91
3-bob. FAVQULODDA VAZIYATLARDA AHOLINI MUHOFAZA QILISH
3.1. FVlarda aholini himoya qilishning asosiy usullari. Aholini ko„chirishni
tashkil etish va o„tkazish
Favquloddagi vaziyatlarda aholini muhofaza
qilish FMning asosiy
vazifalaridan biridir.
Tinchlik vaqtida favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilishning asosiy
yo„nalishlari quyidagicha:
1. Aholini favqulodda vaziyat boshlanishi yoki boshlanganligi haqida xabardor
qilish.
2. Aholini FV sodir bo‗lgan joylardan boshqa xavfsiz
joylarga evakuatsiya
qilish.
3. Aholini FMni muhofaza qilish joylariga ko‗chirish (berkitish).
Harbiy harakatlar vaqtida aholini FVlardan muhofaza qilishning asosiy
yo„nalishlari quyidagicha:
1. Aholini FMning muhofaza qilish joylariga berkitish.
2.
Aholini evakuatsiya qilish, ishchi va xizmatchilarni va ularning oilalarini
birinchi kategoriya obyektlaridan, shahardan tashqarida joylashgan, xavfsiz zonalarga
va shahar tashqarisidagi hududlarga ko‗chirish.
3. Aholi tomonidan shaxsiy individual himoya vositalarini nafas olish va terini
himoya qilish uchun ishlatladigan anjomlardan, tibbiy vositalardan foydalanish.
Radioaktiv zararlanish va kimyoviy zaharlanish paytidagi chora-tadbirlar.
1. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish.
2. FMning muhofaza qurilmalarida berkinish va eng oddiy joylarda berkinish.
3. Zaharlangan joylarda bo‗lganda belgilangan tartiblarga rioya qilish.
4. Zaharlangan joylardan zaharlanmagan joylarga evakuatsiya qilish.
5. Tibbiyot vositalarni ishlatishni qo‗llash.
6. To‗la va qisman sanitariya tadbirlarini olib borish.
Suv bosgan joylarda aholini muhofaza qilish:
1. Aholini
asosan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish.
2. Suv toshqini mumkin bo‗lgan hududlarda
yashovchi aholini oldindan
ogohlantirish, sodir bo‗lgan taqdirda qanday choralarni ko‗rishni oldindan
tushuntirish.
3. Tezkor evakuatsiya zarur bo‗lmagan vaqtda balandroq joylarga chiqib olish,
keyinchalik esa xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish.
Aholini muhofaza qilishda
FM muhandislik xizmati, ishchilar,
korxona
ishchilari quyidaga ishlarni o‗tkazishlari kerak:
1. FM muhofaza qilish joylarini qurish,
shuningdek, yer osti qurilmalarini
ta‘mirlash (yerto‗lalarni, yer osti o‗tish joylarini).
2. Qutqarish ishlarida ishtirok etish
va boshqa ishlarni bajarish, imoratlarni
tiklash, fuqaro muhofazasi qurilmalarini va muhandislik qurilmalarini tiklash.