83
boshqaradi. Ob‘ekni ishchi-xizmatchilar va shaxsiy tarkib
komandalarini shaxsiy
himoya vositalar bilan ta‘minlashni tashkil etadi.
FM komandalari qutqarish ishlarini quyidagi tartibda olib boradi:
avariya joyiga yo‗llarni o‗tkazish; yong‗inlar va ehtimoliy portlashlarni
bartaraf etish; jarohatlangan joylar va kuchli ta‘sir etuvchi zaharli moddalarni
oqimlarni to‗xtatib tamirlash rezerv bochkalarga, sisternalarga kuchli ta‘sir etuvchi
zaharli moddalarni o‗tkazish;
kuchli ta‘sir etuvchi zaharli moddalarni neytrallashtirishni
tashkil etish;
jarohatlanganlarni topish, ularni evakuatsiya punktlariga olib borish.
Jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‗rsatish avariya hududlaridan tashqarida
ko‗rsatiladi. Birinchi tibbiy yordam esa sanitariya
komandalari bilan sanitariya postlarida tashkil
qilinadi. Bu ishlar ko‗p hollarda zaharlanish
darajasini pasaytiradi.
Radiatsion
xavfsizlikni
ta‟minlash
sohasidagi davlat tomonidan tartibga solish
quyidagilardan iborat: radiatsion xavfsizlikka doir
talablarga rioya etilishini davlat tomonidan nazorat
qilish va tekshirish; ionlashtiruvchi nurlanish
manbalarini
ishlatish
sohasidagi
faoliyatni
litsenziyalash;
qishloq
xo‗jaligi,
oziq-ovqat
mahsulotlarini, ichimlik va texnik suvlarni, qurilish
materiallari va ulardan tayyorlangan buyumlarni radiatsiyali ifloslanish jihatidan
sertifikatlash
; kimyo obyektlar
barcha turdagi qurilish uchun yer uchastkalari ajratilishi kelishib
olinayotganda radiatsiyali ifloslanishni aniqlash.
Radiatsiyali xavfsizlikni ta‟minlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan
iborat:
normalashtirish tamoyili-ionlashtiruvchi nurlanish barcha manbalaridan
fuqarolarning nurlanish olishi individual dozasini yo‗l qo‗yiladigan ular sog‗ligiga
xavfsiz darajadan oshmasligi;
asoslash tamoyili - inson va jamiyat uchun keltiradigan foydasi agar (tabiiy
radiatsiyali fonga qo‗shimcha ravishda) yetkazishi ehtimol tutilayotgan xavfdan ortiq
bo‗lmasa, ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanishga oid faoliyatning
barcha turlarini aniqlash;
minimallashtirish tamoyili - ionlashtiruvchi nurlanishning har qanday
manbaidan foydalanilganda nurlanish olishning individual dozalarini fuqarolar
sog‗ligiga xavfsiz chegara va nurlanish olayotgan shaxslar
soni mumkin qadar oz
darajada bo‗lishini saqlab turish.
Kuchli ta‘sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) bilan bog‗liq obyektlarda
avariya va halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda avariya-qutqaruv va boshqa
kechiktirib bo‗lmaydigan ishlarni tashkil etish mazmuni bilan tanishib chiqamiz.
Bunday obyektlarda o‗z vaqtida va sifatli razvedka ishlarini olib borish muhim
ahamiyatga ega. Razvedkani radiatsiya va kimyoviy razvedka tuzilmalaridan tashkil
84
etilgan guruh zvenolari olib boradi. Ular avariya sodir bo‗lgan joy va kuchli ta‘sir
etuvchi
zaharli moddaning turi, hudud va obyektning eng xavfsiz yo‗nalishlarini
aniqlaydi. Zarurat bor deb topilganda tuproq, suv va boshqa tashqi muhit
obyektlaridan namunalar oladilar va tahlil qilish uchun laboratoriyaga yuboradilar,
kiyoviy zaharlangan hudud o‗chog‗ida odamlarning holatlarini baholaydilar.
Kuchli ta‘sir etuvchi zaharli moddalarning hudud yoki atmosferaga
tarqalayotganligini aniqlash bilanoq obyekt ishchi va
xizmatchilari hamda yaqin
atrofda yashovchi aholiga xavf haqida xabar beriladi. Avariya haqidagi xabarni
eshitgan aholi darhol nafas olish yo‗llarini muhofaza qilish niqoblarini hamda teri
muhofaza qiluvchi eng oddiy kiyimlar (plash, yoping‗ich)larni kiyib olishlari kerak.
Uyda bo‗lgan aholi deraza va darchalarni mahkamlab yopishi, yashash joyiga
tashqaridan havo kirmaydigan qilib berkitishi, elektr isitgich asboblari, gaz o‗choqlari
va boshqa yonayotgan asbob-uskunalarni o‗chirishlari kerak.
Avariya sodir bo‗lgan obyektda birinchi navbatda kuchli ta‘sir etuvchi zaharli
moddalarning to‗kilishi yoki tarqalishini to‗xtatish tadbirlari amalga oshiriladi.
Buning uchun hududga KTZM
uzatib berish tizimi yopiladi, jo‗mraklar va boshqa
yopish moslamalari yopiladi. KTZM shikastlangan idishlardan boshqa nuqsonsiz
idishlarga o‗tkaziladi. Ba‘zi hollarda KTZM tarqalishining oldini olish maqsadida
hovuzlar yoki chuqurliklar qaziladi.
Avariya hududlarida aholiga sanitariya ishlovi tashkil qilinadi va o‗tkaziladi.
Qisman sanitar ishlovi zaharlangan zonada yoki zonadan chiqish joylarida
o‗tkaziladi. To‗la sanitar ishlovlari esa sanitar punktlarida o‗tkaziladi.