103
zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalar aerozollarining kirishidan saqlanish
va uni himoya qilishga tayyorlanish uchun binolarni germetiklashtirish kerak hamda
barcha tirqishlar berkitishi lozim bo‗ladi.
Bundan tashqari uyning nurlanish ta‘siridan saqlash uchun hiomya vositalarini
kuchaytirish kerak. Buning uchun deraza bo‗shlig‗ini tuproq to‗ldirilgan qoplar bilan
yopiladi, bir qavatli bino devorlarining qalinligini oshirish uchun 1,0 dan 1,8 metr
balandlikda tuproq bilan to‗ldiriladi. Sepilgan tuproqni qattiq qilish uchun taxtadan
foydalanish mumkin. Qishloq joylarda uylarni germetizatsiya qilishda tashqaridagi
shaxta quduqlarining atrofini 1-1,5 metrga stement, loy va shu kabilar bilan yopish va
germetizatsiya qilish zarur. Uylarni germetizatsiya qilish tadbirlarini o‗tkazish
ma‘lum miqdorda nurlanish, zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalar
aerozollarining kirishini va odamlarning zaharlanishini kamaytiradi.
Radioaktiv moddalar yoki boshqa zaharli moddalar bilan bog‗liq FVlar sodir
bo‗lganda aholining har bir harakati FM xodimlarining nazoratlari ostida bo‗lishi
lozim.
Yashash joylarda, obyektlar hududidagi suvlarning radioaktiv moddalar va
boshqa turdagi zaharli moddalar bilan zaharlanish darajasini aniqlash uchun suvdan
1,5 yoki 10 (bir chelak) hajmda na‘muna olinadi. Asbob suv betiga parallel vaziyatda
0,5-1,0 sm. balandlikda qilib tutiladi va mikroampermetrning ko‗rsatishlari
yordamida aniqlanadi. Shuning uchun radiatsiyali moddalar bilan zaharlangan
hududda FM organlari xodimlari ruxsatisiz ichimlik suvlaridan foydalanish maqsadga
muvofiq emas.