120
zarbasi, yoriqlik nurlari, oqib kiruvchi radiatsiya, neytron oqimi, teri va kiyimga
radioaktiv moddalar tushishi, zaharli modda, bakterial vositalardan muhofaza qiladi.
5. Terrorizm - mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning
hayoti, sog‗lig‗iga xavf tug‗diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obyektlarning
yo‗q qilinishi xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni,
jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etshidan
tiylishga majbur qilish, xalqaro munosabatlarni murakkablantirish, davlatning
suvereniteti va hududiy yaxlitlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, qurolli
mojarolar chiqarishni ko‗zlab ig‗vogarlik qilish, aholini qo‗rqitish va ijtimoiy-siyosiy
vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan, O‗zbekiston Respublikasining Jinoyat
kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo‗rlik, zo‗rlik ishlatash bilan qo‗rqitish yoki
boshqa jinoiy qilmishdir.
6.
Shaxsiy himoya vositalari ikki guruhga bo‗linadi: nafas a‘zolarini himoya
qiluvchi vositalar va teri himoya viluvchi vositalar. Bular nafas a‘zolarini, ko‗z va
teri qavatlarini radioaktiv moddalar, zaharli moddalar, bakteriologik vositalar va
kuchli ta‘sir etuvchi zaharli moddalar ta‘siridan saqlaydi.