Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

 
Terrorizmga qarshi kurash: 
O‗zbekiston Respublikasining ―Terrorizmga qarshi kurash to‗g‗risida‖gi 
qonuniga muvofiq respublikamizda terrorizmga qarshi kurash qonuniylik, shaxs 
huquqlari erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, terrorizmning oldini 
olish choralari uotuvorligi, jazoning muqarrarligi, terrorizmga qarshi kurash oshkora 
va noooshkora choralari uyg‗unligiga, jalb qilinadagan kuch va vositalar orqali 
terrorchilikka qarshi rahbarlik qilishda yakkaboshchilik tamoyillari asosida olib 
boriladi. Terrorizmga qarshi kurashda O‗zbekiston Resdublikasi Milliy xavfsizlik 
xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‗mitasi, Mudofaa va FVlar 
vazirliklari ishtirok etadi. 
Terror harajtlari bilan bog‗liq vaziyatga tushib qolganda qanday harakat qilish 
kerak? 
 


111 
Garovga tushib qolganda
- aslo vahimaga berilmang; 
- ―hamma qatori‖ bo‗lishga harakat qiling. Ko‗zga tashlanadigan kiyimlardan 
xalos bo‗ling, bo‗yingiz baland bo‗lsa engashing, keskin harakatlar qilmang, 
terrorchining ko‗ziga tik qaramang; 
- atrofdagilarni tinchlantirishga harakat qiling, bunda har qanday usuldan, 
hattoki musht tushirishdan ham foydalanshiingiz mumkin; 
- imkon darajasida binoda xavfsizroq joyni aniqlang (oyna, derazalarda uzoq 
va h.k.); 
- iloji boricha yong‗in vaqtida hayot uchun xavfli bo‗lgan sun‘iy toladan 
tayyorlangan kiyimlardan xalos bo‗ling; 
- ozod bo‗lishingizga bo‗lgan umidni yo‗qotmang. 
Telefon orqali tahdid qilinganda: 
- ilsji boricha ―suhbat‖ni yozib olishga harakat qiling; 
- yozib olish yo‗lga qo‗yilmagan bo‗lsa, suhbatani eslab qolish lozim; 
- qo‗ng‗iroq qiluvchi bilan uzokroq muloqotda bo‗lishga harakat qiling, unin 
yoshiga, millati, jinsini taxminan aniqlashga harakat qiling, ovozi, so‗zlash ohangi, 
nutqiga e‘tibor qarating; 
- qo‗ng‗iroq to‗g‗risida tegishli organlar (ichki ishlar bo‗limi)ga xabar bering
zarur bo‗lsa, odamlarni evakuatsiya qilishni tashkil eting. 
Portlovchi qurilma ishga tushganda
- sodir bo‗lgan voqea to‗g‗risida tegishli joylar (ichki ishlar bo‗limi, qutqaruv
xizmati, hokimiyatining tezkor navbatchisi)ga xabar bering; 
- imkon qadar yuzaga kelgan vaziyatga baho berishga harakat qiling: portlash 
joyi, jarohatlanganlar soni, yong‗in chiqqan-chiqmaganligi va h.k.; 
- voqea joyiga begona va qiziquvchilar yaqinlashishining oldini oling; 
- jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‗rsatishni tashkil eting. 
Shubhali buyum topib olinganda
- zudlik bilan topilgan shubhali buyum to‗g‗risida xabar bering; odamlarni 
xavfsiz joyga olib chiqing; 
- odamlarning shubhali buyumga yaqinlashishlari, radioaloqa vositalari, uyali 
telefon va radioportlatgichning ishlab ketishiga sabab bo‗lishi ehtimoli bo‗lgan 
vositalardan foydalanishga yo‗l qo‗ymang; 
- huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari yetib kelshini kuting. 

Download 6,38 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish