• Yadorviy qurollar va ularning xususiyatlari
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi




    Download 6,38 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet88/151
    Sana14.12.2023
    Hajmi6,38 Mb.
    #118509
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   151
    Bog'liq
    Fuqaro muhofazasi

    Kimyoviy qurollar ta‘sir etgan jamiki mavjudodlar, narsalar zaharlanib, 
    oldingi holatiga aytarib bo‗lmaydigan darajaga tushib oladi, ya‘ni zaharlanadi. 
    Biologik qurollar orqali asosan tirik mavjudodlarda kuchli kasallik tarqatish 
    tufayli qo‗yilgan maqsadga erishiladi. 
    Keyinga paytda NATO armiyasida, Rossiya qurolli kuchlari tarkibida nurli 
    qurollar yaratildiki, bular ham qo‗llanilganda insoniyat, atrof-muhit, inshootlar va 
    harbiy texnikalarga katta zarar yetkazadi.
    Nurli qurollarning ta‘sir etish xususiyati termomexanik ta‘sirga asoslangan, 
    ya‘ni nurlar dastasi nishonga urilganda, u suyuladi yoki parlanadi (bunda nishonning 
    suyulishiga qarab o‗zgaradi). 
    Nurli qurolning shunday xususiyatlaridan foydalanib, dushmanning xarbiy 
    texnikalari, qurollari yaroqsiz holatga keltiriladi. 
    Qurollarni odamlar va atrof-muhitga ta‘siri ham termomexanik tarzda ta‘sir 
    etadi. Bunday qurollar ayrim davlatlarda sinab ko‗rilgan. Jumladan, Xitoy – sobiq 
    SSSR chegarasi asan ko‗li mojarosida bunday quroldan foydalanilgani ma‘lum. 
    Nurli qurollarning tipik vakili bu yuqori chastotali nur dastasi - lazer nuri 
    hisoblanadi. 
    Yadorviy qurollar va ularning xususiyatlari - yadroli aslahalar keng 
    miqiyosda odamlar, sanoat va turar joy markazlarini yoqish, inshootlar va 
    texnikalarni ishdan chiqarish uchun mo‗ljallangan. 
    Yadroviy qurollar: yadro zaryadidan, qurolni nishonga yo‗naltiruvchi 
    qismdan va qurolni boshqaradigan qismidan tashkil topgan. Yadroviy aslahalar turli 
    xil ko‗rinishda bo‗ladi: bomba, mina, snaryad, raketa va torpedalarning jangovor 
    qismi va boshqa ko‗rinishlarda tayyorlanadi. Yadroviy qurollarning ishlashi zanjirli 
    reaksiya natijasida (termoyadro reaksiyasi asosida parchalanadigan og‗ir yadrolar va 
    Yengil yadrolar, vodorod va boshqa element izotoplarining hosil bo‗lishi) hosil 
    bo‗ladigan ichki yadroviy energiyalarning hisobi amalga oshadi. Yadroviy 
    qurollarning kuchli trotil ekvivalenti bilan o‗lchanadi. Bu oddiy potlovchi modda 
    trotil (trinitrotoluol) portlaganda ajraladigan energiya miqdori o‗sha portlovchi 
    moddaning portlash kuchiga ekvivalentdir deganidir. Trotil ekvivalenti tonna (t), 
    kilotonna (kt) va megatonna (mt) bilan o‗lchanadi. 
    Yadro qurolidagi portlovchi moddaning quvvatiga qarab juda kichik (quvvati 
    1kt.gacha), kichik (1-10kt), o‗rtacha (10-100kt), katta (100kt-1mt) va juda katta 
    (1mt.dan yuqori) turlariga bo‗linadi. 
    Yadorviy qurollarning vayrongarchilik darajasi qurolning turiga, joylashgan 
    o‗rniga, portlash sharoitiga inshootlarning himoyalanish darajasiga qarab va boshqa 


    124 
    sabablar bilan anqilanadi. 
    Yadro portlatishning turlari. Qo‗yilgan maqsadga ko‗ra, yadro portlatish yer 
    yuzida, yer osti va suv ostida va har xil balandlikdagi atmosferada amalga oshiriladi. 
    Yer ustida portlatilganda qurolning zonasi yarim oy shaklida yer ustida ko‗rinadi. 
    Yer ustida portlatish, asosan juda mustahkam inshootlarni buzish hamda atrof-
    muhitni, juda katta miqyosda radioaktiv zaralash maqsadida amalga oshiriladi. Suv 
    tagida portlatish bilan juda mustahkam yer ostidagi nishonlarni, gidrotexnik va port 
    inshootlarni buzish uchun qo‗llash mumkin. Bu xildagi portlatishning o‗ziga xos 
    xususiyatlaridan biri shuki, bunda gravitatsiya to‗lqini hosil bo‗lib, u har qanday 
    nishonga katta zarba beradi hamda zarar yetkazadi. 
    Havoda portlatish ikki xil sharoitda amalga oshiriladi: 
    - yerdan kichik balandlikda, ya‘ni yerdan 10 km.gacha bo‗lgan havoda 
    portlatish. Bunda qurolning zonasi yerga tegmagan holda dumaloq ko‗rinishda 
    bo‗ladi. 
    - yerdan katta balandlikda (yuqori) portlatish.
    Havoda portlatish uncha mustahkam bo‗lmagan inshootlarni buzish, odamlar 
    va texnikalarga keng miqiyosda shikast yetkazish maqsadida qo‗llaniladi. 
    Yadro qurolining hamma turdagi portlatishlarida quyidagi ta‘sir etuvchi 
    omillar hosil bo‗ladi. Bular to‗lqin zarbasi, yorug‗lik nurlanish, radiatsiya to‗lqini, 
    radioaktiv zarrachalar va elektromagnit impulslar hisoblanadi. Bu omillar portlash 
    energiyasining 50 foizi to‗lqin zarbasiga, 30-40 foizi yorug‗lik nurlanishiga, 5 foizi 
    radiatsiya nurlariga, 15 foizi radioaktiv changlarning hosil bo‗lishiga sarflanadi. 

    Download 6,38 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   151




    Download 6,38 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi

    Download 6,38 Mb.
    Pdf ko'rish