Hayvonlarning xavfli yuqumli kasalliklariga misollar




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

Hayvonlarning xavfli yuqumli kasalliklariga misollar: 
Oqsim (yashur) – juft tuyoqli uy va yovvoyi hayvonlarning virusli kasalligi. 
Viruslar xashakda, hayvonlar terisida bir oygacha saqlanadi. 60 gradusdan yuqorida 
o‗ladi, dizenfeksiya vositalarida tez nobud bo‗ladi. Hayvonlar em-xashak emay 
qo‗yadi, og‗zidan so‗lak oqadi, terisida pufakchali toshmalar bo‗ladi. Odamga sut va 
sut mahsulotlari orqali yuqadi. Kasallik hayvonlar orasida enzootiya, epizootiya va 
panzootiya holida tarqalib, qisqa muddat ichida bir necha hududlarga tarqalish 
xususiyatiga ega. 
Cho„chqalarning klassik vabosi - virusli kasallik. U bilan faqat uy va yovvoyi 
cho‗chqalar kasallanada. Infeksiya manbalari - kasallangan va kasal bo‗lib o‗tgan 
cho‗chqalar. Vabo yilning ixtiyoriy vaqtada, ko‗proq kuzda uchraydi, davolash 
usullari ishlab chiqilmagan. Shu sababli kasallangan hayvon zudlik bilan o‗ldirib, 
yoqib yuboriladi. 
Qushlarniig psevdovabosi - tovuqsimonlar oilasiga mansub qushlarning virusli 
kasalligi. Nafas olish, ovqat hazm qilish organlari, markaziy nerv tizimining 
zararlanishi bilan namoyon bo‗ladi. Kasallik manbai - viruslarning barcha ajratmalari, 


73 
tuxumi va nafasi bilan ajratuvchi kasal yoki kasal bo‗lib o‗tgan qushlar. Inkubatsiya 
davri 24 s, zararlanish ko‗proq yem, suv, havo orqali, odatda kuz-yoz davrida yuz 
beradi. O‗lim ko‗rsatkichi – 60-90 %ni tashkil etadi. Odatda qushlar davolanmay
o‗ldiriladi va yoqib yuboriladi. 
Parranda grippi (PG) – ―A‖ turdagi gripp virusi qo‗zg‗atadi, asosan 
parrandalarda, shuningdek, odam va ba‘zi bir sut emizuvchi hayvonlarda 
uchraydigan, turli xil yuqish mexanizmiga ega odamda yuqori nafas yo‗llarining 
yallig‗lanishi, tana haroratining ko‗tarilishi, aksariyat holatlarda virusli zotiljam, ich 
ketish, organizmning umumiy zaharlanishi bilan namoyon bo‗ladigan zooantroponoz 
o‗ta xavfli yuqumli kasallikdir.
Yuqumli gepatat - it va boshqa go‗shtxo‗r (tulki, bo‗ri)larning virusli kasalligi. 
Bezgak, shilliq pardalarning shamollashi va jigarning zararlanishi bilan tavsiflanadi. 
Qora oqsoq (brutsellez) – uy va ayrim yovvoyi hayvonlarning yuqumli 
kasalligi. Brutsella bakteriyalari qo‗zg‗atadi, tashqi muhitda oylab yashaydi, 
dizenfeksiya vositalarida tez nobud bo‗ladi. Brutsellyoz bilan sigir, qo‗y, echki, 
cho‗chqalar kasalanadi va asosiy belgisidan biri bola tashlaydi yoki o‗lik tug‗adi.
Odam uchun xavfli bo‗lib, kasal hayvonlarning go‗shti va suti iste‘mol qilinganda
kasallik yuqishi mumkin. Insonlarda kasallik og‗ir kechadi. Bemorda 1-3 hafta 
yashirin davri bo‗ladi, lohaslik, qo‗l-oyoq, bel, muskul, bo‗g‗imlarda kuchli og‗riqlar 
bo‗ladi. Kasallik dam zo‗rayib, dam pasayib bir necha oy davom etadi. Bemorlar 
yuqumli kasalliklar shifoxonasida uzoq muddat davolanadi. 
Kasallikning olidini olish uchun brutsellyozga qarshi hayvonlar emlanadi, 
go‗sht va sut mahsulotlariga yetarlicha termik ishlov beriladi va joylarda dizenfeksiya 
ishlari olib boriladi. 
Qoqshol – hayvonlarning ko‗plab turlari va odamda uchraydigan yarali 
bakteriyali kasallik. Mushaklarning spazmatik qisqarishi bilan namoyon bo‗ladi. 
Manqa kasalligi - sap. Ushbu zoonoz kasallikni manqa tayoqchasi qo‗zg‗atadi. 
Manqaning o‗tkir va surunkali turlari bor. U eshak, tuya, zebra va yirtqich 
hayvonlarda uchraydi. 
Quturish – o‗ta xavfli yuqumli kasallik bo‗lib, qo‗zg‗atuvchisi neyrotrop virus. 
Hayvonlarning ko‗plab turlari, ayniqsa it, mushuk, tuya, ot, bo‗ri, tulkilarning o‗tkir 
virusli kasalligi. Markaziy nerv tizimining og‗ir zararlanishi bilan tavsiflanadi: ularda 
yirtqichlik kuchayadi, duch kelgan narsaga tashlanib, juda tajavuzkor bo‗ladi, ko‗p 
so‗lak ajratadi, hech narsa emay qo‗yadi, falajlik boshlanadi va o‗ladi. Inson uchun 
o‗ta xavfli hisoblanada. Kasal hayvon tishlab olganda, shuningdek, hayvon 
so‗lagining boshqa hayvonlar va odam organizmiga tushishidan yuqadi. Odamlarda 
quturish virusi nerv stvoli bo‗ylab tarqalib, bosh va orqa miyani zararlaydi, tomirlar 
tortishi, muskullar spazmi, falajlik va o‗lim bilan yakunlanadi. Oldini olish uchun 
daydi hayvonlarning ko‗payishiga yo‗l qo‗ymaslik, mavjudlarini yo‗qotish, xonaki 
hayvonlarni o‗z vaqtida hisobga olish, ularni doimiy veterinariya ko‗rigidan o‗tkazib 
turish va quturish kasalligiga qarshi emlash, bu kasallik odamlar o‗rtasida 
tarqalishining oldini olishda asosiy va samarali profilaktik chora-tadbirlardan 
hisoblanadi. 
Bundan tashqari hayvonlar sil, salmonellez, kolibakterioz, kalmaraz (parsha) 
va boshqa kasalliklar bilan og‗riydi. Hayvonlarda bit, burga kabi parazit hasharotlar 


74 
ham uchraydi. 

Download 6,38 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hayvonlarning xavfli yuqumli kasalliklariga misollar

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish