Buning uchun nimalarga e’tibor berish lozim?




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/151
Sana14.12.2023
Hajmi6,38 Mb.
#118509
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   151
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi

 
Buning uchun nimalarga e’tibor berish lozim? 
Yuqorida qayd qilinganidek, sellar mavsumiy vaqtlarda sodir bo‗ladigan 
jarayonlardan ekan, shu vaqtlarda sel xavfi yuqori bo‗lgan hududlarda faoliyat 
yuritishning ayrim talablariga rioya qilish zarur. Ko‗p holatlarda aholining ma‘lum 
qismi dam olish vaqtlarini tog‗li o‗lkalarda, daryo bo‗ylarida o‗tkazishga harakat 
qiladi. Bu bejiz emas, albatta. Lekin daryo bo‗ylarida vaqtinchalik chodir qurishdan 
oldin joyning tabiiy sharoiti, relyefi, atrof-muhitning tuzilishi to‗g‗risida fikr yuritilib, 
so‗ng to‗xtash joyini belgilash kerak. Yog‗ingarchilik miqdori asta-sekin ortib borishi 
turgan joyni zudlik bilan o‗zgartirish lozimligiga bildirilgan birinchi ishoradir. 
Chunki suv miqdorining daryo va soylarda ortib ketishi dam oluvchilarga ortiqcha 
tashvish tug‗diradi. Mabodo shunday vaziyatda sel oqimlari belgisi sezilgudek bo‗lsa, 
tezlik bilan daryo o‗zanidan iloji boricha uzoqroq balandroq yonbag‗irga chiqib 
kegish zarur. Yog‗ingarchilik o‗tib ketgandan so‗ng vodiyga tushishga hech vaqt 
shoshilmaslik kerak, chunki birinchi sel oqimidan so‗ng keyingilari takrorlanishi 
mumkin. 
Odatda sel oqimlarining davriyligi 3-5 soat davom etadi. Alohida ta‘kidlash 
lozimki, sellarning (keyingi bo‗limda berilayotgan toshqinlar kabi) yana bir 
xususiyati ular qo‗shni davlatlar hududida boshlanib, boshqa davlat hududida katta 
talafotlar keltirishi mumkin. Farg‗ona vodiysining daryolarida, Zarafshon daryosining 
yuqori qismlarida xuddi shunday manzaraga bir necha bor guvoh bo‗lganmiz. 
Albatta, bunday holatlarda ham, oldindan sel oqimlari keladigan yo‗nalishlar 
bo‗yicha sel omborlari, ularni yo‗naltiruvchi, tarqatib yuboruvchi maxsus 
gidroinshootlar qurilishiga katta e‘tibor berilishi lozim. Kezi kelganda shuni aytish 
mumkinki, sel xavfi bor joylarda yirik nisbatdagi, ayniqsa kichik xo‗jaliklarda 1:5000 
va 1:10000 nisbatdagi xaritalar bo‗lishi kerak. Shu xaritalar orqali sel oqimlariga 
qarshi kurashish, oldini olish, bashoratlash va ular oqibatlarini bartaraf etish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish va aholining barcha tabaqalari o‗rtasida targ‗ibot ishlarini 
yo‗lga qo‗yish zarur. 
Shu o‗rinda bir tarixiy voqeani keltiramiz. 1969-yil bahor fasli. Toshkent 
viloyatining Pskom daryosi quyi oqimida joylashgan Sijjak, Bog‗iston, Nanay 
qishloqlarining aholisi yog‗ingarchilik ko‗p yog‗ishi oqibatida sel va ko‗chkilardan 
ko‗p zarar ko‗rgan. Ayniqsa, qishloq xo‗jaligi ekinlari yetishtiriladigan maydonlarda 
yeroziya rivojlanib sel oqimlari ostida qolib ketgan. Pskom daryosining hayqirib
yirik-yirik xarsang toshlarni «po‗kak» kabi oqizib ketishini ham hayrat, ham qo‗rquv 
bilan kuzatganmiz. 
Muammoning eng muhim tomoni o‗sha paytda maktab o‗quvchilariga tabiiy 
ofatlar to‗g‗risida kerakli ma‘lumot berilmas edi. Go‗yo doim shunday bo‗lgan va 
bundan so‗ng ham shunday davom etadigandek. Vaholanki, bu jarayonlarga qarashli 
ma‘lum chora-tadbir ko‗rish yo‗llari mavjudligiga hozirgi kunda guvoh bo‗lib 
turibmiz. 
Bunday voqealarni Toshkent viloyatining Oqsoq-Ota, Parkent, Ohangaron, 
Qorabau, Bo‗zsuv; Namangan viloyatining G‗ovasoy, Uyrursoy, Sumsar, Podsho 
Ota, Qashqadaryoning Oqsuv, Jinnidaryo, Tanxizdaryo, G‗uzor va boshqa havzalari 
misolida ko‗p keltirish mumkin. 
Vatanimizning qaysi hududlarida sel oqimlari paydo bo‗lmasin, ularning 


54 
tarkibiy qismi, yo‗nalishi va ulardan keladigan zarar deyarli bir xilda namoyon 
bo‗ladi. Shuning uchun hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ijobiy tadbirlarda 
barcha fuqarolar faol yashtirok etishlari, ularni tezroq hayotga tatbiq etishlari va 
xavfsizlik chora-tadbirlarini amalga oshirishda har birimiz mas‘ul bo‗lishimizni 
davrning o‗zi taqozo etib turibdi. 
 

Download 6,38 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   151




Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buning uchun nimalarga e’tibor berish lozim?

Download 6,38 Mb.
Pdf ko'rish