Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

Ko„chki xavfi mavjud joylardan aholini ko„chirish. Bunday ko‗chirishlar qor 
ko‗chish xavfi tug‗ilganda, shuningdek, qor ko‗chkisi tushib bo‗lgandan keyin 
(turmush kechirishni ta‘minlash obyeklari buzilganda) o‗tkaziladi. Ko‗chki hududiy 
tamoyilda bir bosqichda o‗kazilib, cheklangan xarakterda bo‗ladi hamda oldindan 
o‗tkaziladigan, buning iloji bo‗lmaganda esa shoshilinch o‗tkaziladi. 
Halokatli 
suv 
toshqin 
va 
toshqin 
vaqtida.Ko‗chirish 
gidrotexnika 
inshootlarining buzilish xavfi tug‗ilgan yoki buzilgan holatlarda yohud suv 
havzalaridagi suv sathi ko‗tarilib ketganda (toshqinda), shuningdek, obyektlar va 
turmush kechirishni ta‘minlash tizimlarini suv buzib ketganda o‗tkaziladi. 
Ko‗chirishlar cheklangan yoki mahalliy xarakterda bo‗ladi. Oldindan o‗tkaziladigan 
ko‗chirishlarda KIP yo‗lga qo‗yiladi (ishlab chiqarish hududiy tamoyilida). Oldindan 
o‗tkazish davri qisqa bo‗lganda aholini ko‗chirish hududiy tamoyilda 1 yoki 2 
bosqichda o‗tkaziladi. 
Ko‗chirish ishlari bo‗yicha farmoyish olingandan so‗ng tadbirlar to‗rt soat 
ichida bajarilishi kerak. Farmoyish berilgandan so‗ng FMB, qarorgohi, ko‗chirish 
komissiyasi, ko‗chirish boshlanganligi haqida ko‗chirish punktlarini, qabul qilish 
punktlarini, oraliq punktlarini ogohlantiradi. Aholi transport turlarida kolonna bo‗lib 
kuzatuv asosida, yo‗l harakatiga rioya qilgan holda ko‗chiriladi: 
 ko‗chiriladigan aholi, jumladan piyoda tartibda va transportda 
ko‗chirilganlar sonini aniqlash, transport vositalarini transportga chiqish bekatlari 
(punktlari) bo‗yicha taqsimlash, marshrut kolonnalari hisoblanganiga aniqlik kiritish 


97 
na ularni piyoda yo‗nalishlarga biriktirib qo‗yish; ko‗chirish yo‗llarini tayyorlash, 
yo‗l belgilari va ko‗rsatgichlar qo‗yish, qo‗nib o‗tish joylarini jihozlash; 
 KIPni, transportga chiqish-tutish punktlarini yo‗lga qo‗yishga tayyorlash;
xabarlash va aloqa tizimlari shayligini tekshirish; mavjud muhofaza inshootlarini 
shay holatga keltirish.
Aholini ko‗chirishda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: 
 ko‗chirish boshlangani va tartibi haqida ko‗chirish tashkilotlari, korxonalar 
va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek aholiga xabar berish; 
 ko‗chirish tashkilotlarini yo‗lga qo‗yish va shay holatga keltirish; 
 ko‗chiriladigan aholini yig‗ish va xavfsiz joylarga jo‗natishga tayyorlash; 
piyoda kolonnalarni tuzish va yo‗nalishlardagi boshlang‗ich punktlarga olib chiqish; 
transport vositalarini aholining transportga chiqish va undan tushish punktlariga 
keltirish hamda aholini transportga chiqarish. 
 ko‗chirilgan aholini oldindan tayyorlab qo‗yilgan, turmush kechirish 
mumkin bo‗lgan sharoitlar ta‘minlangan xavfsiz joylarga qabul qilish va 
joylashtirish. 
Har bir alohida FVlarda aholini ko‗chirishining o‗ziga xos xususiyatlari 
bo‗ladi. 
Yer qimirlaganda (zilzilada): Aholini ko‗chirish mahalliy, yohud mintaqaviy 
tusda bo‗lishi mumkin. Ko‗chirishni o‗tkazish odatda yo‗l-transport imkoniyatlariga 
qarab belgalanadi. Ko‗chirish shikastlangan joylarda KIP yo‗lga qo‗yilib, bir 
bosqichda ishlab chiqarish va hududiy tamoyillarda amalga oshiriladi.
Radioaktiv zaharlanishda: Ko‗chirish mahalliy, yohud mintaqaviy tusda 
bo‗lib, alohida (bolalar uyi, tibbiyot muassasalari, internatlar va h.k.dan tashqari) 
obyektlarda hududiy tamoyilda amalga oshiriladi. Aholini ko‗chirish 2 bosqichda 
o‗tkaziladi:
1-transportga chiqarish joyidan KOP gacha. 
2-KOPdan rejadagi joylashtirish joylargacha. 
Kimyoviy zaharlanishda:Hozirgi kunda mutaxassislar tahlil qilib aniqlangan 
ma‘lumotlarga ko‗ra, kimyoviy xavfli inshootlarda bo‗ladigan halokatlar tufayli tez 
ta‘sir etuvchi zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishiga bir qator sabablar 
mavjud. 
Asosiy sabablar quyidagicha: 
 korxonadagi texnologik jihozlarning nosozligi; uzoq muddat ishlatilgan 
uskuna-jihozlarning eskirishi; moddalarning ishlab chiqarishda, saqlashda, tashib 
oborishda yo‗l qo‗yilgan xatoliklar tufayli; 
 portlash, yong‗in sodir bo‗lishi, halokatlar tufayli; moddalar bilan ishlashda, 
ularning saqlashdagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etmaslik; chetdan olib 
kelingan texnologik jarayon xavfsizlik talablariga to‗liq javob bermasligi; 
 korxonada mehnat intizomi past, mutaxassis va ishchilarning malakasi 
yetarli emasligi; mahsulot ishlab chiqarishda murakkab texnologik jarayoni 
qo‗llanishi. 
Kimyoviy va radiatsiyali muhofazaning asosiy vazifalari quyidagilardan 
iborat
1. FVning vujudga kelishini oldindan taxmin qilish va sharoitga baho berish. 


98 
Buning uchun shu kimyoviy radiatsiyali xavfli obyekt joylashgan hudud to‗g‗risida 
aniq ma‘lumotlarga, moddalarning miqdori, turi, saqlash sharoiti, saqlash joyi aholi 
yashaydigan joydan qanday oraliqda joylashganligi to‗g‗risidan aniq ma‘lumotlarga 
ega bo‗lishlari kerak. 
2. Kuchli ta‘sir etuvchi zaharli modda (KTZM) va radioaktiv moddalarni 
maxsus saqlash joylariga chiqarib tashlash, moddalarning ta‘sirini oldini olishga, 
ta‘sirini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish. 
3. Fuqarolarni kerakli miqdorda shaxsiy himoya vositalari bilan ta‘minlashni 
tashkil etish. 
4. Kimyoviy va radiatsiyali nazorat va tekshirish ishlarini o‗z vaqtida amalga 
oshirish. 
5. FVlarning oldini olish va unga barham berish uchun kerakli kuch va 
vositalarni doimo shay turishini ta‘minlash. 
6. Kimyoviy va radiatsiyali xavf vujudga kelgan FVlarda fuqarolarni qanday 
vazifalarni bajarishlari lozimligiga tayyorlab borish. 
Kimyoviy va radiatsiyali vaziyatni oldindan taxminlash va baholab borish. 
Vaziyatni oldindan taxminlashga quyidagilar kiradi
 FVning aniq turini bilish; vaziyat tafsiloti va ko‗lamini aniqlashning 
ishonchli usullarini, uskuna – jihozlarini topish; 
 FM kuchlarini va aholini o‗z vaqtida ogohlantirish; talafotlar va moddiy 
zararlarning oldini olish yoki ularning ta‘sir kuchini mumkin bo‗lgan darajada 
kamaytirish yuzasidan kerakli choralarni ko‗rish. 
Aholini evakuatsiyasi FM organlarining ko‗rsatmasi bilan amalga oshiriladi. 
Ko‗rsatmalarin olgach odamlar eng kerakli narsalarni yig‗ishlari lozim, 2-3 kunga 
yetadigan oziq-ovqat, ichimlik suvini, dori qutisi, pullar, hujjatlar va bog‗cha 
bolalarini evakuatsiyaga tayyorlash va aytilgan vaqtda KIPda bo‗lishi kerak. KIPda 
aholi ro‗yxatga olinadi. KIP ishchilari boshchiligida vagonlarga taqsimlanadi
avtomobillar, yayov kolonnalar va avtomobillarga taqsimlanadi, belgilangan vaqtda 
jo‗natiladi va jo‗nash punktlariga olib chiqiladi. 
Yayov evakuatsiya qilinadigan aholi kalonnalarga 500-1000 kishiga bo‗linadi, 
kolonnalar esa 50-100 kishilik guruhlarga bo‗linadi. Obyekt boshliqlari kolonna 
boliqlarini tayyorlashadi harakat tezligi 3-4 km.soat mo‗ljallangan. 
Kolonnalar o‗rtasida masofa 500 metr qilib belgilanadi. Har bir 4-1,5 soat 
yurgandan keyin 15 minut dam olinadi, sutkaning ikkinchi yarimida 1-2 soat dam 
olinadi. Evakuatsiya qilinganlarni joylashtirish ishlarini mahalliy viloyat, tuman 
boshliqlari amalga oshiriladilar. 

Download 6,38 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish