104
400 marta kamaytiradi.
Nurlannshga qarshi panajoylar, ularning ichki jihozlanishi. Kollektiv himoya
vositalariga radioaktiv zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan himoyalovchi
maxsus jihozlangan muhandislik inshootlari va obyektlari kiradi. Ushbu inshootlar
odamlarni
yadro quroli, zaharlovchi moddalar va bakterial vositalar hamda oddiy
qurollar ta‘siridan himoya qilishga mo‗ljallangan.
Kollektiv himoya qilish vositalari fuqarolarni ommaviy zarar yetkazuvchi
qurollar ta‘siridan to‗liq saqlaydi va ularning ikkinchi xiliga radiatsiyaga qarshi
panajoylar kiradi. Ushbu inshootlar radioaktiv zararlanish paydo bo‗lgan joylarda
odamlarni radiatsion zararlanishdan va yorug‗lik nurlanishdan himoya qiladi.
Bundan tashqari panajoylar o‗tuvchi radiatsiyadan, qisman yadro portlashining
zarb to‗lqinidan, zaharlovchi moddalarning suyuq tomchisidan va bakterial vositalar
ayerozollarning bevosita odamlar terisi va kiyim-kechaklariga tushishidan saqlaydi.
Radiatsiyaga qarshi panajoylarning radioaktiv nurlanishlaridan
himoya qilish
xususiyatlari, uning himoya koeffitsiyenti bilan baholanadi. Himoya koeffitsiyenti
radiatsiyaga qarshi panajoyning radiatsiya ta‘sirini necha marta kamaytirishini,
fuqarolarning nurlanish dozasini qancha kam olishini ko‗rsatadi. Radiatsiyaga qarshi
panajoylarning himoya koeffitsiyenti juda yuqori bo‗ladigan qilib quriladi. Masalan,
yog‗och uylaridagi yer to‗lalar radiatsiya nurlanishini 7-12 marta kamaytiradi, g‗ishtli
binolar esa 200-300 marta kamaytiradi.
Nurlanishga qarshi panajoylar mahalliy uskunalardan quriladi. Panajoylar
qurilishi uchun avvalambor o‗ra qaziladi va unga ustunlar o‗rnatiladi. Ustunlarni
o‗rnatish uchun turli konstruksiyadagi: yalpi rom, rom-blok, sinch devor, temir beton
va boshqa materiallardan foydalaniladi. O‗ralar va ustunlar orasidagi barcha teshik va
yoriqlar tuproq bilan to‗ldiriladi. Panajoylarning qarama-qarshi
tomonlariga qalin
eshik quyiladi va bu yerdan tambur uchun joy ajratiladi. Kirish joylarning o‗lchami
80-180 sm. bo‗lishi kerak. Panajoy ichining balandligi 2 metrdan kam bo‗lmasligi
kerak, polning yuzi bir odamga 0,5 metr, sig‗imi 5 tadan 50 ta odamgacha va undan
ko‗proq bo‗lishi mumkin. Panajoy ichiga suv yig‗iladigan kanal qaziladi, chiqish
tomoniga qiyalab to‗g‗rilab qo‗yiladi.
Panajoy atrofida ham kanal qaziladi. Odamlar dam olishi uchun ikki qavatli
so‗ri va kursilar o‗rnatiladi. Panajoyda havo beradigan qurilma bo‗ishi zarur. Havo
haydaydigan yo‗llar yerdan 3 metr balandlikka joylashgan bo‗lishi kerak, shuning
bilan birga panajoyni to‗satdan yuz beradigan portlashdan
himoya qilishga moslab
qurish kerak. Havo berish me‘yori panajoyda o‗tirgan bir kishiga soatiga 2-3 kub
metr bo‗lishi kerak. Panajoyda ishlayotgan bir kishiga uchun havo berish me‘yori esa
soatiga 5 kub metrni tashkil etish kerak. Panajoyga umumiy isitish tizimi tarmog‗i
o‗tkaziladi. Suv bilan ta‘minlash vodoprovod orqali amalga oshiriladi va albatta suv
zaxirasi tayyorlanib qo‗yiladi. Har bir kishi uchun suv zaxirasi bir kunga 6 litrni
tashkil qilishi kerak. Chiroq elektr tarmog‗idan olinadi, avariya holatlarida esa
akkumulatordan va kichkina elektrofonarlardan foydalanish mumkin.
Texnogen turdagi FVlar (kuchli ta‘sir etuvchi moddalarning oqishi, tarqalishi)
sodir bo‗lganda panajoylarda ishchi va xizmatchilar hamda aholini hayot faoliyatini
ta‘minlashni tashkil etish va o‗z vaqtida bu borada kerakli tadbirlarni olib borish
usullari qonunda ko‗rsatilganidan obyekt rahbari - FM boshlig‗ining
zimmasiga