112
himoyalovchi materiallar orqali o‗tkazishga asoslangan bo‗lib, unda havo RM, ZM,
BV va KTZMdan tozalanadi. Ajratuvchi vositalarning himoyalash xususiyati odam
organizmini tashqi muhitdan to‗liq ajratishga qaratilgan bo‗ladi. Foydalanilishiga
ko‗ra hamma himoyalovchi vositalar quyidagilar: umumharbiy, maxsus,
fuqarolar
uchun mo‗ljallangan va sanoatda qo‗llaniladigan vositalarga bo‗linadi.
Umumharbiy himoya vositalari bilan harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari
ta‘minlanadi.
Maxsus himoya vositalari bilan tankli, aviatsion, kimiyoviy qismlar,
turli xil
qo‗shinlarning bo‗linmalari hamda tibbiy xizmat bo‗limlari yaradorlarga yordam
ko‗rsatishda ishlatilash uchun ta‘minlanadilar.
Fuqarolar uchun ishlab chiqilgan himoya vositalari FM qismlarining harbiy
xizmatchilari va butun aholini ta‘minlash uchun mo‗ljallangan.
Sanoatda maxsus korxonalar, qishloq-xo‗jaligi va boshqa sohalarda kimyoviy
moddalar bilan bog‗liq joylarda himoya vositalari qo‗llaniladi.
Nafas a‟zolarining himoyalovchi vositalari filtrlovchi va ayruvchi vositalardan
iborat. Filtrlovchi vositalarga quydagilar kiradi: protivogazlar G11-5, GP-5M, GP-7,
GP-7V, DP-6, DP-6M, PDF-7, PDF-D, PDF-Sh; respiratorlar R-2, R - 2D, RU-60M;
kameralar – KZD -4, KZD-7. Ayiruvchi vositalarga IP- 4, IP - 6, IP-46, KIP-5,
KIP-7, KIP-8 kiradi. Sanoatda tayyorlangan vositalardan tashqari nafas a‘zolarini
himoyalash uchun oddiy vositalardan foydalanish mumkin.
Ularga paxta-doka
bog‗lami va changga qarshi matoli maska PTM-I kiradi. Protivogazlar nafas
a‘zolarini, yuz va ko‗zni RM, ZM, BV va KTZMdan saqlashga mo‗ljalangan.
GP-5 protivogaz yuz kismi, protivogaz qutichasi va sumkadan iborat.
Sumkada maxsus sovun ―Q&\am‖ bor. Yuz qismi shlem maska oynasi bilan, I nafas
olish, 2 ta nafas chiqarish klapanli qutichadan iborat.
Protivogaz
komplektiga
oynaning
ichki
tomoniga
qo‗yiladigan,
(terlatmaydigan plonkali metall quticha kiradi. Protivogaz qutichasi metaldan
ishlangan bo‗lib ichida ikkita tur shaklida qilindi bo‗ladi. Silindirning tashqi
tomonida tutunga qarshi filtr o‗rnatilgan. Silindrlar
orasida maxsus kimyoviy
moddalar bilan ishlov berilgan aktivlashtirilgan ko‗mir qatlami mavjud va kichik
silindr ichki yuzasida changga qarshi filtr o‗rnatilgan.
Tutunga qarshi filtr havoni aerozollardan tozalash uchun xizmat qiladi,
aktivlashtirilgan ko‗mir adsorbsiya va kimyoviy
neytrallash usuli bilan ZM bulutlarini yutish
uchun mo‗ljallangan.
Tutunga qarshi filtr
aktivlashtirilgan ko‗mir changining bir qismini
tutib qolish uchun xizmat qiladi.
Kerakli hajmni aniqlash uchun santimetr
lentasi bilan bosh o‗lchanadi: aylanasiga engak
orqali o‗tib, boshning yuqori qismidan yana
engakka qaytiladi.
Shu o„lchov natijasida shlem-
maskaning hajmi aniqlanadi:
113
Protivogaz sumkada olib yuriladi, lekin sharoitga ko‗ra 3 holatda olib yurilishi
mumkin ―safar‖, ―tayyorgarlik‖, ―jangovor‖.
Ayiruvchi protivogazlar. Suv bosgan boshpana va binolarda, toza havo
yetishmasligi aniqlangan joylarda qutqarish ishlari olib borilganda foydalaniladi. IP-
46 (yoki IP-46M) ajratuvchi protivogazlar quyidagi asosiy qismlardan iborat:
qat-qat buklanuvchi naychalari yuz qism;
natriy peroksid to‗ldirilgan regenerativ patron;
regenerativ patronnish, u neonga o‗rnatilgan briket va kislotali ampuladan
iborat ishga soluvchi moslama;
nafas olish uchun rezina xalta;
duraluminiydan ishlangan korkas (g‗ilof);
sumka.
Natriy peroksidi kimyoviy bog‗langan kislorodni ajratib, ajralib chiqarayotgan
havodagi karbonat angidrid va suv bug‗larnni yutadi. Regenerativ patronning harakat
vaqti undagi kislorod zaxirasiga qarab belgalanadi: oshrish bajrilganda bir soatga,
o‗rtacha -2 soatga, tinch holatda 4-5 soatga yetadi: suv ostida 30 minutdan ortiq
qolishga ruxsat etilmaydi. Atmosferada bug‗uvchi gazlar (masalan, is gazi) bo‗lsa,
gopkalipt patronidan foydalanish kerak. Unda is gazi karbonat angidridga aylanadi.
Respiratorlar. Respiratorlar nafas a‘zolarini radioaktiv
va tuproq changlari va
bakterial aerozollardan himoya qiladi, hozirgi vaqtda respiratorlardan R-2 va 1PB-1
―lepestok‖ keng qo‗llanilmoqda.
R-2 respiratori nafas olish, nafas chiqarish klapanlari, burun qisqichi va
tasmalari bo‗lgan
yarim maska yuzga keladi, engak va burun uning ichida qolishi
kerak, tasmalar boshga tortiladi.
1PB-1 resshfatori ―Lepestok‖-sintetik filtrlovchi materialdan tayyorlangan
bo‗lib, bir marta foydalanish uchun mo‗ljalangan, kiyish uchun respirator paketdan
olinib, rezina shnurishgacha uch taxminan kerak bo‗lgan uzunlikda cho‗zib
bog‗lanadi, engakdan boshlab yuzga kiyiladi, aluminiy plastinka qisiladi va tasmalar
ensaga bog‗lanadi.
Nafas a‟zolarini himoya qilishini oddiy vositalari. Paxta doka bog‗lami.
Buning uchun 100x60 sm li doka olinib, yertasiga eni va bo‗yi 20x30 sm va qalinligi
1-2
sm qilib paxta solinadi, so‗ng u doka bilan o‗raladi. Dokaning uchlarini 35 sm
dan kesib bog‗ich olinadi, bog‗lam engak, og‗iz va burun berkiladigan qilib tug‗iladi.
Borich uchlari boshning yuqori suyagi va ensa ustidan bog‗lanadi. Changga qarshi
matoli maska PTM-1 oynali korpus va bog‗ichdan iborat. Maskaning korpusi
matodan 4-5 qavat qilib tikiladi, kiradigan teshiklarga o‗lchovi 5,5x4,5 sm.li oyna
qo‗yiladi, bogich 35x70 sm qilib polotnodan tikiladi. Maska boshga yopishib turishi
uchun yuqoridagi chokka rezina qo‗yilib tikiladi, ko‗ndalangiga ham rezina qo‗yiladi.