128
moddalardan kuchsiz hisoblanadi. Uning o‗rtacha o‗ldirish dozasi 1-2mg/l.
Zaharlash belgilari: og‗izda metall mazasining hosil bo‗lishi, tinka qurishi, bosh
og‗rig‗i, organizm a‘zolari harakatining yo‗qolishi. Sinil kislotasining antidoti
amilnitrit va prpil nitrit hisoblanadi.
Bo„g„uvchi zaharli moddalar. Bu birikmalar nafas organlarini ishdan
chiqarib, o‗pkani zararlaydi.
Fozgen - havodan 3,5 marta og‗ir bo‗lib, gazsimon modda. U asosan o‗pka
to‗qimalarini ishdan chiqaradi. Uning uchtacha o‗ldirish dozasi 1daqiqada 3,2 mg/l.
Zaharlanish belgilari: ko‗zdan yosh oqizadi, bosh aylanadi, holsizlanish kuzatiladi.
Ruhiyatga ta‟sir etuvchi zaharli moddalar. Bu guruh moddalari asab
tizimiga muayyan ta‘sir etib, inson faoliyatini vaqtinchalik ishdan chiqaradi.
Bi-zet - o kristall kukun bo‗lib, uning zichligi 1.8, qaynash haroarti 4120
0
S,
suyulish harorati 1900
0
S. Uning kuchli ta‘siri aerozol ko‗rinishda bo‗lib, nafas
yo‗llari va oshqozon-ichak orqali ta‘sir etadi. Zaharlash belgilari: qusish, gapira
olmaslik, so‗ngra galyutsinatsiya va hayajonlanish.
Qaltiratuvchi zaharli moddalar. Bundan xususiyatli moddalar ko‗zning
harakatchan qismini hamda nafas yo‗llarining yuqori qismini ishdan chiqaradi. Bu
guruhga kiruvchi moddalardan Si-es va Si-er muhim ahamiyatga ega.
Si-es - kristall kukun bo‗lib, suvda yomon, atsteton, benzollarda yaxshi eriydi.
Uning qaynash harorati 3150 S, suyulish haroarati 950°C, solishtirma og‗irligi 1,0 ga
teng.
Si-er - atti kristall modda bo‗lib, zaharliligi Bi-zetdan yuqori. Si-er ham inson
terisini qattiq shikastlantiradi. Buning ham kuchli ta‘siri aerozol ko‗rinishida bo‗ladi.
Toksinlar. Bakterial toksinlar, hozirgi davrda yuqori zaharli moddalar
hisoblanadi. Bunday moddalarga botulin toksini va staffilokkok enterotoksinlar
kiradi.
Botulin toksini – o‗ldiruvchi zaharli moddalar ichida eng zaharlisi
hisoblanadi. Toza botulin toksini kristall modda ko‗rinishida bo‗ladi. Zararlanish
belgilari: bosh og‗rig‗i, holsizlanish, ko‗z xiralashishi, qusish, falajlanish. Yuqori
miya falajlanib, natijadi odam o‗ladi.