Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

Shaxsiy 
bog„lov 
paketi 
(PPI). 
Ommaviy 
shikastlanishlarda dala sharoitida birlamchi bog‗lam sifatida shaxsiy bog‗lov paketi 
keng qo‗llaniladi. Paket ikkita 17-32 sm li steril paxta-dokali yostiqchalardan iborat 
bo‗lib, eni 10 sm, uzunligi 7 metr bo‗lgan bintga bog‗langan. Yostiqchalarning biri 
qattiq mahkamlangan, ikkinchisi esa ko‗zg‗aluvchan bo‗lib, uni kerak bo‗lgan joyga 
mumkin. Yostiqchaning bir tomoni rangli ip bilan tikilgan, bog‗lov qo‗yadigan 
vaqtda shu tomondan ushlash mumkin. Bog‗lov materiali oq qog‗ozga o‗rab 
qo‗yilgan va u ustidan rezinali materialdan tayyorlangan qobiq bilan germetik qilib 
berkitilgan. Oq qog‗oz ichiga bint oxirini mahkamlash uchun to‗nog‗ich solib 
qo‗yilgan. Maket steril holatda ishlab chiqariladi. Shaxsiy bog‗lov paketidan 
foydalanish qoidalari: rezinalangan qobiq yirtib ochiladi. 
Vositalardan himoyalash va formali kiyim-kechaklar, aslaha-anjomlar, 
qurolning zararlanishini kamaytirish uchun mo‗ljallangan. Plonkali himoya kostyumi 
vaqti-vaqti bilan qo‗llaniladigan vosita hisoblanadi. Zaharlovchi moddalar va 
bakterial vositalardan zararlanganda maxsus sanitariya ishlovi o‗tkazmay, 
yo‗qotiladi, radioaktiv moddalardan zararlanganda dezakgivatsiya o‗tkaziladi va 
qayta ishlatiladi. 
Plyonkali himoya kostyumi himoya plachi va himoya paypog‗idan iborat 
bo‗lib, polimer plyonkali materialdan tayyorlangan. 


118 
Himoya kombinezoni rezina qo‗shilgan materialdan tayyorlangan bo‗ladi. 
Kombinezon yaxlit qilib tikilgan kurtka, shim va kapishondan iborat. Kombinezon 
rezina etik, himoya qo‗l qopi bilan birga komplekt holida qo‗llaniladi. 
Himoya 
fartugi 
rezina qo‗shilgan materialdan tayyorlanadi, undan 
himoyalovchi paypoq, himoya qo‗lqopi bilan birgaliqda foydalaniladi. Transport, 
qurol-yaroqlarni dezaktivakiya, degazatsiya va dizenfeksiya qilishda undan 
foydalaniladi. Fartukning og‗irligi 400 g. 
FM tizimida filtrlovchi vosita sifatida ZFO-58 kostyum qo‗llaniladi. Ushbu 
kostyum ip gazlamadan tayyorlangan kombinzon, ichki kiyim, podshlemnik va ikki 
juft paytavadan iborat. ZFO-58 kostyumini shimdirish uchun sintetik yuvish 
vositalari asosida tayyorlangan OP-7 yoki OP-10, sovun - yog‗ emulsiyasi ishlatiladi. 
Bir komplekt kostyumni shimdirish uchun ikki xil suyuqlik tayyorlash kerak bo‗ladi: 
birinchi suyuqlik 2,5 l miqdorida tayyorlanadi, buning uchun 40-50°C gacha istilgan 
2 litr suvda OP-7 yoki OP-10 moddalari yeritiladi. So‗ngra ikkinchi shoklik 
tayyorlanadi. Buning uchun 60-70°S gacha isitilgan 2 litr issiq, suvda 200-300 g 
maydalangan kir sovun yeritiladi va unga 0,5 g o‗simlik yog‗i yoki mineral yog‗ 
qo‗shiladi. Tayyor bo‗lgan suyuqliklarga kostyum navbati bilan shimdiriladi va 
quritiladi. 
Terini himoya qilishda zaharli har qanday vositalardan keng foydalanishi 
mumkin. Bunda suv o‗tmaydigan gazmoldan tikilgan nakidka, plash, paxtali kurtka 
va shim, sport kostyumlari, ish kambinzonlari, charmdan tikilgan kurtka va plashlar, 
qattiq gazmoldan tikilgan kapushonkalardan foydalanish mumkin. 
Oyoqda rezina charm etik, kalish kiyish kerak. Qo‗lga charm yoki rezina Shkol 
kiyiladi. Bo‗in va boshni himoya qilish uchun qalin gazmoldan kapushon tikib 
olinadi. Sport kastumiga, kombinizonga yoki boshqa kostyumlarga sovun yog‗ 
emulsiyasini yoki yuvuvchi moddalar eritmasini shimdirish mumkin. 
Tibbiy muhofaza vositalari. Yetakchi NATO davlatlari tomonidan ko‗pdan
ko‗p ommaviy zarar yetkazuvchi qurollar yaratilganligiga qaramay, yaratilgan 
qurollarning samaradorligini oshirish va ularni olish uchun qo‗llaniladigan II-6 
preparati sariq penalga solingan holda quyilmoqda. Ushbu ziddi-zahar boshliq 
buyrug‗i asosida, fosfororganik zaharlovchi moddalar bilan zararlangan joyga 
kirishdan 30 daqiqa oldin 2 tadan ichiladi yoki dushman tomonidan fosfororganik 
zaharlovchi moddani qo‗llash ehtimoli paydo bo‗lganda shu preparatdan 
foydalaniladi. 
Shaxsiy universal bog‗lov paketi (PPU)-shaxsiy tarkibga PPI tomoniga 
berilishi mumkin. PPI bog‗lovidan farqli ularoq yostiqchaning bir tomoniga 
metallangan material qo‗yilgan, bu material yarada chiqayotgan suyuqliklarni o‗ziga 
shimib olish xususiyatiga ega va yaraga yopishib qolmaydi. Paketdan foydalanish 
qoidalarn xuddi PPI ga o‗xshaydi. 
Tibbiy yoping‗ich (NM)-kishilarni sovuq vaqtlarda sovqotishdan, issiq 
vaqtlarda esa qizib ketishdan himoya qilishga mo‗ljallangan. Yoping‗ichdan 
foydalanish qoidasi: 
- sovuq vaqtlarda tibbiy yoping‗ichning metallangan qavati ichkariga qilib 
solinadi va unga jarohatlangan kishi qo‗yiladi; 
- yoping‗ichning chekka qismlari qaytarilib oyoqlari va tanasi o‗rab chiqiladi; 


119 
- havo buzuq vaqtlarda (namgarchilik, yog‗ingarchilik) kishining boshi ham 
yopib qo‗yilishi mumkin; 
- yopqich ochilib ketmasligi uchun bir mecha joyidan bint yordamida 
mahkamlanadi. 
Issiq vaqtlarda o‗ta qizib ketmaslik uchun yopqichning metallangan qavati 
yuqoriga qaratilib, jarohatlangan kishi uning tagiga yotqiziladi, bunda kishi 
yopig‗ichga o‗ralmaydi. 
Bolalarni himoyalashni tashkil etish. FVlarda bolalarni himoya qilish katta 
sonli aholining burchidir. Birinchi navbatda ota-onalar, maktabgacha ta‘lim 
muassasalar va maktab xodimlari zimmasiga tushadi. FVlarning boshlanganlngi yoki 
boshlanishi haqida signal olishganda bolalar kattalarning uzluksiz nazoratida 
bo‗lishlari kerak. 
Bolalar himoyasini ishonchli ravishda tashkil etish uchun katta yoshdagi aholi
quyidagi tadbirlarni bajarishini bilishlari kerak: 
-nafas olish a‘zolarini himoya qilish vositalar tuzilishini qo‗llash qoidasini, 
PTM-I va paxta - doka bog‗lashini tayyorlash qoidalarini bilish; 
-nafas olish a‘zolari va teri himoya qilish vositalarini bolalarga kiydira bilish; 
-KZD-4 ga bolalarni yetkazilishini bilish; 
-bolalarni boshpanalar va tana joylarda joylashtirish qoidalarni bilish va 
ularning xulqni nazorat qilish; 
-bolalar dam olishi, ovqatlanishi va tibbiy ko‗rikdan o‗tishini tashkil etish; 
-yosh bolali ayollarni joylashtirish uchun alohida joylar ajratish; 
-ko‗chirish haqidagi buyruq olingandan keyin bolalar hujjatlar, kiyim, oziq- 
ovqatlar bilan ta‘minlangan bo‗lishlari kerak; 
-bolalar cho‗ntagiga ismi sharifi, turar joyi, tug‗ilgan yili va ko‗chirishning 
yakunlovchi punkti yozilgan qog‗oz solib qo‗yish kerak; 
Bolalarning transport vositalariga o‗tkazlishi birinchi navbatda tashkil etilishi 
shart. Bolalar himoyasi katta yoshli aholi oldida turgan eng dolzarb masaladir. Bu 
ma‘suliyatni bajarish uchun butun katta yoshli aholi FVlarda o‗tkaziladigan chora-
tadbirlarni yaxshi bilishlari kerak.

Download 6,38 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish