147
yonib turgan kiyimni o‗chirish, shikastlangan odamni transport vositasida bir
joydan ikkinchi joyga ko‗chirish uchun shikastlangan joyini qimirlamaydigan qilib
bog‗lash (transport immobilizatsiyasi), odamni issiq va sovuq harorat ta‘siridan
asrash, uning muzlab qolgan badanini isitish;
turli zaharlovchi moddalar bilan shikastlanganlarga gazniqob kiydirish,
ularni xavfsiz joylarga olib chiqish, shuningdek, qisman sanitariya ishlovlarini zudlik
bilan o‗tkazish va h.k.
Birinchi tibbiy yordamni mumkin qadar tez va qisqa fursatlarda ko‗rsatish
kasallik va shikastlanishlarning keyinchalik qanday o‗tishi, oqibati nima bilan
tugashi, ba‘zan shikastlanganlarning hayotini asrab qolish
uchun nihoyatda muhim
ahamiyatga egadir. Ko‗p miqdorda qon ketayotgan, elektr tokidan shikastlangan
suvga cho‗kkan paytda yurak faoliyati to‗xtab, nafasi chiqmay qolgan va yana boshqa
bundan og‗ir hollarda albatta, birinchi tibbiy yordam ko‗rsatilishi zarur. Basharti,
ko‗plab odamlar bir yo‗la birinchi tibbiy yordam ko‗rsatishga muhtoj bo‗lishsa,
bunday yordamning muddatlari hamda navbati belgilanadi. Ayniqsa, bolalarga va shu
fursatda kechiktirib bo‗lmas tez tibbiy yordam ko‗rsatilmasa, hayotdan ko‗z yumish
ehtimoli ehtimoli bo‗lgan shikastlanganlarga birinchi
navbatda tibbiy yordam
ko‗rsatiladi.
Ayni paytda bir yo‗la har xil turdagi shikastlanishlarga duchor bo‗lgan
fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish uchun ayrim usullar tartibini ham
belgilab olish lozim. Bunda avval shikastlangan odamning hayotini saqlab qolishga
imkon beradigan eng zarur amallarga asosiy e‘tibor beriladi. Chunonchi, son suyagi
ochiq sinib, arteriyadan qon oqib turgan vaqtda birinchi navbatda hayot uchun xatarli
bo‗lgan qon ketishini to‗xtatish, keyin jarohatga toza, steril bog‗lam qo‗yish va
shuidan so‗ng oyoqni qimirlamaydigan qilib bog‗lash
immobilizatsiya qilishga
kirishiladi. Singan suyakning o‗z joyidan siljimasligi uchun maxsus shina taxtakach
yoki o‗sha sharoitda ko‗zga tashlanib, qo‗lga tayangan yana boshqa barcha
imkoniyatlar, tabiiy, qayotiy yordamchi vositalardan foydalanish lozim.
Birinchi tibbiy yordamning barcha usul amallarini imkoni boricha nihoyatda
ehtiyotkorlik bilan tez bajarish zarur. Shoshmashosharlik va qo‗pol xatti-harakatlar
bilan amalga oshirilgan yordam shikastlangan odamga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi, uning
ahvolini og‗irlashgirishi mumkin. Birinchi tibbiy yordamni bir emas, bir necha kishi
ko‗rsatadigan bo‗lsa, ular bu vazifani o‗zaro
kelishib, hamjihatlik bilan amalga
oshirishgani ma‘qul. Buning uchun biri rahbarlik mas‘uliyatini zimmasiga olishi
lozim.
Birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish jarayonida asosan, mazkur sharoitda ko‗z
oldimizda va qo‗l ostimizda bo‗lgan mavjud vositalardan keng va unumli
foydalaniladi. Bunday vositalar turkumiga: bog‗lovchi materiallar - bintlar, tibbiy
bog‗lov paket - xaltachalari, katta va ularning kichik hajmdagi toza, steril bog‗lamli
salfetkalar, paxta va boshqa ashyolar kiradi. Qon ketishini to‗xtatish uchun
cho‗ziluvchan tasmasimon va naysimon jgutlar, immobilizatsiya qilish uchun esa,
maxsus taxtachalar, fashrli, shotisimon, to‗rsimon
va boshqa turdagi shinalar
ishlatiladi. Birinchi tibbiy yordam ko‗rsatishda ba‘zi dori-darmonlardan ham
foydalaniladi. Chunonchi, naysimon ampula va shisha idishlarga solingan spirtdagi
5% li yod eritmasi, spirtdagi 1-2%li brilliant yashili eritmasi, validol tabletkalari,
148
valeriana
tomchi dorisi, shisha naychalardagi novshadil spirti, shuningdek,
tugmachasimon shakldagi yohud kukun holidagi natriy gidrokarbonat (ichimlik
sodasi), vazelin va boshqalar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, ommaviy
zararlanish o‗choqlarida radio faol zaharlovchi moddalar hamda bakterial vositalar
ta‘siridan
saqlanish, ulardan muhofaza qilish maqsadida shaxsiy dorilar majmui
jamlangan shaxsiy individual dori quti (AI-2) imkoniyatlaridan ham foydalanish
zarur.
Birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish uchun Favqulodda hodisa sodir bo‗lgan
joyda ko‗zga tashlangan va qo‗l ostida bo‗lgan vositalar turkumiga bog‗lam qo‗yish
uchun toza choyshab, ko‗ylak, gazlama (iloji bo‗lsa oq tusdagi); qon to‗xtatish uchun
esa, tasma, bog‗ich, jgut o‗rniga shim kamari yoki belbog‗, gazlama parchasi; suyak
singanda: shinalar o‗rnida qattiq qog‗oz yohud fashr bo‗laklari, taxta, tayoq va
boshqalar kiradi.