zararlangan degan maxsus belgi bilan belgilanishi 
kerak. Maxsus ishlov o‗tkazish bo‗limi quyidagi vositalar va narsalar bilan 
ta‘minlanadi va jihozlanadi: dezinfeksion dush qurilmasi (DDA-66), (DDP-2); ikkita 
USB, uchta UST palatkasi; DP-5V dozimetr asbobi; zararlangan kiyim- kechaklarni 
yig‗ish uchun rezinadan tayyorlanagn qoplar; dush setkalari, tagiga qo‗yish uchun 
taxta panjara; maxsus teshilgan zambillar; (zambildagi yaradorlar uchun) 
changyutgichlar, arqonlar, kiyim osgichlar; changni urib chiqaradigan taxta tayoqlar; 
chotkalar, supurgilar, gidropult, avtomaks, sovun, mochalka; degazatsiya, 
dizenfeksiya kilish uchun eritmalar; dezaktivatsiya qilish uchun eritmalar; stol, 
skomeyka va zambillar uchun tagliklar.
Bundan tashqari maxsus ishlov o‗tkazish bo‗limida shoshilinch yordam 
ko‗rsatish uchun ziddi-zaharlar, yurak va nafas olish tizimi faoliyatini yaxshilovchi 
dori-darmonlar kislorod va boshqalar bilan va hamda suv o‗tkazmaydigan bog‗lamlar 
(polietilendan tayyorlangan paypoqlar, qo‗lqoplar, har xil o‗lchamdagi bog‗lamlar), 
ushbu bog‗lamlar oddiy bog‗lamlar ustidan qo‗yib bog‗lanadi, kiyim-kechaklar, 
ishchi kiyimlar va shaxsiy himoya vositalari bilan ta‘minlanishi zarur. 
Maxsus ishlov o‗tkazish bo‗limini sanitar epidemiolog vzvodining shaxsiy 
tarkibi tashkil yetadi va u quyidagi tartibdan iborat: boshliq, dozimetrist, 
dezinfektorlar va 10-15 sanitar engil yaralanganlar bilan birgalikda, maxsus ishlov 
o‗tkaqzish tartibi. 

Download 6,38 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish