Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

Yer osti qurilmalaridan boshpana sifatida foydalanish.FVlar sodir bo‗lganda 
panajoy sifatida metropolitenlardan foydalanish mumkin. Bu alohida uchastkalarda 
joylashgan chuqurlashtirilgan temir-beton germetik qurilmalardir. Metropoliten ham 
yer osti muhofaza inshootlariga kirishi mumkin. Bulardan tashqari yer to‗lalar, 
alohida turdagi chuqurliklar, binolarning pastki ratlari, qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlarini saqlash uchun mo‗ljallangan omborlar va boshqa qurilmalarni yer osti 
muhofaza qurilmalari sifatida ishlatish mumkin. 
Oddiy turdagi boshpana yoki pana joylarga yerto‗lalar, alohida turdagi 
chuqurliklar, binolarning pastki ratlari, qishloq xo‗jalik mahsulotlarini saqlash uchun 
qurilgan 
omborlar 
va 
boshqa 
qurilmalar 
moslashtiriladi. 
Ular 
qurilish 
konstruksiyasiga ko‗ra, oddiy himoya inshootlariga kiradi. Chunki, uni qurish uchun 
qisqa vaqt sarf etiladi. 
Oddiy pana joylar ochiq va yopiq ko‗rinishda bo‗ladi. Tirqishlar (teshiklar)ni 
aholi qo‗lda bor vositalar bilan mahalliy materiallardan tayyorlaydi. Ochiq tirqish 
to‗lqin zarbasini 1,5-2 marotaba, yorug‗lik nurlari va oqib kiruvchi radiatsiyani 1,5-2 
marta, radioaktiv zaharlanish hududida nurlanish darajasini 2-3 marta kamaytiradi. 
Yopiq tirqish yorug‗lik nurlaridan to‗la, to‗lqin zarbasidan 2,5-3 marta, oqib 
kiruvchi radiatsiya va radioaktiv nurlanishdan 200-300 marta muhofazalaydi. U teri 
va kiyimga radioaktiv, zaharlovchi modda va bakteriyali vositalar tushishidan 
saqlaydi. U ochiq joyda ustiga hech narsa qulamaydigan, yomg‗ir suvi, suv 
bosmaydigan joyga quriladi. Oldin ochiq holda tayyorlanadi. U ilon izi kabi to‗g‗ri 
chiziqli 15 metrdan ortiq bo‗lmagan bir nechta qismlardan (bo‗lak) iborat. 
Chuquirligi 1,8-2 metr, yuqori qismining kengligi 1,1-1,2 metr, tubi 0,8 metr. Tirqish 
uzunligi har bir odamga 0,5-0,6 metr hisobida aniqlanadi. 
Tirqishlarining sig‗im miqdori 10-15 odamdan ko‗pi bilan 50 odamgacha. 
Tirqishlar ochiq yer to‗laday qaziladi, taxta, yog‗och bilan mahkamlanadi, ostidan 
uzunasiga kichik ariqcha qaziladi. O‗tirishga so‗ri tayyorlanadi. Ustini yog‗och 
bo‗laklari, taxta yoki boshqa materiallar bilan yopib, qalinligi 20 sm. Qilib suvab, 
ustidan yana chetlarining qalinligi 20 sm., o‗rtasi 40 sm. qilib tuproq tortib 
mahkamlanadi. Chetlariga ikki tarafdan ariqchalar qaziladi. Yomg‗ir suvi oqib ketishi 
uchun tomining umumiy qalinligi 50-60 sm. bo‗ladi. 
Kichik-kichik eshiklar zich yopilgan dahlizdan ichkariga kiriladigan eshikka 
qalin matodan parda yopiladi. 
Panajoy tarkibiga kiruvchi joylarni germetizatsiya, ya‘ni havo o‗tmaydigai
qilish uchun sinchkovlik bilan hamma teshiklarini, tirqishlar, yoriqlar, tepadagi ochiq 
oynalarni, deraza teshiklarini, isitadigan va suv o‗tkazadigan quvurlarda hosil bo‗lgan 
teshik joylar yopib chiqiladi. Eshiklarni ruberoid, linoleum va boshqa qalin 
materiallar bilan, ularning chetlarini esa rezina bilan o‗rab yopishtirib chiqiladi. 
Maxsus joylarning himoya xususiyatini oshirish uchun devorlar, eshiklarning 
qalinligini oshirish, panajoylarning himoya qilish xususiyatini oshirish uchun 
yog‗och yoki temir tirgaklar, balonlar o‗rnatishni kuchaytirish kerak. Yerning ustki 
qatlamidan yuqorida joylashgan devorlarning tashqi tomonidan chiqish uchun deraza 
va qo‗shimcha eshiklar quriladi. Zaruriyatga qarab, uni pana qilish kuchaytiriladi, 
so‗ngra uning ustiga 60-70 sm qalinlikda tuproq sepiladi, havo tortib oluvchi 


106 
moslama qo‗yiladi, eshikdan gamma nurlarining kirishidan himoyalanish uchun 
kirish qarshisida 1,5 metr masofada 40-50 sm qalinlikda g‗ishtdan devor quriladi. 
Panajoy ostidagi binolarning birinchi qavatlarini maxsuslashtirishda himoya 
xususiyatini oshirish, hamma joylarni berkitish ishlari olib boriladi, ochiq joylarni 
g‗isht, qum solingan, qop bilan berkitib chegaralanadi va h.k. 
Sabzavot saqlanadigan ichki kurilmalarning devorlaridagi barcha teshik va 
yoriq joylar sinchkovlik bilan berkitilib chiqilishi kerak. Panajoyning tuproq katlami 
60-70 sm gacha oshirib boriladi va devorni yer ustidan baland qilish uchun tuproq 
sepiladi. Sabzavot saqlanadigan panajoy ichiga faqat bitta kiradigan eshik qoldiriladi, 
qolganlari esa ko‗rinmaydiga qilib tuproq bilan yopib tashlanadi. 
Tog‗kon sanoati va ko‗mir sanoati bor rayonlardagi aholi panajoy sifatida 
shaxtalardan ham foydalanishlari mumkin, qora va rangli metallurgiya zavodi 
ishchilari, qurilish materiallari ishlab chiqaradigan zavoddagilar va boshqalar yer osti 
yullaridai foydalanishi mumkin. Kirish joylarning qurilishi va avariya holatlarida 
chiqib ketish joylari, avariya holatlarda odamlarni tepaga ko‗tarilishi uchun vertikal 
zinapoyalar tayyor holatda turishi, panajoylarni toza havo bilan ta‘minlash, ichimlik 
suvi yetkazib beradigan quvurlar tayyor holda turishi va boshqalar kiradi. 
Jihozlanishning asosiy shartlari: 
-kimyoviy va germetik to‗siqlarni o‗rnatish; 
-kirish yo‗llarini odamlarni tez o‗tkazish uchun ta‘minlash; 
-odam ko‗tarish uchun mexanizmlarni tayyorgarlik holatiga keltirish;.
-yashirinuvchilarni hayot faoliyati uchun kerakli hamma narsalar bilan 
ta‘minlash; 
-yashirinuvchilarning 
shaxta 
suvlaridan 
foydalangan 
holda 
suv 
manbalarini tashkil qilish; 
-boshqaruv va sanitar punktlarini, oziq-ovqat omborlarini, aloqa uzatishni va 
qabul qilishni ta‘minlash; 
-iloji boricha ikki qavatli so‗rilar va o‗rindiqlarni o‗rnatish; 
-yong‗inga qarshi vositalar bilan kerakli miqdorda ta‘minllash kerak. 
Yer osti qurilmalarida havo oqib keladigan kanalning ichiga changni ushlab 
qoladigan ramka ko‗rinishidagi filtr, ustiga doka tortilgan teshikli material o‗rnatiladi.
Turli xil rastiastiya va boshqa shu kabi ofatlardan aholini himoya qilish uchun 
yer osti qurilmalariga quyidagi talablar qo‗yiladi: 
-uch sutkadan kam bo‗lmagan muddatda saqlash; 
-suv bosmaydigan joylarga qurish; 
-oqar suvlardan, kanalizatsiya kommunikatsiyalardan hamda qurilish 
kommunikatsiyalardan uzoqroq joylarda qurish; 
-chiqish va kirish eshiklari bo‗lishi.
Yer osti qurilmalari asosiy va yordamchi binolardan iborat bo‗ladi. Asosiy 
binoda yashirinuvchilarni joylashtirish joyi ikki yoki uch qavatli so‗ri mavjud bo‗lishi 
mumkin. Ikkinchi yordamchi binoda sanitariya tarmog‗i, havoni tozalab almashtirib 
beruvchi kamyera va sig‗imi katta inshootlarda tibbiyot xonasi, oziq-ovqat 
saqlanadigan ombor, artezan quduq va dizelli elektorotsansiya uchun joy mavjud 
bo‗ladi. Saqlanish joyida qoidaga muvofiq kamida ikkita kirib-chiqish eshiklari 
bo‗ladi.


107 

Download 6,38 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish