|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasiBog'liq Fuqaro muhofazasiKimyoviy qurollar - zaharli kimyoviy birikmalar bo‗lib, ular asosan zaharli
moddalar hisoblanadi. Kimyoviy qurollarning kuchi ularning zaharli xususiyatiga
qarab belgilanadi. Kimyoviy qurollar himoyalanmagan odamlarni, hayvonlarni,
o‗simlik, yer, suv, havo, inshoot, texnika va jamiki ko‗rinadigan narsalarni
zaharlaydi. Bunday qurollar asosan nafas yo‗li bilan ta‘sir qilishi mumkin.
Zaharlovchi moddalarning kuchi uning zaharliligi, tez ta‘sir etuvchanligi va
chidamliligi bilan o‗lchanadi. Bulardan tashqari, bunday qurolning ta‘sir etish
ko‗lami juda katta hisoblanadi.
Kimyoviy qurollar - nishonga tez va uylangan maqsadga to‗la erishish darajasi
bo‗yicha ta‘sir etishiga qarab eng xavfli va qudratli qirg‗in qurol hisoblanadi.
Chunki uning juda kichik dozasi ham juda qisqa vaqtda ta‘sir etib, hamma narsani
zaharlaydi. Yana uning zaharlilik kuchi ma‘lum vaqt mobaynida havoda, suvda,
yerda hamda o‗simlik dunyosida saqlanib turadi.
Dastlab kimyoviy qurollar unitar tarzda ishlatilgan, ya‘ni bitta zaharli modda
kimyoviy qurol sifatida qo‗llanilgan. Keyinchalik binar - kimyoviy qurol yaratildiki,
buning oldini olish va qurol asoratidan qutilish juda ham muammo hisoblanadi.
Binar - ikki va undan ortiq zaharli moddasi bo‗lgan qurol demakdir. Kimyoviy
qurollarni ta‘sir darajasini oshirish uchun ular ishlatilganda par, aerozol yoki tomchi
holatiga o‗tkaziladi.
Kimyoviy qurollar shikastlanish xususiyatiga ko‗ra: asabni falajlovchi,
(zoman, zarin, Vi-iks), teri zaharlovchi (iprit, azotli iprit), umumiy zaharlovchi (sinil
kislotasi, xlortsian), bug‗uvchi (fozgen, difozgen), qaltiratuvchi (xloratsetofenon,
adamsit), ruhiyatga ta‘sir etuvchi (LSD-dietilamidlizirin kislotasi va Bi-zet).
Zaharlovchi moddalar zaharlanish xususiyatiga hamda taktik qo‗llanishiga
127
ko‗ra quyidagi guruhlarga bo‗linadi:
|
| |