62
birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish tadbirlarini yaxshi bilmasligi, ushbu transport sodir
etilayotgan avariyalarda ko‗plab insonlar nobud bo‗lishiga olib kelmoqda. Bu borada
DAN boshqarmasi xodimlarining transport texnik ko‗rigini o‗tkazish vaqtida ushbu
yo‗nalishdagi masalalarga ahamiyat bermasligi, qolaversa turli davlat transport
boshqarma boshliqlarining etiborsizligidir. Ushbu turdagi
FVlar yil sayin ortib
bormoqda, achinarlisi ham shundaki, begunoh fuqarolarimiz bevaqt olamdan ko‗z
yummoqdalar.
Oldini olish bo„yicha chora-talbirlar: Rejaviy-profilaktik ko‗rik va texnik
ta‘mirlash ishlarnning o‗z vaqtida o‗tkazilishi, texnik nosoz transport vositasidan
foydalanmaslik, barcha turdagi yo‗l harakati qoidalariga rioya qilish, DAN xodimlari,
haydovchilar, qolavyersa aholining birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish bo‗yicha bilim
va malakalarini oshirish, yo‗l tarmoqlarini me‘yoriy talab darajasida saqlash,
shaharlarda quyi sathli yo‗llardan, piyodalarning yer osti yo‗laklaridan samaraliroq
foydalanish va h.k.
Muhofazasi: Vazirlar Mahkamasining O‗zbekiston Respublikasi ―FVlarda
ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to‗g‗risida‖gi 558-sonli qaroriga
muvofiq Davlat avtomobil nazorati organiga ―Yo‗l transport xavfsizligini ta‘minlash
xizmatiga rahbarlik qilish‖ vazifasi yuklatiladi.
Metropoliten stansiyalarida ehtimoli mavjud FVlar
Ko„rinishi: Fuqarolarning nobud bo‗lishiga, turli xil tan jarohatlari olishiga olib
keladi, qolaversa portlash va yong‗inlar sodir etilishi mumkin.
Metropoliten
stansiyalari va vagonlarning buzilishiga olib keladi.
Olib keluvchi sabablar: Ko‗p yillardan beri O‗zbekiston poytaxti Toshkent
shahrida uch yo‗nalishda yer osti poezdlari uzog‗imizni yaqin qilib kelmoqda. Ushbu
turdagi transportlarda, stansiyalarda FVlar hozircha sodir bo‗lmagan bo‗lsa ham,
bo‗lishi ehtimoldan xoli emas. Misol uchun Yaponiyaning Tokio shahrida bo‗lgan
zaharli modda bilan bog‗liq FV yoki Moskva shahri metrosidagi hodisalar. Toshkent
metrosi ―Paxtakor‖ stansiyasining birinchi yo‗nalishdan ikkinchi yo‗nalishga o‗tish
joylarida ertalabki va kechki gavjum vaqtning o‗zida minglab fuqarolarimiz
to‗planadi. Keyingi paytlarda
metropoliten yo‗laklaridan o‗tish joylarida
o‗zboshimchalik bilan faoliyat yuritgan turli xil savdo do‗konchalari yo‗lovchilarning
harakatiga bevosita xalaqit berish bilan birga ma‘lum bir FVlar paytida noxush
oqibatlarni keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas.
Metropoliten loyihalanayotgan paytda uning o‗tish yo‗llarida hech qanday
qo‗shimcha qurilishlar ko‗zda tutilmagan.
Shu nuqtai nazardan, ya‘ni metropoliten
qurilishi me‘yoriy hujjatlar talabi bo‗yicha o‗tkazish yo‗llarining funksiyasiga faqat
yo‗lovchilarni o‗tkazib yuborish kiradi.
Bu borada ham ehtiyotkorlikni oshirish qolaversa sodir etilishi ehtimoli
bo‗lgan FVlarning oldini olish maqsadga muvofiq. Ya‘ni ushbu soha mutasaddi
xodimlari barcha noxush holatlarning oldini olish chora-tadbirlarini ko‗rishi
maqsadga muvofiq.
Oldini olish bo„yicha chora-tadbirlar: Rejaviy-profilaktik ko‗rik va texnik
ta‘mirlash tadbirlarining vaqtida o‗gkazilishi, texnik nosoz transport vositasidan
foydalanmaslik, barcha turdagi yo‗l harakati qoidalariga rioya qilish, haydovchilar,
tarmoq xodimlarining ish yuzasidan bilim va malakalarini oshirib borish, yo‗l
63
tarmoqlarini me‘yoriy talab darajasida saqlash va h.k.
Metrodagi telemoslamalarda muhofazalanish to‗g‗risidagi qisqa videolavhalar
ko‗rsatib borish. Qonunning tarmoqqa aloqador qismlariga so‗zsiz amal qilish.
Muhofazasi:Vazirlar Mahkamasining O‗zbekiston Respublikasi ―FVlarda
ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to‗g‗risida‖gi 558-sonli qaroriga
muvofiq ―O‗zbekiston Respublikasi sanoatda konchilikda ishlarning bexatar olib
borilishini nazorat qilish davlat qo‗mitasi‖ga, ―kon, ruda, kimyoviy, neft va gaz
qazish hamda qayta ishlash sanoati va ―Toshmetroqurilish‖ obyektlarida ishlarni
olib borishning ahvoli va xavfsizligi ustidan davlat nazoratiga rahbarlik qilish‖ ishlari
yuklatiladi. Bundan tashqari ―Toshmetroloyiha‖ instituti, ―Toshkent metropoliteni
boshqarmasi‖ ekspluatatsiyasi uchun mas‘ul huquqiy shaxslardir.
Energetika va kommunal tizimidagi avariyalar kio„rinishi: Sanoat
va qishloq
xo‗jaligi mas‘ul iste‘molchilarining avariya tufayli energiya ta‘minotisiz qolishiga
hamda aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan GES, GRES, TESlar, tuman
issiqlik markazlari va boshqa energiya ta‘minoti obyektlaridagi avariya va yong‗inlar.
Aholi hayot faoliyatining buzilishi va salomatligiga xavf tug‗ilishiga olib kelgan gaz
quvurilari, suv chiqarish inshootlardagi, suv quvirlari, kanalizatsiya va kommunal
inshootlari avariyalar. Atmosfera, tuproq, yer osti va usti suvlarining odamlar
salomatligiga xavf tug‗diruvchai darajada konsentrastiyadagi zaharli moddalar bilan
ifloslanishiga olib keladigan
gaz tozalash quvirlari, biologik va boshqa kommunal
tizimlardagi avariyalar.
Olib keluvchi sabablar: Turli xildagi tabiiy ofatlar, terorristik harakatlar,
energiya ta‘minoti obyektlarining uzoq muddat xizmat qilishi, nazoratsizlik,
kommunal tizimdagi quvurlarning eskirishi, qayta ta‘mirlanmasligi, qurilish va
loyhalardagi xatoliklar.
Oldini olish bo„yicha chora-tadbirlar: Rejaviy-profilaktik ko‗rik va ta‘mirlash
tadbirlarining vaqtida o‗gkazilishi.