75
tuxum qo‗yishidan o‗simlik nobud bo‗ladi.
Sarancha - dunyoda chigirtkalarning 20 mingdan ortiq turi mavjud. Markaziy
Osiyo respublikalarida 380 turi. O‗zbekistonda 200 dan ko‗proq turi aniqlangan.
Saranchalar ikkita ekologik guruhga ajratilgan. To‗da hosil qiluvchi chigirtkalar
rivojlanishi uchun qulay sharoit bo‗lgan yillari yirik to‗dalar hosil qiladi va juda katta
zarar keltiradi. Bularga:
Osiyo yoki to‗qay chigirtkasi;
Marokash chigirtkasi;
Voha yoki Italiya chigirtkasi misol bo‗ladi.
Marokash chigirtkasi tog‗ oldi rayonlarida tarqalgan. Lichinkalik davri 30-40
kun. Ko‗zachada 30-36 tadan, 3-4 marta tuxum qo‗yadi. Bahor oylarining mo‗tadil
kelishi to‗da hosil qilish imkoniyatini kuchaytiradi. Marokash chigirtkasi asosan tog‗
oldi
hududlarida, dengiz sathidan 800 m balandlikda tarqalgan bo‗lib, asosan
Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent viloyatlarida zarar
yetkazadi.
Osiyo yoki to‗qay chigirtkasi lichinka fazasi 30-50 kun davom etadi. Imagosi
2-3 ko‗zachada 200-300 tagacha tuxum qo‗yadi. Issiq va uzoq davom etgan kuz
oylari Osiyo chigirtkasining to‗da hosil qilish imkoniyatini kuchaytiradi. Osiyo
chigirtkasi Amudaryoning quyi deltasidagi katta
maydonlarda tarqalgan.
Voha yoki Italiya chigirtkasi lichinkalik
davri 40-45 kun. 4-5 ko‗zachada jami 150 tacha
tuxum qo‗yadi.
Yoz oylarida hasharot uchun
ozuqaning yetarli bo‗lishi uning to‗da hosil qilish
imkoniyatini kuchaytiradi. Italiya chigirtkasining
tarqalish areali ancha keng, respublikamizning
deyarli barcha hududlarida uchraydi.
To‗da hosil qilmaydigan zararli chigirtkalar
Marokash chigirtkasi bilan bir xil sharoitda rivojlanadigan otbosar chigirtkasi. Voha
chigirtkasi bilan
uchraydigan turon chigirtkasi, shuningdek, turkman chigirtkasi,
saksovul chigirtkasi va boshqalar misol bo‗ladi. Ular ham ba‘zi yillari ancha zarar
yetkazadi.
Meva bog‗larida olma qurti, shira, qalqandorlar uchraydi. Olma qurti urug‗
mevali daraxtlarga jiddy zarar yetkazadi Unga qarshi kurashish uchun kuz va bahorda
daraxtlarning qurigan po‗stloqlari, shoxlari qirqilib, shakl beriladi.
Qator oralarga
ishlov berib, begona o‗tlar va o‗simlik qoldiqiaridan tozalanadi.
Bahor oylarida bog‗larda kalmaraz (parsha), un-shudring kabi kasalliklar
rivojlanib, zarar keltirish uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Danakli meva bog‗larida
esa klyasteriosporioz (teshikli dog‗lanish) va barg buralishi kasalliklari hosilga jidday
zarar yetkazadi.
Polizchilikda qovun pashshasi Xorazm va Qoraqalpog‗istonda uchraydi. U
isosan Afg‗oniston, Pokiston, Eron, Hindiston va Kavkazda ko‗proq uchrab, qovun,
tarvuz, bodring va oshqovoqni zararlaydi.
Hayvon va o‗simliklarning ommaviy kasallanishi hollari boshqa FVlardan son
jihati bilan ajralib turadi. Keyingi yillarda respublikamizda ushbu FVlarniig yuz
76
berish ehtimolligi oshib borayotganligi ulardan muhofazalanish tadbirlariga jiddiy
e‘tibor qaratish lozimligini ko‗rsatadi.
Epizootik favqulodda vaziyatlarning ayrimlari (manqa, qush grippi, kuydirgi)
davolash choralarining mavjud emasligi sababli profilaktika tadbirlarini o‗z
vaqtida
o‗tkazish zarur.