|
Sel oqimi xavfi tug‘ilishini qanday bilish mumkin?Bog'liq Fuqaro muhofazasiSel oqimi xavfi tug‘ilishini qanday bilish mumkin?
Avvalo, sel va joylarda ehtimoli yuqori bo‗lgan boshqa xavflar to‗g‗risidagi
ma‘lumotga aholining hamma tabaqasi ega bo‗lishi shart. Xususan, sel xavfi
bo‗lishiga me‘yoridan ortiq jala quyishi yoki mavsumga xos bo‗lmagan haroratning
birdan ko‗tarilishi sababchi bo‗ladi. Quyidagi daryo va soy suvlari miqdorining oshib
ketishi, ularning yuqori qismida barcha shovqinlarni qamrab oluvchi kuchli
gumburlash, oqimdagi yirik toshlarning bir-biriga urilishi natijasida vahimali larza
paydo bo‗lishi sel oqimidan dalolat beradi.
Bunday holatlarda eng muhimi sarosimaga tushmaslik va kerakli ehtiyot
choralarini ko‗rish zarurdir. Sel oqimlariga oldindan tayyorlanishning samarali
usullaridan biri aholining barcha tabaqalari bilan agrotexnik, gidrotexnik
obodonlashtirish majmuasiga kiruvchi bir qancha tashkiliy-xo‗jalik tadbirlarini
amalga oshirishdan iborat. Bundan tashqari sel xavfi mavjud joylarda daryo o‗zanlari,
suv omborlari, kanallar qirg‗oqlarini mustahkamlash zarur, bunday inshootlar
bo‗lmagan joylarda sel tutkichlar, oqimning aholiga zarari tegmaydigan joylarga
yo‗naltiruvchi tarmoqlarni qurish lozim. Eng muhimi, qadimiy an‘analarga rioya
qilgan holda barcha tarbiyaviy va amaliy ishlarni rejalashtirish lozim. Shundagina
xavfning mumkin qadar oldi olinadi yoki undan keladigan iqtisodiy talafot kamroq
bo‗ladi. Masalan, millatimizga xos hikmatlardan ―Serdaraxt qishloqni sel olmas‖
degan dono fikrga amal qilinsa, yog‗ingarchilik qanchalik ko‗p bo‗lmasin, sel oqimi
tarkibida cho‗kindi jinslar mutlaqo bo‗lmasligiga erishiladi.
Bundan tashqari qurilish inshootlarini rejalashtirishda sel xavfi mavjud
joylardan uzoqroqda bo‗lishga qatiy rioya qilinishi kerak. Yana bir muammo hozirgi
vaqtda qir-adirlarni o‗zlashtirib sug‗orma yerlarga aylantirish hollari ko‗p
uchramoqda (bu haqda oldingi bo‗limda to‗xtaldik). Bu yerlarda agrotexnik ishlov
berish, ya‘ni adirlarni ko‗ndalangiga haydash yoki sug‗orish inshootlarining shu
yo‗nalishda bo‗lishiga chek qo‗yish kerak. Chunki bunday tadbir sel oqovasi paydo
bo‗lishiga, undanda rivojlanib ko‗chki, eroziya jarayonlari keskin ortib kegishiga olib
keladi.
|
| |