Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

Qisqacha xulosa 
1. Favqulodda vaziyatlar – odamlar qurbon bo‗lishi, ularning sog‗ligi yoki atrof 
tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishi hamda 
odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelgan yoki olib kelishi 
ehtimoliga ega avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida 
muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat. 
2. Respublikamiz hududlarida uchraydigan tabiiy ofatlarning hosil bo‗lishida 
geofizik, geologik, gidrogeologik, atmosfera va boshqa omillar asosiy o‗rinni 
egallaydi. Ular oqibatida hayot xavfsizligi buziladi, insonlar nobud bo‗ladi, 
iqtisodiyot obyektlariga turli darajada moddiy zarar yetkaziladi. 
3. Gidrotexnika avariyalari gidrotexnik ishootlar yoki ularning bir qismi izdan 
chiqishi va katta hududlarning boshqarib bo‗lmaydigan suv massasi ostida qolishi 
bilan bog‗liq Favqulodda hodisadir. Gidrotexnik inshootlarning buzilishi tabiat 
kuchlarining harakati: zilzila, dovul, to‗g‗onlarning yuvib ketilishi yoki inson ta‘siri, 
terrorizm, shuningdek, loyhalashdagi xatolar yoki qurilishdagi nuqsonlar tufayli 
yuzaga keladi.
4. Kimyoviy xavfli inshoot - iqtisodiyot korxonasi bo‗lib, faoliyat yuritish 
davrida sodir bo‗lishehtimoliga ega halokat tufayli odamlarning ommaviy tarzda 
zaharlanishi, kimyoviy zaharli moddalarning atrof-muhitga
tarqalishi kuzatilishi 
mumkin. 
5. Hayvonlar yuqumli kasalliklarning tarqalishi epizootiya, panzootiya,va 
enzootiya shaklida yuz beradi. Epizootiya - aniq bir hududda bir yoki ko‗p turdagi 
qishloq xo‗jaligi hayvonlari o‗rtasida kasallikning odatda ushbu hududda qayd 
qilinadigan darajasidan anchagina katta darajada vaqt va fazoda bir vaqtda 
rivojlanadigan yuqumli kasallikning tarqalishi. 


89 
Panzootiya - qishloq xo‗jaligi hayvonlari yuqumli kasalligining katta hududda 
butun bir mintaqa, bir necha mamlakat va materiklarni qamrab olgan holda bir vaqtda 
ommaviy tarqalishi. 
Enzootiya - tabiiy vy xo‗jaligi iqtisodiy sharoitlari kasallikning hamma yoqqa 
tarqalishiga yo‗l qo‗rqmaydigan aniq bir joy, xo‗jalik yoki aholi yashash joylarida 
qishloq xo‗jaligi hayvonlari o‗rtasida bir vaqtda tarqalishi. 
6. FVlarda aholi va iqtisodiyot obyektlarini xabardor qilish tizimini tashkil 
etishga FM boshlig‗i mas‘uldir.

Download 6,38 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti f. T. Hakimova, N. X. Xoliyeva fuqaro muhofazasi

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish