Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

Suv bug„i. To‗yingan suv bug‗i juda kuchli dizenfeksiyalovchi ta‘sir ko‗rsatadi. 
Uning ta‘siri 2 elementdan: namlik va yuqori haroratda iborat. Avtoklav deb 
ataladigan apparatlar ana shu tamoyilga asoslanagan. Ularda 1,5 atm bosim hosil 
qilib, bug‗ haroratsini 120°C gacha ko‗tarish mumkin. Xirurgik asboblar va 
bog‗lanish materiallari, odatda, avtoklavda sterillanadi. 
Dizenfeksiyaning kimyoviy usullari amalda keng qo‗llaniladi. Bunda, ayniqsa, 


135 
xlorli ohak, xloramin, fenol, lizol, formalin ko‗p ishlatiladi. Xlor tutuvchi 
preparatlarning qo‗llanishi ular tarkibidagi faol xlor ta‘siriga bog‗liq. Ular 2,3%li 
eritma holida ichak infeksiyalarida bemor chiqindilarining, pol va idish-tovoqlarni 
dizenfeksiyalashda ishaltiladi. Dizenfeksiya o‗tkazilish: vaqtiga qarab uch turga: 
profilaktik; joriy va yakunlovchi dizenfeksiyaga bo‗linadi. 
Profilaktik dizenfeksiya jamoat joylarida (hammom, xojatxona va boshqalar) 
kasallik yuqishining oldini olish maqsadida o‗tkaziladi. Vodoprod suvini xlorlash, 
xirurgik asboblarini sterillash ham profilaktik dizenfeksiyaning bir turidir. 
Bemordan ajralgan chiqindilarni o‗z vaqtida zararsizlantirib turish joriy 
dezenfekstiya hisoblanadi. U uyda (bemor kasalxonaga jo‗natilguncha) va 
kasalxonada har kuni amalga oshiriladi. Bemor foydalangan idish asbob, shuningdek, 
binobarin ham muntazam dizenfekstiyalab turiladi. 
Yakunlovchi dizenfektsiya bemor uyda (uni kasalxonaga jo‗natgandan so‗ng) 
va kasalxonada bemor tuzalib chiqib ketgandan keyin o‗tkaziladi va o‗rin ko‗rpasi 
kameralarda dizenfeksiyalanadi. 
Dezinseksiya. Dezinseksiya maqsadlarida fizik vositalardan tashqari, qator 
kimyoviy vositalar: DDT; geksaxloran; xlorofos; dixlorofos va boshqalar ham 
ishlatiladi. 
DDT sof holatda hidsiz, suvda erimaydigan oq kristall kukun. Kerosin va 
skipidarda eriydi. Bit, burga, chivin, pashsha kabi hasharotlarni qirish uchun 
ishlatiladi. 
Geksaxoran o‗tkir qo‗lansa hidli, kul rang kristall modda. DDT kabi orgonik 
suyuqliklarda eriydi va u qo‗llaniladigan hollarda ishlatiladi. 
Xlorofos kristall modda bo‗lib, suvdagi eritmalari va aerozli pashsha va boshqa 
hasharotlarga qarshi samarali qo‗llaniladi. 
Deratizatsiya. Kemiruvchilarni qirish uchun deratizatsiyanishg mexanik, 
kimyoviy va biologik vositalardan foydalaniladi. Mexanik vositalar sifatida tuzoq, 
qopqon va tur qo‗llaniladi. Kimyoviy vositalardan kristall, rux fosfid va zookumarin 
k.o‗p ishlatiladi. Ular kukun holida chiqariladi. Deratizatsiyaning biologik usuli 
kemiruvchilarda sun‘iy ravishda salmonellyoz kasalligini yuqtirib, ularni qirib 
yuborishdan iborat. 
Zararsizlantirish ishlarini olib borishda qo„llaniladigan xavfsizlik choralari. 
Zararsizlantirish ishlaridan foydalanilganda kishilar RMlar, ZMlar, shuningdek, 
BVlarda ham qo‗llanilayotgan zararsizlantiruvchi modda va eritmalardan 
himoyalanish choralarini ko‗rishlari zarur. Zararsizlantirish ishlari bilan bog‗liq 
barcha yumushlarni shaxsiy himoya vositalaridan foydalanilgan holda bajarish kerak. 
Ularni kuyish va yechishni shu maqsadlar uchun maxsus jihozlangan xonalarda 
bajarish lozim. 
Agar ishlar yoz vaqtida izolyatsiyalovchi himoya kiyimida bajarilayotgan 
bo‗lsa, teri qizib ketishining oldini olish uchun belgilangan vaqtgacha ishlanadi. 
Qishda esa himoyalovchi kiyimini ichidan issiq kurtka, shim, boshga esa 
podshlemniklar kiyish lozim. Himoya vositalarning yaroqligi tez-tez tekshirib 
turiladi. Agar biror kamchilik topilsa, uni almashtirish choralarini ko‗rish kerak. 
Ish vaqtida zararsizlantiruvchi vosita va materiallarni ehtiyotlik bilan ishlatish 
zarur. Faol eritmalar va bo‗tqalarni maxsus jihozlangan maydonchalarda tayyorlash 


136 
tavsiya qilinadi. Qo‗l bilan ishlatiladigan predmetlar oldindan zararsizlantiriladi, 
ishlatib bo‗lingan tayoqcha latta va boshqa materiallar chuqurga ko‗mib tashlanadi. 
Zararsizlantirish ishlarini bajarayotganda shaxsiy himoya vositalarini yechish, 
bog‗lash, zararlangan buyumlar ustiga yotish o‗tirish yoki ularga tegib ketish, ovqat 
yeyish, suv ichish, chekish va ish joyida dam olish man etiladi. Bu ishlarning 
hammasini maxsus ajratilgan joylarda qilinadi. 
Zararsizlantirish ishlarini bajarish vaqtida texnikadan ehtiyotkorlik bilan 
foydalanish har xil avariyalarning oldini olish garovidir. Zararlangan chorva mollari, 
oziq-ovqatlar, yem-xashak, sut bilan ishlashda beligilangan xavfsizlik choralariga 
e‘tibor berish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, shaxsiy gigena va sanitariya 
qoidalariga rioya qilish shart. Veterinariya ishlov maydonchalarini shunday jihozlar 
kerakki, bunda ishlov berilayotgan maydonchalarda mollar va oziq-ovqatlar bir-
birlarini zararlantirmasin. Bunda shamol harakatini e‘tiborga olish kerak. Shamol 
radiaktiv chang uchirib ketmasligi, ZMlar burlarini texnik vositalarga, odamlarga, 
oziq-ovqat mahsulotlariga tushirmasliga lozim. 
Zararsizlantirish ishlarini bajarishda foydalanilgan texnikalar maxsus ajratilgan 
joylarga olib boradi va hamda ishlovdan o‗tkaziladi. Texnikalarga ishlov berilgandan 
so‗ng va zararlanish miqdori nazorat qilingandan keyin navbatdagi ishlarni bajarish 
uchun jo‗natiladi. Barcha ishlarni bajarib bo‗lgach, shaxsiy tarkib turli sanitariya 
ishlovidan o‗tkaziladi, shaxsiy himoya vositalari, kiyim va poyafzallar 
zararsizlantiriladi. 

Download 6,38 Mb.
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish