Kimiyoviy va radioaktiv xavfli obyektlardagi avariyalar




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

2.6. Kimiyoviy va radioaktiv xavfli obyektlardagi avariyalar
Kimyoviy xavfli inshoot - iqtisodiyot korxonasi bo‗lib, faoliyat yuritish davrida 
sodir bo‗lish ehtimoli bo‗lgan halokat tufayli odamlarning ommaviy tarzda 
zaharlanishi, kimyoviy zaharli moddalarning atrof-muhitga
tarqalishi kuzatilishi 
mumkin.
Kimyoviy inshootni muhofazalashning harbiy holatda huquqiy ta‘minlanishi 
―Fuqaro muhofazasi to‗g‗risida‖gi qonunning 1-moddasida bayon etilgan. Kimyoviy 
zaharlanish maydoni ma‘lum o‗lchovdagi zaharli moddalar bilan zaharlangan 
hududlardir. 
Zararlanish manbai - kimyoviy xavfli 
inshoot joylashgan hududdagi falokat tufayli 
odamlar, 
o‗simlik 
va 
jonivorlarning 
zaharlanishi. 


65 
Ta‟sirchanlik - kimyoviy modda 
xossasi bo‗lib, zaharlanishga olib kelishi 
ehtimoli bo‗lgan modda miqdori bilan 
belgilanadi 
(kam 
zaharlanish, 
kuchli 
zaharlanish va hokozo). 
Miqdori - miqdor o‗lchov birligi g/m
3
yoki mg/l larda o‗lchanadi. 
Kimyoviy xavfli inshootlar FM nuqtai 
nazaridan ma‘lum turlarga ajratiladi - 
miqdori, ta‘sir kuchi, saqlash qonun-qoidasi 
va hokazo. 
Kimyoviy xavfli korxonalardagi halokatlarning tavsiflanishi.1-portlash tufayli 
sodir bo‗lgan halokat, texnologik jarayon ishdan chiqqan, muhandislik qurilmalari 
buzilgan, natijada batamom yoki qisman mahsulot ishlab chiqarish to‗xtab qolgan. 
Tiklashga katta miqdorda moliyaviy yordam talab etiladi. 
P-halokat natijasida asosiy yoki yordamchi texnologik qurilmalar ishdan 
chiqqan, ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yish uchun ma‘lum miqdordagi yordam kerak 
bo‗ladi. 
Avariya - mahsulot tayyorlashda 
ishlatiladigan 
mashinalar, 
jihozlar, 
texnologik 
tizimdagi 
uskunalar 
majmuasidagi nosozlik, elektr bilan 
ta‘minlashdagi 
nosozlik, 
binolar, 
qurilmadagi nosozliklar tufayli vujudga 
keluvchi voqeaga aytiladi. Transport 
turlarining 
o‗zaro 
to‗qnashuvi, 
korxonadagi 
texnologik 
nosozliklar, 
moddalarni saqlashda yo‗l qo‗yilgan 
xatoliklar 
tufayli 
sodir 
bo‗ladigan 
halokatlar 
natijasida 
kuchli 
ta‘sir 
etuvchi zaharli moddalar atrof-muhitga tarqalishi mumkin. 
Halokat - oldingisidan farqli ravishda qamrovi kengroq va odamlar halok 
bo‗lishiga olib kelgan voqeaga aytiladi. Poezdlarning o‗zaro to‗qnashuv, samolyot 
halokati, korxonalarda sodir bo‗lgan halokatlar tufayli atrof-muhitning yomonlashuvi, 
insonlar qurbon, bo‗lishi talafotlar darajasining ortib borishi hammasi bu turdagi 
halokat turiga xos xususiyatdir. 
Markaziy Osiyoda havoni eng ifloslantiruvchi korxona Tojikistonning 
Tursunzoda shahridagi alyuminiy zavodi hovoga belgilangan miqdordan deyarli ikki 
barobar ortiq zaharli modda chiqarib kelgan. O‗zbekiston Respublikasining Kimyo 
sanoati 
korxonalari 
Chirchiqdagi 
―Elektrokimyo‖, Farg‗onadagi ―Azot‖,
Navoiydagi zavodlardir. 
Korxonalardagi avariyalar davomida ko‗p tonnalik idishlar buzilishi oqibatida 
KTZM (Kuchli ta‘sir etuvchi zaharli modda) korxona hududiga tarqalishi oqibatida 
korxona ishchilaridan tashqari korxona yaqinida yashayotgan aholining sog‗ligiga 
ham zarar keltirishi mumkin. Zarar keltirish miqyosi havoga tarqalgan KTZM ning 


66 
miqdori, uning konsentratsiyasiga, fizikaviy va kimyoviy xossalari, meterologik 
sharoitlari, hudud relyefi, shahar va qishloqlardagi imoratlarning zichligiga bog‗liq. 
KTZM tarqalganda, avvalo, korxona hududida yuqori konsentratsiyaga ega ―bulut‖ 
paydo bo‗lib, uning tarqalishi davomida ikkilamchi bulut vujudga keladi va 
korxonadan tashqariga ham tarqaladi. Ikkilamchi bulut konsentratsiyasi birlamchisiga 
nisbatan ancha past bo‗lgani bilan, insonlar sog‗ligi uchun xavf tug‗diradi.
Hozirgi kunda respublikada kimyoviy xavfli inshootlarning asosiylari 
―O‗zbekkimyosanoat‖ uyushmasiga qarashli korxonalar bo‗lib, ular Farg‗ona, 
Samarqand, Buxoro, Navoiy, Chirchiq, Olmaliq shaharlarida joylashgan. Bu 
korxonalardan tashqari kimyoviy zaharli moddalar bilan ishlovchi boshqa korxonalar 
ham mavjud – ―O‗zgo‗shtsut‖, ―O‗zbeksavdo‖, ―O‗zqishloq xo‗jalik‖ mahsulotlari 
uyushmalari, Bekobod metallurgiya korxonasi, Mikond korxonasi, Toshkent lak-
bo‗yoq, to‗qimachilik korxonalari, maishiy xo‗jalik vazirligi inshootlari (suv 
tozalash) va hokozo. Jami respublika hududida 200 dan ortiq kimyoviy xavfli 
inshootlar mavjud. Ularda ishlab chiqariladigan yoki iqtisodiyotda turli mahsulotlarni 
ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan, saqlanadigan suyuq qattiq gaz holatdagi 
inson, hayvon sog‗ligi
uchun zararli kuchli ta‘sir ko‗rsatuvchi moddalar turi ko‗p. 
Kuchli ta‘sir etuvchi moddalardan ayrimlari to‗g‗risida quyidagi tafsilotni keltirish 
mumkin: 
Xlor - odiy sharoitda qo‗lansa hidi bor, sarg‗ish-yashil gazsimon, havodan 2,5 
baravar og‗ir. 34°C haroratda suyuq holatga o‗tadi. Suvda yaxshi eriydi (+20°C 
haroratda bir hajm suvda ikki hajm xlor eriydi), organik erituvchilarda ham yaxshi 
eriydi. Kuchli oksidlovchi moddalar, ma‘danlar bilan, ko‗pchilik ma‘danmas 
moddalar va organik moddalar bilan o‗zaro yaxshi ta‘sir etadi. Bo‗g‗uvchi ta‘siri bor. 
Havodagi mumkin bo‗lgan miqdori - 0,03 mg/m
3
, agar moddaning miqdori 10 mg/m
3
bo‗lsa, inson organizmiga salbiy ta‘sir etadi, miqdori 2500 mg/ m
3
ni tashkil etsa, 
o‗limga olib kelishi mumkin. 
Ammiak - oddiy sharoitda o‗tkir novshadil spirti hidiga ega rangsiz gaz, 
havodan yengil. 33°C haroratda yoki yuqori bosimlarda osongina suyuq holatga 
o‗tadi. Suvda yaxshi eriydi va kislorod muhitida yonadi. Ammiak bilan havoning 
quruq aralashmasida portlash xususiyati bo‗ladi (harorat 18°C bo‗lib, aralashma 
tarkibida 16-28% atrofida ammiak bo‗lsa). Bo‗g‗uvchan va nervotrop ta‘sir etadi. 
Ammiak gazining odamlar yashaydigan havodagi mumkin bo‗lgan miqdori 0,04 
mg/m
3
, eng ko‗pi bilan 0,2 mg/m
3
ga teng. Agar gazning miqdori 40-80 mg/m
3
bo‗lsa, ko‗z achishib yoshlanadi, nafas olish yo‗llari qattiq achishadi. Gazning 
o‗limga olib kelishi mumkin bo‗lgan miqdori 1500-2700 mg/m
3
ga teng. Gazning 
suvdaga 10% eritmasi novshadal spirti deb nomlanadi, 18-20% eritmasi esa ammiakli 
deb aytiladi. Ammiak gazi sanoat miqyosidagi sovitgichlarda ishlatiladi. Amiak 
gazini saqlash va ma‘lum masofaga tashib borish siqilgan holda 6-18 kgs/sm
3
bosimga ega metall idishlarda olib boriladi. 
Xlor nafas olish yo‗llarini qichishtiradi, o‗pkani shishiradi, yuqori darajada 
quyuqlashgani esa o‗ldiradi. Zaharlanganlik belgilari: konyunktivit (ko‗z oldi shilliq 
pardasining yallig‗lanishi), tanglay va tomoqning qizarishi, bronxit, nafas qisishi, 
ovoz bo‗g‗ilishi, ko‗z yoshlanishi, azob beradigan quruq yo‗tal, shilimshiq va qoya 
aralash balg‗am ajralishi, badan ko‗karishi, hushdan ketish.


67 
O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti 
Toshkent viloyatining Qibray tumani Ulug‗bek shaharchasida joylashgan. Uning 
atrofida 3 ta shartli zona belgilangan: 
- zaharlanish ehtimoli mavjud zona; 
- sanitariya-muhofaza zonasi; 
- kuzatish zonasi, ya‘ni radiatsiyaviy monitoring o‗tkaziladigan sanitariya-
muhofaza zonasi. 
Kimyoviy muhofaza - KTZM (kuchli ta‘sirchan zaharli moddalar)ning 
(zaharlovchi moddalarning) aholi va iqtisodiyot inshootlariga zararli ta‘sirining oldini 
olishga yoki uni imkoni boricha qadar kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi. 
Zararlangan 
hududda 
bo‗lgan 
odamlar, 
radioaktiv 
moddalar 
bilan 
zararlangandan so‗ng, mehnatga layoqatsiz deb topilib, so‗ngra og‗ir kasalga 
chalinishi va halok bo‗lishi mumkin.
Aholi va birinchi galda iqtisodiyot obyektlari, ishlab chiqarish xodimlarini 
muhofaza qilish uchun bir qancha tadbirlar bajalishi kerak. 
Ular quyidagilar: 
 texnologik jarayonlardagi yong‗in va kimyoviy xavfli hodisalarning 
xavfsizligini ta‘minlash tadbirlarini tashkil etish; yirik (yalpi) yong‗inlar 
chiqishi imkoniyatini bartaraf etish bo‗yicha tadbirlarni bajarish; 
 iqtisodiyot obyektlarini avariyasiz to‗xtatish tadbirlarini bajarish;
FVda ishlab chiqarish xodimlarini shoshilinch muhofaza qilish va evakuatsiya qilish 
uchun sharoit yaratish; texnologik jarayonlardagi yong‗in va kimyoviy xavfi 
mavjud moddalarning xavfsizlariga almashtirish tadbirlarini bajarish; ishlab 
chiqarishda yong‗in va kimyoviy xavfli moddalar
ishlatilishiga yo‗l 
qo‗ymaydigan texnologiyalar ishlab chiqish; yonilg‗i, suyuqlik va KTZM solingan 
idishlar atrofini tuproq tortib, (bordyur bilan) o‗rash; kimyoviy xavfli obyektlarda 
xavfsizlik choralarini ko‗rish; 
Ishlab chiqarish va xo‗jalik aloqalari ishonchliligini oshirishning asosiylari
quyidagilar hisoblanadi: 
 favqulodda tartibga mo‗ljallab, mol yetkazib beruvchilar bilan ishlab 
chiqarish aloqalarini maksimal darajada kamaytirish; Markaziy Osiyo obyektlarida 
va o‗z iqtisodiy mintaqasida ishlab chiqarish aloqalarini topishni tashkil etish; mol 
yetkazib beruvchilarning rezervi bo‗lishi; obyektning rezerv har xil 
manbalarga o‗tkazish imkoniyati bor ta‘minot tizimini ishlab chiqish; avariyada 
ta‘minlash ko‗chma vositalarini ko‗paytirish, boshqa obyektlar bilan koopyerativ 
tarzdagi elektr energiyasi, gaz, suv, bug‗ va h.k. ta‘minotini tashkil etish; 
 avariya zaxirasini yaratish; xomashyo, materiallar va h.k. zaxiralari 
muhofazada qisman saqlanishini tashkil etish. 
Izdan chiqqan ishlab chiqarishni qayta tiklashga tayyorlash: 
 obyektning ehtimoliy shikastlanish variantlarini ishlab chiqish hamda 
qayta tiklash ishlari xarakteri va taxminiy hajmini aniqlash (iqtisodiyot 
obyektlarini qayta tiklash loyihasini ishlab chiqish); qayta tiklash ishlarini 
bajaruvchi ixtisoslashgan bo‗linmalarni tashkil etish va tayyorlash; 
 imorat va inshootlarni qisqa muddatlarda qayta tiklash shartlariga javob 
beradigan yengil, o‗tga chidamli va juda pishiq qurilish materiallaridan ommaviy tarzda 


68 
buyum va konstruksiyalar ishlab chiqarishga tayyorlash; qurish-qayta tiklash 
ishlari uchun kerakli qurilish, texnologiya va boshqa hujjatlarning ishonchli 
saqlanishini ta‘minlash; eng muhim sanoat, transport, aloqa obyektlarini, 
shuningdek, FM obyektlarini qurilish-montaj tashkilotlariga biriktirib qo‗yish.
Ma‘lumki, respublikamiz hududining katta qismi sesmik faol xususiyatga 
ega bo‗lib, o‗ziga xos geologik, gidrogeologik va iqlim sharoitiga ega. 
Bunday omillar qurilish ishlarida loyhaning mukamalligi, qurilish 
texnologiyasining ishonchligi va sifatli ijrosi, aholining xavfsizligi hamda 
iqtisodiyot obyektlarining mustahkamligini ta‘minlash maqsadida ishlab turgan 
bino va inshootlarning texnik holatini me‘yoriy darajada saqlashdek muhim 
vazifalarni qo‗yadi. 

Download 6,38 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kimiyoviy va radioaktiv xavfli obyektlardagi avariyalar

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish