Cheklangan ko„chirish. FV manbai shikast omillarining ehtimol bo‗lgan ta‘sir
zonasi shahar, kichik tuman yoki qishloq aholi punkti chegarasi ichidan chiqmay,
ko‗chiriladigan aholi soni bir necha ming kishidan oshmagan taqdirda o‗tkaziladi.
Bunday holda ko‗chirilgan aholi, odatda, FV zonasiga tutash aholi punktlariga yoki
shaharning shikastlanmagan tumanlariga (FV manbaining shikastlovchi omillari ta‘sir
zonasidan tashqarida) joylashtiriladi.
Mahalliy ko„chirish o‗rtacha kattalikdagi shaharlar, yirik shaharlarning
alohida tumanlari, qishloq tumanlari FV zonasiga tushib qolgan hollarda o‗tkaziladi.
Bunda ko‗chiriladigan aholining soni bir necha mingdan o‗nlab ming kishigacha
yetishi mumkin bo‗lib, ular, odatda, FVlar zonasi bilan yondosh xavfsiz joylarga
93
joylashtiriladi.
Mintaqaviy ko„chirish shikastlovchi omillar anchagina keng moydonga
yoyilib, yirik shaharlarni ham o‗z ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan bitta yoki
bir necha mintaqa hududini qamrab olganda amalga oshiriladi. Mintaqaviy
evakuatsiyada FV zonasidan transportda (piyoda) olib chiqiladigan aholi domiy
yashab turgan joylaridan anchagina uzoqqa ko‗chirilishi mumkin.
FV zonasiga tushib qolgan aholining qanchasi ko‗chirish tadbirlari bilan
qamrab olinganiga ko‗ra, ko‗chirishning ikki turi bo‗lishi mumkin:
1. Yalpi ko‗chirish.
2. Qisman ko‗chirish,
Yalpi ko‗chirish FV zonasidan hamma toifa aholi olib chiqilishini nazarda
tutadi. Qisman ko‗chirish FV zonasidan mehnatga layoqati bo‗lmagan aholi,
maktabgacha yoshdaga bolalar, maktab, hunar-texnika bilim yurtlari o‗qituvchilari
olib chiqilishi zarur bo‗lganda o‗tkaziladi.
Aholini ko‗chirishning ko‗rsatilgan variantlari xavfning yoyilish ko‗lami va
tavsifiga, uning amalga oshishining oldindan taxmini qanchalik ishonchliligiga,
shuningdek, FVlar manbai shikastlovchi omillarining ta‘sir zonasidagi ishlab
chiqarish obyektlaridan xo‗jalikda foydalanish istiqboliga qarab tanlanadi. Odamlar
hayoti va salomatligiga xavf borligi aholini ko‗chirish haqida qarorga kelish uchun
asos hisoblanadi.
Aholini ko‗chirish haqida qarorga kelish huquqi O‗zbekiston Respublikasi
subyektlarining hududida FVlar yuzaga kelgan yoki FVlar xavfi oldindan taxmin
qilinayotgan ijroiya hokimiyat idoralarining mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish
tashkilotlarining rahbarlarida bo‗ladi. FVlarlarning tarqalish chegarasiga, ko‗lamiga
va ko‗chirishning qanchalik shoshilinchligi talablariga qarab mahalliy yoki
mintaqaviy xarakterga ega bo‗ladi. Shoshilinch - kechiktirib bo‗lmaydigan yoki
oldindan o‗tkaziladigan ko‗chirish tegishli FM boshliqlarining ko‗rsatmalari
(farmoyishlari)ga binoan amalga oshiriladi.
Kechiktirmay qarorga kelish talab qilinadigan holatlarda cheklangan
xarakterdagi shoshilinch ko‗chirish potensial xavfli obyektning navbatchi
yo‗riqchilik xizmati boshlig‗ining ko‗rsatmasi (farmoyishi)ga binoan o‗tkazilishi
mumkin. Boshqaruvning hududiy, idoraviy, obyekt idoralari FM boshliqlari
ko‗chirishga umumiy rahbarlik qiladi.
Aholini ko‗chirish tadbirlarini bevosita tashkil etish va o‗tkazishga esa viloyat,
shahar, tumanlar ma‘muriyati va iqtisodiyot obyekti boshqaruv organlari tashkil
etadigan aholini ko‗chirish tashkilotlari rahbarlik qiladi.
Aholini ko‗chirish tadbirlarini yaxshilab o‗ylab rejalashtirish hamda
transportni, yo‗llarni, ko‗chirish tashkilotlarining ko‗chiriladigan aholi boradigan
xavfsiz joylarni oldindan tayyorlab qo‗yishi, shuningdek, aholining FM sohasida har
tomonlama tayyorgarlik ko‗rishini talab etadi. Bunday tayyorgarlikni ijroiya
hokimiyati idoralari va iqtisodiyot obyektlari boshqaruv tashkilotlarining FM
boshlig‗i bo‗lgan rahbarlari tashkil etadi va o‗tkazadi.
Aholini evakuatsiya qilish ishlab chiqarish-hududiy va hududiy tamoyillari
asosida rejalashtiriladi, tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish-hududiy tamoyili FVlar zonalaridan ishchilar, xizmatchilar,
94
talabalar, o‗quvchilar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, o‗quv yurtlari bo‗yicha,
ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish sohasida ishlamaydigan boshqa aholini esa turar
joydan foydalanish organlari orqali turar joylari bo‗yicha transportda (piyoda) olib
chiqishni nazarda tutadi.
Muayyan holatlarda evakuatsiya hududiy tamoyilda, ya‘ni aholini ko‗chirish
e‘lon qilingan paytda bevosita aholi yashab turgan joyidan amalga oshirilishi
mumkin. Aholini ko‗chirish usullariga qarab, 3 ga bo‗linadi:
1.Transportda.
2. Piyoda tartibda.
3. Aralash usul.
Aralash usul eng samarali va eng maqbul usul hisoblanadi. U mavjud transport
yordamida iloji boricha eng ko‗p ishlovchilar bilan bir vaqtda aholini qolgan qismini
birga qo‗shib olib chiqishga asoslanadi. Bunda asosan piyoda tartibda yura
olmaydigan aholini transportda olib chiqish rejalashtiriladi.
Aralash usul FV zonolaridan aholini ko‗chirish tadbirlarini eng qisqa muddatda
o‗tkazish talablariga juda mos keladi.
Ko‗chirilgan aholi xavfsiz joylarda maxsus buyruq bo‗lguncha joylashtirib
turiladi. Aholini ko‗chirish tadbirlarining hajmi kunligi, tashkil etish va o‗tkazishdagi
murakkabliklari ko‗chirish tashkilotlarini tuzishga hamda ularning aholini
ko‗chirishga sifatli tayyorgarlik ko‗rishlariga kuchli talablar qo‗yadi.
Aholini ko‗chirishni tashkil qilishni rejalashtirish, tashkil etish va o‗tkazish
bevosta shahar, tuman va viloyatlarning ko‗chirish tashkilotlari, hokimiyat idoralari,
FVlar FV boshqarmalari va bo‗limlariga yuklatiladi. Quyidagilar ko‗chirish
tashkilotlari tarkibiga kiradi:
- aholini ko‗chirish hay‘atlari (AKH);
- ko‗chirilganlarni qabul qilish hay‘atlari (KQQH);
- ko‗chiriladiganlarning intilish punktlari (KIP);
- ko‗chirilganlarni qabul qilish punktlari (KQQP);
- ko‗chirishning oraliq punktlari (KOP);
- piyoda ko‗chirilganlarning yo‗llaridagi boshqaruv guruhlari;
- ko‗chiriladigan aholini transportda (piyoda) olib chiqish tezkor guruhlari -
aholini ko‗chirish hay‘atlari (AKH)
FVDTning ishchilar, xizmatchilar va aholini ko‗chirish rejalashtirilayotgan
hamma hududlarda ko‗chirish hay‘at (KH) tashkil etiladi.
Hududiy - ko‗chirish hay‘atlari tarkibiga tegishli ma‘muriyat rahbarlari qarori
bilan o‗sha ma‘muriy-hududiy bo‗linmalarning mas‘ul xodimlari tayinlanadi.
Ko‗chirish hay‘atining raisi etib, odatda, ma‘muriy-hududiy bo‗linma rahbarining
o‗rinbosari tayinlanadi. Ko‗chirish hayati tarkibiga a‘zo etib, sog‗liqni saqlash,
ta‘lim, ijtimoiy ta‘minot idoralarining, transport tashkilotlarining, ichki ishlar
boshqarmalarining rahbarlari, garnizon yoki harbiy komissarlik boshliqlarining
vakillari tayinlanadi.
Ko‗chirish hay‘atlarida ish yuritish va texnik ishlarni bajarish uchun hududiy
boshqaruv idoralarining ma‘muriyat xodimlaridan ishchi apparat tayinlanadi.
Ko‗chiruv hay‘atlarining ishchi apparati ish yunalishlari bo‗yicha bo‗linadi hamda
mahalliy sharoitni hisobga olib, bir necha tashkiliy guruhlardan iborat bo‗lishi
95
mumkin. Bular, masalan, transportda va piyoda olib chiqiladigan aholini hisobga
olish guruhi, ko‗chirish transporti guruhi, ko‗chirilgan aholini hisobga olish, qabul
qilish va xavfsiz joylarga joylashtirish guruhi, ko‗chirish tadbirlarini ta‘minlash
guruhi va h.k.
Obyekt aholini ko‗chirish haytatiga, odatda, korxona, yaqinida bittadan
hisobida sutkasiga 5-6 ta poezd jo‗natishni yoki soatiga ikkiga (har biri 500 kishidan)
piyodalar kolonnasini butlash va tayyorlashni ta‘minlaydigan qilib tashkil etiladi.
KAIP bir vaqtda baravariga kamida bitta poyezdga (kemaga) odamlar
chiqishini yoki baravariga bir kolonna odam yig‗ilishini ta‘minlaydigan bo‗lishi
kerak. Har qaysi KAIP ga tartib raqami beriladi. Unga iqtisodiyot obyektlari, turar
joydan foydalanish tashkilotlari, shuningde, aholini transportda olib chiqish va piyoda
ko‗chiriladiganlarning yo‗llari, tashkil etiladigan transportga chiqish punktlari
birkitib qo‗yiladi. KAIPning shahar, tuman, obyekt ko‗chirish hay‘atlari bilan
transportga chiqish punktlari va transport tashkilotlari bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqasi
ta‘minlangan bo‗lishi kerak. KAIP ishini ta‘minlash uchun negizida KAIP yo‗lga
qo‗yiladigan hududiy ijroya idoralari, tashkilotlari va muassasalari xodimlari
hisobidan ishchi apparat tayinlanadi.
|