Zararsizlantirish turlari. Dezaktivatsiya, degazatsiya




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

4.2. Zararsizlantirish turlari. Dezaktivatsiya, degazatsiya,
dizenfeksiya 
 Zararsizlantirish turlari. Dushman tomonidan ommaviy zarar yetkazuvchi 
qurollar-yadro zaryadi, zaharlovchi moddalar yoki bakteriologik vositalar 
qo‗llanilganda ko‗pdan-ko‗p shaxsiy tarkibi formali kiyim-kechak, himoya vositalari, 
qurol-yarog‗lar va harbiy texnika, inshootlar, joylar hamda suv manbalari, oziq-
ovqatlar, yem-xashaklar zararlanadi. Zaharlovchi moddalar suyuq tomchi, aerozol va 
bur holatida qo‗llanilganida suv manbalari, oziq-ovqat mahsulotlarining zararlanishi 
kuzatiladi. Kichikroq ko‗llar, hovuzlar, ochiq quduqlar zaharlovchi moddalardan 
ko‗proq zararlanadi. Kanal suv havzalari va daryo suvlarining zararlanishi odatda 
kuzatilmaydi. Artezian quduqlar germetik holat bo‗lganligi uchun moddalardan 
zararlanmaydi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining zaharlovchi moddalardan zararlanishi dala 
sharoiti ularning qanday holatda saqlanishi, joylarga tashish usuli va oziq-ovqatning 
tashishga bog‗liq bo‗ladi. Dala sharoitida oziq-ovqatlarni germetik holda saqlash 
qiyin bo‗lganligi sababli aerozol va bu holatidagi zaharlovchi moddalar osonlik bilan 
shu joyga tushadi. Oziq-ovqat 
mahsulotlariga tushgan zaharlovchi 
modda tomchilari osonlik bilan 
shimiladi va ancha ichkariga o‗tadi. 
Chidamli 
zaharlovchi 
moddalardan 
fosfoorganik 
iprit 
turidagilar lipidlarda juda yaxshi 
eriydi. Shu sababli ular oziq- 
ovqatga tushganda (go‗sht, baliq, 
moy va boshqalarga) unda bir nech 
haftadan bir oygacha saqlanib 
qoladi. 
Betakror 
zaharlovchi 
moddalar oziq-ovqat mahsulotlarini 
kam zararlaydi. Aytish kerakki, radioaktiv moddalar oziq-ovqatlarning faqat yuza 
qismini zararlaydi, zaharlovchi moddalar esa 2-5 sm chuqurlikka kirish xususiyatiga 
ega. Yerlar 10 sm gacha, o‗simlik yerlari esa butunlay zararlanadi. Shularni hisobga 


131 
olgan holda oziq-ovqatlarni germetik idishlarda (konservalash, banka, termos, 
xolodilnik va boshqalarda) saqlash maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Bunday holatlarda faqat idishlar zararlanadi. Yashiklar ham zaharlovchi 
moddalardan ancha himoya qiladi. Qog‗ozdan tayyorlangan konlar radiaktiv 
moddalardan saqlaydi, ammo zaharlovchi moddalar tomchisidan esa vaqtincha 
himoya qiladi. Oziq-ovqat saqlanadigan omborlarning hamma teshiklari zaharlovchi 
moddalar va radioaktiv moddalardan zararlanishdan saqlash uchun mahkam qilib 
berkitilishi kerak. Zararlangan oziq-ovqat, suv manbalari zararlangan, deb shubha 
qilinadi, shuning uchun ularni maxsus tekshiruvdan o‗tkazmay turib foydalanishga 
ruxsat etilmaydi. 
RM, ZM yoki bakteriologik vositalar bilan zararlangan hudud, barcha narsalar, 
oziq-ovqat, em-xashak va boshqalar zararsizlantirilmaguncha odamlar va hayvonlar 
uchun xavflidir. 
Zararlanish turiga qarab, zaharsizlantirish har xil bo‗ladi: dezaktivizatsiya; 
degazatsiya; dizenfeksiya. Zararlangan obyektlardan radiaktiv moddalarni yo‗qotish 
dezaktivatsiya 
deyiladi. 
Zararlangan 
obyektlarni zararsizlantirish yoki ximiyaviy 
neytrallash 
va 
ulardagi 
zaharlovchi 
moddalarni yo‗qotish degazatsiya deyiladi.
Zararlangan obyektlardan kasallik 
ko‗zg‗atuvchi 
mikroblar 
va 
ularning 
toksinlarini yo‗qotish dizenfeksiya deyiladi. 
Ba‘zan 
dezinfeksiya 
qilib, 
zararli 
hasharotlar, 
yuqumli 
kasalliklarni 
tarqatuvchi 
pashsha, 
chivin, 
kana, 
iskabtopar bit va boshqalar yo‗qotiladi.
Deratizatsiya yo‗li bilan qator yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab 
bo‗ladigan kemiruvchi hayvonlar (kalamush, sichqon, yumronqoziq, qo‗shoyoq va 
boshqalar) yo‗qotiladi. 
Zararsizlantirish 
chora-tadbirlari 
(dezaktivatsiya, degazatsiya, dizenfeksiya) faqat 
odamlar borishi mumkin bo‗lgan obyektlarda 
amalga oshiriladi. Qolgan hududlar o‗z-o‗zidan 
zararsizlanadi: radioaktiv moddalar o‗z-o‗zidan 
parchalanadi va radiatsiya darajasi pasayadi
zaharlovchi moddalar bo‗linadi; quyosh nuri 
ta‘sirida mikroblar nobud bo‗ladi va h.k. 

Download 6,38 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Zararsizlantirish turlari. Dezaktivatsiya, degazatsiya

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish