142
tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlari bilan kelishilgan rejasini ishlab
chiqish;
radiatsiyali avariyadan xabardor qilish va radiatsiyali avariya oqibatlarining
tugatilishini ta‘minlash; radiatsiyali zararlanishning oldini olish tibbiy vositalari va
radiatsiyali avariyada jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish vositalarini
shay
holatda saqlash; xodimlar (personal) jumlasidan tuziladigan avariya-qutqaruv
bo‗limlariga ega bo‗lish.
Obyektlarda FV vujudga kelish xavfi mavjudligi haqida signal olinishi bilan
obyektlar FM boshliqlari tuzilmalarni yig‗ish, ularni tayyorlik holatiga keltirishni
amalga oshiradi va ularni shahardan tashqariga, oldindan tanlangan joylashish yeriga
olib chiqib ketish haqida buyruq beradilar. Bu yerda tuzilmalar komandirlari shaxsiy
tarkibining obyektda yoki boshqa obyektlarda o‗zaro
hamkorlik qilish sifatida
qutqarish ishini va boshqa kechiktirib bo‗lmaydigan ishlarni o‗tkazish yuzasidan
vazifalarni bajarishga tayyorligini ta‘minlaydigan bir qancha tadbirlarni amalga
oshirdilar.
FV sodir bo‗lganligi haqidagi signalini olinishi bilan obyekt FM boshlig‗i
buyrug‗iga asosan tuzilmalar joylashgan yerdan tuman FM kuchlari umumiy
kalonnasi tarkibida yoki mustaqil tarzda zararlangan o‗choq yaqinidagi yig‗ilish
joyiga boradilar. Bu tadbirlarni tashkil etish va o‗tkazishda
shaxsan tuzilmalarning
komandirlari rahbarlik qiladilar.
Qutqarish ishlari va boshqa kechiktirib bo‗lmaydigan ishlar bir vaqtda
o‗tkazilishi juda muhimdir. Bu ishlarni tez va uyushqoqlik bilan o‗tkazish zararlanish
o‗chog‗ida bo‗lgan odamlarning hayotini saqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega
bo‗ladi. FM tuzilmalaridan zarbaga uchragan o‗choqlarda ularning ixtisosini hisobga
olgan holda foydalaniladi. Tuzilmalardan ana shunday maqsadga muvofiq yuqori
unumdorligi va ishlarni tez tugallanishini ta‘minlashi mumkin.
Zarbaga uchragan
o‗choqlarda ishlar asosiy qutqaruv ishlarini birinchi sutka oxirigacha tugallashini
hisobga olgan holda uzluksiz ravishda kecha va kunduz olib borish kerak. Qutqarish
ishlarini va boshqa kechiktirib bo‗lmaydigan ishlarni olib borishning uzluksizligini
ularning ikkinchi smenada olib borish bilan ta‘minlanadi.
Smenalardagi ishlarning davomiyligi vaziyatdagi radiatsiya darajasi hududning
KTZM bilan zaharlanishini, shuningdek tuzilmalar shaxsiy
tarkibi jismoniy holatini
xisobga olgan holda belgilanadi. Qutqaruv ishlari va boshqa kechiktirib
bo‗lmaydigan ishlari avj oldiriladi va ular tugallanguncha olib boriladi. Jarohatlangan
odamlarni izlash va qutqarish, qutqaruvchilarning ish uchastkasiga olib kelinishi
bilan darhol boshlanadi. Tuzilmalarning shaxsiy tarkibi
shakistlangan odamlarni
qutqarish bilan birga ularga birinchi tezkor tibbiy yordamni ko‗rsatishadi. Avariya
oqibatida hosil bo‗lgan uyumlarni mexanizatsiya vositalari yordamida tozalanadi.