129
epizootik vaziyat, ya‘ni hayvonot dunyosida o‗tkir
kasalliklarning
tarqalishi;
epifitotik vaziyat, ya‘ni o‗simliklarning kasallanishi.
Biologik (bakteriologik) qurollarni, odamlarga va hayvonlarga ta‘siri o‗ziga
xos xususiyatlarga ega. Ya‘ni ular tirik organizmga juda kichik dozada tushsa ham
yuqumli kasalliklar epidemiyasini boshlaydi. Ularning tarqalish tezligi juda yuqori,
ta‘sir vaqti ham uzoq, ular germetik bo‗lmagan saqlagichlarga oson kiradi, ularning
mikroini, toksinini anqilash juda qiyin.
Biologik qurollar quyidagi turlarga bo„linadi:
a) bakteriyalar asosida tarqaladigan kasalliklarga: o‗lat, sibir yarasi (kuydirgi),
vabo, tularemiya, sapa va boshqalar.
b) viruslar orqali kasallik tarqalishi: suvchechak,
entstifalitning turli
ko‗rinishlari va boshqalar.
v) rikketsinlar orqali kasallik tarqalishi: cho‗chqa tifi.
g)
zamburug‗lar
orqali
kasalliklar
tarqalishi:
blastomikoza,
koksidiondomikoza, gistoplazmoza va hokazo.
Shikastlovchi omillari:
- zarb to‗lqini (haddan ortiq katta bosim, yuqori harorat).
- o‗q parchalari va o‗qlarning shikastlovchi ta‘siri.
Yondiruvchi qurol-aslahalarning shikastlovchi tasiri:
- yonish (harorat-800-3000°C);
- zaharli gazlarning ajralib chiqishi;
- havoning yuqori harorati;
- kislorod tanqisligi.
Yadroviy qurol-aslahalarniig shikastlovchi tasiri:
1. Zarb to‗lqini.
2. Yorug‗lik nurlanishi.
3. O‗tuvchi radiatsiya.
4. Radioaktiv zararlanish.
5. Elektromagnit impulsi.
―Elektron‖ qurol-aslahaning xususiyatlari:
oddiy yadroviy, ammo asosiy shikastlovchi omili -
o‗tuvchi
radiatsiya
-
netronlar
(portlash
energiyasini 70% gacha). Tirik kuch(odam)larni
yo‗q qilish uchun foydalaniladi, ammo moddiy
boyliklar saqlab qolinadi.
Zamonaviy
qirg„in
vositalaridan
muhofazalanshi tadbirlari majmui:
1. Aholini
FVlardan muhofazalanishga
tayyorlash (zamonaviy qirg‗in vositalarini bilish;
ulardan muhofazalana olish, birinchi tibbiy
yordamni ko‗rsata olish).
2. FVDT rahbarlari tomonidan aholi muhofazasiga doimiy
rahbarlikni amalga
oshirish.
3. O‗z vaqtida va haqqoniy xabar berish va axborot uzatish.
130
4. Evakuatsiya (oldindan o‗tkaziladigan, qisman va to‗la).
5. Muhofaza vositalari (jamoa va shaxsiy, ro‗yxatdagi va qo‗l ostidagi)dan
mohirona foydalanish.
6. Maxsus tadbirlar (ma‘muriy, tibbiy-ma‘muriy, epidemiyaga qarshi
profilaktik, sanitar-gigiyenik, davolash-evakuatsiya)ni o‗tkazish.
7. Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‗lmaydigan ishlarni o‗tkazish.
Zamonaviy qirg‗in vositalaridan muhofazani tashkil qilishda raqib tomonidan
biror-bir qurollarning qo‗llanish ehtmolini aniq bilish zarur.
Har bir shikastlovchi
omildan esa maqsadga muvofiq keladagan usul, vositalar va muhofazalanish bo‗yicha
harakatlarni topish kerak. Muhofaza uchun ham ro‗yxatdagi, ham qo‗l ostidagi
muhofaza vositalaridan foydalanish lozim. Aholini muhofaza qilishda birinchi tibbiy
yordamnnng o‗z vaqtida va to‗g‗ri ko‗rsatilishi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.